calendar 14 Jun 19:15
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qozog‘istonda burqa kiyishni taqiqlash taklif qilinmoqda

image

Qozog‘istonda jamoat joylarida burqa kiyishni taqiqlash taklif qilinmoqda. Bu haqda “Zakon.kz” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qozog‘iston Respublikasi Parlamenti quyi palatasi – Majlisning Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Ermurat Bapi din, buzg‘unchi va noan’anaviy diniy oqimlar masalalarini tartibga soluvchi qonun loyihasini ko‘rib chiqish zarurligini ma’lum qildi.

“Qonun qabul qilingandan so‘ng mamlakatda ko‘plab masalalar o‘z yechimini topadi, jumladan, o‘quvchilar maktabga diniy kiyimda borganida qanday munosabat qilinishi ham. Men ushbu qonun loyihasi tashabbuskorlaridan biriman, unda qanday normalar kiritilishini bilaman, lekin hujjat normalari ishchi guruh yig‘ilishida muhokama qilinishi uchun oldindan bir narsa deya olmayman”, deydi deputat.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 31 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev imzolangan qonun bilan Jinoyat hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, yuzni to‘sib turuvchi kiyimlarni kiyganlik uchun jarima belgilandi. 

Qonun bilan jamoat joylarida shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan darajada yuzini to‘sib yurgan shaxsga nisbatan BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3 mln 300 ming so‘mdan 4 mln 950 ming so‘mgacha) miqdorda jarima qo‘llanilishi belgilandi. Shuningdek, ushbu holatda tibbiy ruxsatnoma mavjudligi, xodimning ishi ushbu vaziyatni taqozo etishi kabi ba’zi istisnolar ham mavjud.

 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
48
0
qalampir.uz

Xitoy Ukrainaga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etadi

Xitoy Ukrainaga insonparvarlik yordami yuborishda davom etadi. Bu haqda bugun, 24 iyul kuni Xitoy Tashqi ishlar vaziri Van I ukrainalik mavqedoshi Dmitriy Kulebaga Guanchjoudagi uchrashuvda aytdi. “Xitoy Ukrainadagi gumanitar vaziyatdan xavotirda va unga insonparvarlik yordamini ko‘rsatishda davom etadi”, dedi Van I Qayd etish joizki, Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli agressiyasi boshlanganidan beri Xitoyga birinchi t

26 Jul 10:19
 
34
0
qalampir.uz

Netanyaxu AQSHni Eronga qarshi harbiy ittifoq tuzishga taklif qildi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu AQSHga Eron tahdidiga qarshi turish uchun o‘z mamlakati bilan harbiy ittifoq tuzishni taklif qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul AQSH Kongressida so‘z ochdi. Netanyaxu Vashingtonni Isroilga G‘azo sektoridagi HAMAS guruhini tezda mag‘lub etishi uchun harbiy yordam yetkazib berishni tezlashtirishga chaqirdi. Netanyaxuning iddao qilishicha, Isroilning HAMASga qarshi urushi ikki sivilizatsiya o‘rtasidagi ziddiyat emas, balki “sivilizatsiya va vah

26 Jul 22:52
 
138
0
qalampir.uz

Iroqdagi AQSH harbiy bazasi raketa zarbasiga uchradi

Iroq g‘arbidagi amerikalik harbiylar joylashgan Ayn al-Assad aviabazasi raketalardan o‘qqa tutildi. Bu haqda “Shafaq news” portali xavfsizlik xizmatidagi manbasiga tayanib xabar berdi.    Bidirilishicha, bazaga kamida ikkita raketa uchirilgan, biroq ishlatilgan raketalar turi noma’lumligicha qolmoqda. Hujum ortida kim turgani haqida ham hozircha noma’lum. “Xavfsizlik xizmatlari raketalar qaysi hududdan uchirilganini aniqlash bo‘yicha qidiruv ishlarini

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

Polsha Xitoyga eksport yo‘lini to‘sib qo‘yish bilan tahdid qildi – “Bloomberg”

Polsha hukumati Belarus bilan chegaradagi migratsiya inqirozining kuchayishini sekinlashtirish uchun Xitoydan Belarusga bosim o‘tkazish uchun foydalandi. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, “Bloomberg” xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Polsha Prezidenti Anjey Duda iyun oyi oxirida Pekinga tashrifi chog‘ida Xitoydan Yevropaga migratsiya va tovarlarni mamlakat orqali olib o‘tish masalalarini ko‘targan. Xususan, “Malashevich” nazorat-o‘tkazish punk