calendar 11 Jun 17:21
eye 42
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Ronalduning terma jamoa safida bo‘lishi jiddiy yutuq – Martines

image

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines terma jamoaning 39 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu haqida fikr bildirdi.

“U erishgan narsaga ko‘p o‘yinchilar erisha olmadi. Ronaldu ko‘p jihatdan namuna bo‘lib xizmat qiladi. Milliy terma jamoasi safida 200 dan ortiq o‘yin o‘tkazgan yagona futbolchi bo‘lishi ham jiddiy yutuq. Krishtianu haqida meni doim hayratda qoldiradigan narsa bu uning yoshiga nisbatan qarshi tura olishidir. Har bir mashg‘ulotdan so‘ng, men va hamkasblarim hamma narsaga erishgan, mashg‘ulotlarda mustaqil ravishda yuklamalarni o‘ziga ravo ko‘ra oladigan futbolchida g‘alaba qozonish ishtiyoqini ko‘rib hayratda qolamiz. Terma jamoaga kelgan yosh o‘yinchilar o‘zlari hurmat qilgan inson, futbolchi va kumirni ko‘radi. Agar Pepe va Ronaldu kabi futbolchilar o‘rnak bo‘lib, o‘z tajribalari bilan namuna bo‘lsalar, bu o‘sib kelayotgan avlod uchun ancha foydali bo‘ladi”, deydi Martines.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 200 tadan ortiq o‘yinda maydonga tushib, 128 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilishni uddalagan. U terma jamoasi bilan birgalikda Yevro-2016 va 2019 yilgi UEFA Millatlar ligasida g‘olib bo‘lgan. Ronaldu 6-marotaba Yevropa chempionatida ishtirok etadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

15 Jul 12:02
 
80
0
qalampir.uz

Ispaniya Yevro-2024’da g‘olib bo‘ldi

15 iyulga o‘tar kechasi futbol bo‘yicha Germaniya poytaxti Berlinda Yevropa chempionatining final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Chempionlik bahsida Ispaniya terma jamoasi Angliya bilan kuch sinashib, 2:1 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda gollarga Niko Uilyams, Koul Palmer va Mikel Oyarzabal mualliflik qildi. Shunday qilib, Ispaniya o‘z tarixida 4 marta qit’a birinchiligi g‘olibiga aylandi. Inglizlar esa musobaqa tarixida 2 marta finalda imkoniyatni boy berdi. Bungacha futbol vatani

26 Jul 10:19
 
26
0
qalampir.uz

Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik – Eldor Shomurodov

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov Olimpiada guruh bosqichi 1-turi doirasidagi Ispaniyaga qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. “Raqibdan kelib chiqib aytishim mumkinki, birinchi o‘yinni yomon o‘tkazmadik. Kichik xatolar evaziga imkoniyatni boy berdik. Birinchi vazifamiz avvalo guruhdan chiqish hisoblanadi. Ispaniyani mag‘lub eta olmagan bo‘lsak ham, qolgan raqiblar bilan bahslarda g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Hozircha hech narsa

15 Jul 16:44
 
149
0
qalampir.uz

Di Mariya ko‘ziga yosh olib, terma jamoa bilan xayrlashdi (video)

Amerika kubogi finali Argentina tema jamoasi yetakchilaridan biri Anxel Di Mariya uchun terma jamoadagi oxirgi o‘yin bo‘ldi.  Sheriklari tomonidan kiritilgan goldan so‘ng Di Mariya almashtirildi. Uning o‘rniga himoyachi Nikolas Otamendi maydonga tushdi. Zaxira o‘rindig‘iga ketayotganda Di Mariya yig‘lab, muxlislar bilan xayrlashdi.  36 yoshli Di Mariya terma jamoadagi faoliyati davomida jami 145 ta o‘yin o‘tkazib, 31 ta gol urdi va 32 ta golli uzatmani amalga os

15 Jul 12:02
 
40
0
qalampir.uz

Yevro finalidagi natijadan qat’i nazar Sautgeyt Angliya termasi murabbiyligida qoladi

Angliya futbol assotsiatsiyasi Garet Sautgeytni Yevro-2024’dan keyin, turnir natijalaridan qat’i nazar, terma jamoa bosh murabbiyi lavozimida saqlab qolmoqchi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano X sahifasida ma’lum qildi. Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasida ichki muzokaralar allaqachon bo‘lib o‘tgan. Qayd etish joiz, 2024 yilgi Yevropa chempionati finalida Angliya terma jamoasi Ispaniya terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv 14 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.