calendar 08 Jun 12:45
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekiston tarixda ilk bor XMTning Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylandi

image

Jenevada Xalqaro mehnat tashkilotining Ma’muriy Kengashi a’zoligiga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yevropa hududidan eng ko‘p ovoz to‘plab, tarixda ilk marotaba Kengash a’zoligiga saylandi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning ushbu Kengash a’zoligiga saylanishi mehnat munosabatlari tizimini takomillashtirish yuzasidan o‘z taklif va g‘oyalarini xalqaro miqyosga olib chiqishi mumkin bo‘ladi. 

"Endilikda mamlakatimiz ilg‘or xorijiy tajribalarni shakllantirishda faol ishtirok etish yuzasidan zarur imkoniyatlarga ega bo‘ladi", deyiladi xabarda. 

O‘z o‘rnida, XMTning milliy hamkorlari – aholi bandligini ta’minlashga ko‘maklashadigan tizim mas’ullari, kasaba uyushmalari xodimlari hamda ish beruvchilardan munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish borasidagi ishlarda yanada faollashish talab qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq O‘zbekistondagi Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz direktori Akmal Saidov Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari qo‘mitasi tarkibiga saylangandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
14
0
xs.uz

Oʻzbekistonda sholi yetishtiruvchilarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

Oʻzbekistonda 2024-yil 1-sentyabrdan fermer, dehqon xoʻjaliklari hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchilarga sholi yetishtirish va xarid qilish xarajatlarini moliyalashtirish uchun prezident qarorida belgilangan shartlarda imtiyozli kreditlar ajratiladi. Bu haqda 'Sholi yetishtiruvchilar faoliyatini qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi prezident qarorida belgilandi.Qarorga koʻra, 2025'2026-yillarda sholi ekish uchun xarid qilingan va ishlab chiqarilganiga bir yi

26 Jul 10:21
 
42
0
xs.uz

Vladimir Putin va Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻlladi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tugʻilgan kuni munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tabrik yoʻlladi.Prezident matbuot kotibining'xabar berishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin oʻz maktubida Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Oʻzbekiston ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda salmoqli yutuqlarga erishganini, jahon maydonida oʻz mavqeyini mustahkamlaganini qayd etgan.'Davlatlarimiz oʻrtasidagi str

26 Jul 11:09
 
58
0
xs.uz

Samarqandda test sinovlari yakunlandi

Bilim va malakalarni baholash agentligi Samarqand viloyati boʻlimining xabar berishicha, oʻtgan vaqt davomida test sinovlariga jami 77068 nafar abituriyent qatnashdi. Ayrim sabablarga koʻra, qatnashishi rejalashtirilgan 7187 nafar abituriyent imtihonga kelmadi.Shu kunga qadar test sinovlarida taqiqlangan vositalarni olib kirishga uringani, jarayonda test qoidalarini buzgani (materiallarga shikast yetkazgan, vaqtida yakunlamagan), taqiqlangan vositalarni ishlatgani uchun jami 23 nafar abituriy

26 Aug 12:29
 
16
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 5 ta yangi tashkil etilgan OTM oʻz faoliyatini boshlaydi

Oʻzbekiston davlat oliy taʼlim muassasalarida 2024/2025 oʻquv yilida jami 1 million 167 ming nafardan ortiq talaba tahsil olishi kutilmoqda. Bu haqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati rahbari Nazokat Abduqunduzova maʼlum qildi.Uning bildirishicha, oliy taʼlim sohasida sogʻlom raqobat muhitini shakllantirish, oliy taʼlim bilan qamrab olish darajasini oshirish maqsadida amalga oshirilgan ishlar natijasida hozirgi kunda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni