calendar 19 May 12:07
eye 49
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonda bir hafta ichida uchinchi bola kamyob kasallikdan vafot etdi

image

Bugun, 18 may kuni Surxondaryo viloyatida o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit (SSPE) kasalligiga chalingan 6 yashar qiz – Akmuradova E’zozaxon vafot etdi. Bu haqda uning ota-onasi QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi. Bu ushbu hafta ichida SSPE bilan bog‘liq uchinchi o‘limdir. 

Xabar berishlaricha, qizaloq 2018 yilning avgust oyida Surxondaryo viloyati Termiz shahrida sog‘lom holda dunyoga kelgan. U 2024 yilning yanvar oyida qizamiq asorati tufayli 10 mingtadan 1 bolada kelib chiquvchi, juda kamyob kasallik – o‘tkir osti sklerozlashgan panensefalit (SSPE) xastaligiga chalingan. 

SSPE kasalligiga chalingan o‘nlab bolalarning ota-onalari QALAMPIR.UZ’ga bemor bolakaylarni davolashda davlat tomonidan hech qanday yordam ko‘rsatilmayotganini ma’lum qildi. Og‘ir ahvoldagi bolalar tibbiy yordam va shifokor nazoratisiz o‘z uylarida saqlanmoqda. Respublika Bolalar Milliy tibbiyot markazi esa bolalarni order asosida har 3 oyda 10 kungina olib qoladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi bolalarni zarur bo‘lgan dorilar bilan ta’minlamayapti.

Ma’lumot o‘rnida, SSPE qizamiq yoki qizilcha kasalligidan qolgan asoratlar tufayli yuzaga keladigan miya kasalligidir. Bemorda to‘xtovsiz sudurgi, mushaklar tortishishi yoki bo‘shashishi kuzatiladi. Uning oldini olishning yagona usuli qizamiqqa qarshi emlashdir. O‘zbekistonda bolalar 1 yoshdan boshlab qizamiqqa qarshi emlanadi, ammo ko‘p hollarda bolalar yoshiga yetmasdan ushbu kasallikka chalinmoqda. Shu boisdan, O‘zbekistonda SSPE kasalligiga chalinish holati so‘nggi yillarda avj olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda SSPE bilan kasallangan bolalar soni 100 ga yaqinlashgani haqida xabar bergan edik. Bu anomal hodisa hisoblanadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

09 Oct 12:39
 
4
0
xs.uz

Prezident yangi qaror imzoladi

'Oʻzbekiston Respublikasi milliy malaka tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga koʻra, quyidagilar Milliy malaka tizimini isloh qilishning asosiy yoʻnalishlari etib belgilandi, jumladan: Milliy malaka tizimining normativ-huquqiy, institutsional va uslubiy asoslarini takomillashtirish; norasmiy va informal orttirilgan koʻnikma va malakalarni tan olish ('Recognition of Prior Learning') tizimini joriy qilish; koʻni

10 Oct 11:12
 
6
0
xs.uz

Fargʻona viloyati hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi

Sherzodjon Fazlitdinovich Polvonov Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati'xabar bermoqda.Qayd etilishicha, Sherzodjon Polvonov mazkur lavozimda mart oyidan buyon ishlab kelgan va oʻz arizasiga koʻra lavozimidan ozod etilgan Sherzod Rahimov oʻrnini egallagan.Maʼlumot uchun, Sherzodjon Polvonov 1987-yilda Rishton tumanida tugʻilgan. Fargʻona politexnika instituti hamda Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi (magist

26 Aug 12:29
 
24
0
xs.uz

26-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 26-avgust, dushanba kuni uchun ob-havo prognozini eʼlon qildi.Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3'8 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi +16...+18 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7'12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi

24 Aug 17:26
 
19
0
xs.uz

Turk dunyosi mamlakatlari uchun yagona kino va media platformasi yaratiladi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. 23-27-avgust kunlari Samarqand shahrida 'Buyuk ajdodlar merosi ' Uchinchi Renessans poydevori' xalqaro kongress doirasida 'Yangi Renessans: Merosni saqlashda kino va medianing oʻrni' TURKSOY xalqaro forumi oʻtkazildi.Kongress Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Islom sivilizatsiya markazi hamda Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati hamkorligida ta