calendar 17 Jun 13:35
eye 103
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Putin – agressor, ukrainaliklar esa qurbon – Sanches

image

Ispaniya Ukrainani Putinning tajovuzkorligiga qarshi kurashda qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Bu haqda Ispaniya Bosh vaziri Pedro Sanches Global tinchlik sammitidagi chiqishida ma’lum qildi.

“Ispaniya zarur bo‘lgan vaqtgacha Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi. Chunki bu mojaroda bir narsa aniq: Putin – agressor, qurbon esa Ukraina xalqi. Har bir mojaroda biz Ukrainani himoya qilishimiz kerak”, deydi Sanches.

Uning ta’kidlashicha, sammit ishtirokchilari har bir davlat suverenitetini hurmat qilish kabi asosiy qadriyatlar atrofida to‘planganligi haqida juda aniq xabar berishlari kerak. Shuningdek, Pedro Sanches Putin xalqaro huquq va xalqaro gumanitar huquq normalariga rioya qilish zarurligini eslatdi.

“Tajovuz yoki zo‘ravonlik bilan amalga oshirilgan anneksiyani tasdiqlovchi har qanday yechim uzoq davom etmaydi. Bunday yondashuv bizni yanada beqaror va xavfli dunyoga olib kiradi”, deya xitob qildi Ispaniya hukumati rahbari.

Sanchesga ko‘ra, ushbu uchrashuv barcha tegishli ishtirokchilar, shu jumladan Rossiya bilan kelajakdagi yechimni muhokama qilish mumkin bo‘lgan konsensusni shakllantirishga yordam beradi.

“Ukrinform”ning xabar berishicha, Shveysariyadagi global tinchlik sammitining asosiy mavzulari yadroviy va oziq-ovqat xavfsizligi, shuningdek, gumanitar jihatlar, jumladan, asirlarni almashish va deportatsiya qilingan ukrainalik bolalarni qaytarishni o‘z ichiga oladi.

Ma’lumot o‘rnida, 15-16 iyun kunlari Shveysariyaning Byurgenshtok shahrida Ukraina tomonidan Shveysariya hukumati bilan birgalikda tashkil etilgan tinchlik sammiti bo‘lib o‘tdi. Bu Ukrainaning eng yirik diplomatik loyihasi bo‘lib, uning yordamida mamlakat rasmiylari Rossiya bilan urushni tugatishni reja qilgan. Mojaroning asosiy ishtirokchisi bo‘lgan Rossiya taklif qilinmagan sammitda 92 ta davlat va 8 ta xalqaro tashkilotning delegatsiyalari qatnashdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
45
0
qalampir.uz

Guterrish UNRWA va uning xodimlarini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti jiddiy moliyaviy taqchillikka duch kelmoqda, falastinliklar esa yashash uchun zarur bo‘lgan hamma narsadan, jumladan, huquqlari tan olinishidan mahrum qolmoqda. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi uchun mablag‘ yig‘ish bo‘yicha yillik konferensiyada so‘z ochdi.  Bildirilishicha, UNRWA’ning 194 nafar xodimi G‘azo mojarosi vaqtida halok bo‘lgan, bu BMT t

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Eronning sobiq prezidentiga suiqasd uyushtirildi

Eronning sobiq prezidenti Mahmud Ahmadinajodga nisbatan joriy yilning 15 iyul kuni suiqasd uyushtirilgani va u muvaffaqiyatsiz tugagani haqida xabarlar ochiqlandi. Bu haqda “Iran International” ma’lum qildi. Shu kuni kechqurun Ahmadinajod va uning hamrohlari Muharram diniy motam marosimi uchun Zanjon shahriga yo‘l olgan. Sobiq prezidentning bosh xavfsizlik xodimi Ahmadinajodning asosiy avtomobili – Toyota Land Cruiser'ni ko‘zdan kechirgan va hali ham ishlamay qolga

19 Jul 11:16
 
77
0
qalampir.uz

Bangladeshda norozilik namoyishlarida kamida 19 kishi halok bo‘ldi (video)

Bangladeshning Dakka, Narayanganj va Chitagong shaharlarida hukumatga qarshi norozilik namoyishlarida kamida 19 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al Jazeera” xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, tartibsizliklar oqibatida 500 dan ortiq kishi turli darajada jarohatlangan. Qurbonlar soni ortishi kutilmoqda. Mamlakat poytaxti Dakkada politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgan. Bir qator hududlarga zirhli texnikalar kiritilgan, shaharda m

26 Jul 10:19
 
38
0
qalampir.uz

Ozarbayjon va Eron chegarasida otishma bo‘ldi

Ozarbayjon va Eron chegarasidagi otishma oqibatida ikki ozarbayjon chegarachisi yaralandi. Bu haqda kecha, 24 iyul kuni Ozarbayjon Davlat chegarasi matbuot xizmati xabar berdi. “Kecha, 24 iyul kuni soat 03:30 da Davlat xizmati chegara qo‘shinlarining “Gyoytepe” chegara otryadining rasmiy hududida Erondan Ozarbayjonga ketayotgan ikki nafar noma’lum shaxs tomonidan davlat chegarasini buzish holati qayd etildi”, deyiladi xabarda. Bildirilishicha,