calendar 07 Jun 10:27
eye 87
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Qo‘shtepa kanali Afg‘onistonga har yili o‘rtacha 500 million dollar daromad keltiradi – ekspert

image

Qo‘shtepa kanalining ishga tushirilishi Afg‘onistonga har yili o‘rtacha 500 million dollar daromad keltiradi. Bu haqda suv resurslarini boshqarish bo‘yicha afg‘on eksperti Najibulla Sadid “Tolonews”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.

“Qo‘shtepa va uning barcha yordamchi kanallari qurib bitkazilgach, Afg‘onistonga yiliga 470-550 million dollar miqdorida daromad olib kelishi mumkin”, deydi Sadid.

Nashr ekspertlarining fikricha, ushbu kanal qurilishi tugallanishi bilan Afg‘oniston bug‘doy yetishtirish bo‘yicha o‘zini-o‘zi ta’minlashga erishadi va bu orqali mamlakat o‘z iqtisodiyotida sezilarli yutuqlarni qo‘lga kiritishi mumkin.

Afg‘oniston Milliy taraqqiyot korporatsiyasi Qo‘shtepa kanalining suv olish inshooti qurilishi 50 foizga, ikkinchi bosqichda yer qazish ishlari 30 foizga oshgani haqida xabar berdi. Yil oxirigacha Faryob viloyatining Andxoy tumaniga yetib borishi kutilayotgan kanalning ikkinchi bosqichi uchun qazish ishlari qiymati 20 milliard afg‘on (283 million dollardan ortiq)ga baholanmoqda.

Qo‘shtepa kanali 2022 yilning mart oyidan beri qurilmoqda. Afg‘onistonda bug‘doy va kungaboqar yetishtirish uchun mamlakat shimolidagi 555 ming gektar unumdor bo‘lmagan yerlarni sug‘orish zarurligi aytilgan.

Kanal Balx viloyatining O‘zbekiston bilan chegaradosh Kaldar tumanidan boshlanib, Jauzjon viloyati orqali Faryob viloyatining Andxoy tumaniga o‘tadi. Uning uzunligi 285 km, kengligi 100 m bo‘ladi.

O‘zbekiston hukumati kanalning respublika qishloq xo‘jaligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishidan bir necha bor xavotir bildirgan. Mutaxassislarning fikricha, Qo‘shtepa Amudaryodan suvni burish orqali Orol halokatini yanada kuchaytiradi. “Chegara bilmas daryolar” xalqaro ekologik koalitsiyasi kanalning foydalanishga topshirilishi Amudaryo havzasidagi barcha mamlakatlarning suv ta’minotiga zarba berishidan ogohlantirdi. Qurilish tugagandan so‘ng Qo‘shtepa Afg‘onistondagi qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish uchun Amudaryo suv oqimining qariyb 20 foizini olishi mumkin bo‘ladi va uning Amudaryoning yozgi kam suviga ta’siri qayta taqsimlanish tufayli yanada kuchayadi.

2023 yil sentyabr oyida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi sammitida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonni suv resurslarini baham ko‘rish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga jalb etishni taklif qilgan edi. Bunga javoban Afg‘oniston Suv xo‘jaligi va energetika vazirligi rahbari Abdul Latif Mansurning aytishicha, hozirgi Afg‘oniston hukumati Amudaryodan suvni tortib olish bo‘yicha hech qanday kelishuvlar bilan cheklanmagan.

O‘sha yilning oktyabr oyi o‘rtalarida “Tolibon” kanalning birinchi qismi qurib bitkazilgani va loyihaning ikkinchi bosqichi boshlanganini e’lon qildi. Ular mintaqa davlatlaridan, xususan, O‘zbekistondan kanal haqida qayg‘urmaslikni so‘rashgan va muammolarni “diplomatik kanallar orqali” hal qilishga tayyor ekanliklarini bildirishgan.

Toir Obidov


Doʻstlaringiz bilan ulashing

22 Jul 19:08
 
51
0
qalampir.uz

Kuleba ertaga Xitoyga boradi

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 23-25 ​​iyul kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu tashrif Kulebaning xitoylik mavqedoshi Van Ining taklifiga binoan rejalashtirilgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Rossiya agressiyasini to‘xtatish yo‘llarini izlash va Xitoyning tinchlikka erishishdagi mumkin bo‘lgan roli bo‘ladi. Shuningdek, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish i

29 Jul 09:58
 
57
0
qalampir.uz

Orban YeIning yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ukraina kuchli davlatligi, shunday bo‘lsada, u Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zo bo‘lmasligini aytdi. Bu haqda u kecha, 27 iyul kuni Ruminiyaning markaziy qismi – Beile-Tushnaddagi etnik vengerlar oldida so‘zlagan nutqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, u Yevropa Ittifoqining yo‘q bo‘lib ketishidan ogohlantirdi va G‘arbga qarshi nutqida AQSHda noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida Respublikachilar nomzodi Donald Trampn

22 Jul 15:17
 
53
0
qalampir.uz

Rossiya Ukrainadagi ikkita qishloqni egallab olganini e’lon qildi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Rozovka va Xarkov viloyatidagi Peschanoyeni egallab oldi. Bu haqda kecha, 21 iyul kuni bo‘lib o‘tgan brifing chog‘ida Rossiya Mudofaa vazirligi vakili ma’lum qildi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya harbiylari Lugansk viloyatidagi Rozovkani egallab olgan. Gap 2016 yilgacha Rozovka deb nomlangan Svatovskiy tumanidagi Andreyevka haqida ketmoqda. 2001 yilgi aholini ro‘yxatga olish ma’lumotlariga ko‘ra, aholi punktida 1

18 Jul 22:41
 
132
0
qalampir.uz

Bayden hafta oxirigacha saylov poygasidan chiqishi mumkin – OAV 

AQSH Prezidenti Jo Bayden Kongress yetakchilari, Demokratik partiya a’zolari va yaqin do‘stlarining bosimi ortib borayotgani sababli 20-21 iyul kunlari saylov poygasidan chiqishini e’lon qilishi mumkin. Bu haqda manbalariga tayanib, “Axios” portali xabar berdi. Manbalarning ma’lumotlariga ko‘ra, amaldagi Prezidentning partiyadoshlari, yaqinlari, shuningdek, saylov kampaniyasining eng yirik donorlari Bayden o‘z yoshi haqidagi jamoatchilik fikrini o‘zgartirmaydi, Kongr