O‘tgan yozda “Aston Villa”ning mashhur futbolchilaridan biri Filippe Koutino Qatarning “Al-Duhail” klubiga ijaraga o‘tdi, ammo Birmingem jamoasi braziliyalik futbolchiga umid bog‘lamayapti. Bu haqda “TNT Sports Brazil ” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “Aston Villa” yozda jismoniy holat bo‘yicha muammolarga duch kelgan yarim himoyachini sotmoqchi. Hozirda Braziliyadan bir nechta klublar futbolchining xizmatiga qiziqish bildirmoqda.
Yarim himoyachini “Vasko da Gama” sotib olish majburiyati bilan ijaraga olishga tayyor. Brazil klubi Filippe uchun 6 million funt sterlinggacha to‘lamoqchi.
“Vasko da Gama” tomonidan 2022 yilda Koutinoning transferi uchun sarflangan 17 million funt sterling qoplab berishi dargumon, ammo “Al-Duhail” futbolchining haftalik 125 ming funt maoshini to‘liq to‘layotgani “Aston-Villa”ga moliyaviy jihatdan yordam bermoqda.