calendar 19 May 18:35
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Erdo‘g‘an davlat to‘ntarishida ayblangan generallarni afv etdi

image

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 1997 yildagi muvaffaqiyatsiz harbiy to‘ntarishga aloqador 2018 yildan beri umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan yetti generalni afv etdi. Tegishli farmonlar Turkiya hukumatining “Resmi Gazete”sida chop etildi

Qaror mahkumlarning yoshi va sog‘lig‘i bilan asoslandi.

Qayd etish joizki, mart oyi oxiridagi munitsipal saylovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan muxolifatdagi Respublika Xalq partiyasi yillar davomida muvaffaqiyatsizlikka uchragan davlat to‘ntarishi ishtirokchilarini ozod qilishga intilmoqda. Partiya raisi O‘zg‘ur O‘zel X’dagi sahifasida afv etish qarori "kech" lekin "adolatli" bo‘lganini yozdi.

Afv etilgan generallardan biri, to‘ntarishga tayyorgarlik ko‘rishda muhim rol o‘ynagan Chevik Birning sog‘lig‘i sababli allaqachon ozodlikda ekanligi ko‘rsatilgan.

Ma’lumot uchun, 1997 yil fevral oyida Turkiya Qurolli kuchlari qo‘mondonligi Farovonlik partiyasi rahbari Nejmettin Erboqon boshchiligidagi o‘sha paytdagi Vazirlar Mahkamasi iste’fosini talab qilib, memorandum chiqargan. Qo‘zg‘olonni boshqargan generallar 2018 yilda umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Keyinchalik apellyatsiya sudi hukmni tasdiqladi. Asosiy ayblanuvchi sifatida ko‘rilgan Turkiya Qurolli kuchlari Bosh shtabining sobiq boshlig‘i Ismoil Hakki Karadayi 2020 yilda vafot etdi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Jul 17:08
 
87
0
xs.uz

Hindistonda xavfli virus tarqalmoqda

Hindiston gʻarbidagi Gujarat shtatida 50 kishi xavfli Chandipura virusini yuqtirib olgan.Shtat sogʻliqni saqlash vaziri Rushikesh Patelning aytishicha, u bilan zararlangan 16 kishi hayotdan koʻz yumgan. Boshqa shtatlarda ham uchta holat qayd etilgan.Patelning qoʻshimcha qilishicha, virus haqidagi maʼlumotlar Gujaratdagi barcha qishloqlar va sogʻliqni saqlash markazlariga yetkazilgan.Chandipur virusi hasharotlar chaqishi orqali yuqadi. U Hindistonning Maxarashtra shtatidagi qishloq sharafig

26 Jul 10:19
 
37
0
qalampir.uz

Kongressdagi demokratlarning yarmi Netanyaxu nutqini boykot qildi

AQSH Kongressidagi demokratlarning yarmi kecha, 24 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Kongress palatalarining qo‘shma yig‘ilishida Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning nutqiga kelmadi. Bu haqda “Axios” portali xabar berdi. Ko‘plab demokratlarning ta’kidlashicha, Isroilning ilg‘or tanqidchilari, Netanyaxuning G‘azodagi urush uchun jinoiy javobgarlikka tortilishini ta’kidlab, norozilik sifatida tadbirni ochiqdan ochiq boykot qilgan. “Isroil Bosh vazirining nut

26 Jul 10:19
 
43
0
qalampir.uz

Bayden nega prezidentlik poygasidan chiqishga qaror qilganini tushuntirdi

AQSH Prezidenti Jo Bayden demokratiyani saqlab qolish uchun ikkinchi muddatga saylanmaslikka qaror qildi. Bu haqda u kecha, 24 iyul kuni Amerika xalqiga murojaatida ma’lum qildi. “Prezident sifatida erishgan yutuqlarim, dunyodagi yetakchiligim, Amerika kelajagi haqidagi qarashlarim ikkinchi muddatga loyiq deb hisoblayman. Ammo demokratiyamizni saqlab qolish yo‘lida hech narsa to‘sqinlik qila olmaydi. Bu shaxsiy ambitsiyalarga ham tegishli”, deydi Bayden. BBC xabariga

26 Jul 10:21
 
31
0
xs.uz

Bayden saylov poygasidan chiqqanidan soʻng birinchi marta nutq soʻzladi

Oq uy rahbari oʻz nutqida ovoz berishga bir necha oy qolganida nega qayta saylanishdan voz kechganiga atroflicha izoh bermagan.'Soʻnggi haftalarda men oʻz partiyamni birlashtirishim kerakligi ayon boʻldi. Mashʼalani yangi avlodga topshirish vaqti keldi. Demokratiyamizni saqlab qolish yoʻlida hech narsa toʻsqinlik qila olmaydi. Hatto shaxsiy ambitsiyalar ham', dedi Bayden oʻz chiqishida.Ommaviy axborot vositalariga koʻra, janob Baydenning nutqi oʻz vitse-prezidentiga qilingan tanqidlarn