calendar 16 May 10:03
eye 56
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Andijonda go‘rkov tuproq ostida qoldi

image

Bugun, 15 may kuni Andijon viloyatining Xonobod shahrida qabr qaziyotgan go‘rkovni tuproq bosib qoldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun soat 9:11 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Xonobod shahar Markaziy qabristonida fuqaroni qabr qazish vaqtida tuproq bosib qolgani to‘g‘risida murojaat kelib tushgan. Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borgan.

Maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlari amalga oshirilgan. Tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam ko‘rsatilgan va shifoxonaga yuborilgan. Hozirda uning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazorati ostida, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Uchtepada 3 kishini tuproq bosib qolgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 20:05
 
99
0
qalampir.uz

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida sudlanganlardan biri vafot etdi (video)

“Baxti Tashkentskiy” ishi doirasida 8 yil-u 2 oyga qamalgan Shukurali Qurbonov vafot etdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi. Kecha, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida mazkur ish doirasida sudlanganlarga hukm o‘qilgandi. Sud hukmiga ko‘ra, 60 yoshli Shukurali Qurbonov Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a”, “v” bandlari va 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a”, &ldquo

19 Aug 07:03
 
11
0
xs.uz

1-kursga kirganlar yotoqxona uchun ariza bera olmayotgani sababi ma’lum qilindi

Ma'lumki, talabalikka tavsiya etilganlar davlat oliy ta'lim muassasalarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratilgan.Biroq ayni paytda 1-kursga tavsiya etilganlar to'g'risidagi ma'lumotlarni 'Talabalar turar joyi axborot tizimi'ga yuklash ishlari olib borilayotganligi bois talabalar tomonidan ariza yuborish xizmati hozircha o'z ishini boshlamadi.Qayd etilishicha, mazkur ishlar tez orada yakuniga y

26 Jul 10:21
 
41
0
xs.uz

Koʻpxotinlilik, jinsiy kamsitish, feminizm, axloqiy buzuqlik… Deputat “infoqallob”ga qattiq choralar koʻrilishini soʻramoqda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 23-iyul kuni boʻlib oʻtgan majlisida 'Taʼlim faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida'gi qonun qabul qilindi. Bu haqda Qonunchilik palatasining matbuot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, 'Milliy tiklanish' partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan tashabbus maʼruza oʻqib, oson pul topish yoʻllarini oʻrgatishga vaʼda bergan shaxs (infoqallob) larga qarshi kurashishga qaratilgan.'Bunday tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar ongi va madaniyatiga turli y

26 Jul 11:47
 
92
0
xs.uz

DXX giyohvandlik hamda psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qoʻydi

Davlat xavfsizlik xizmatining Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda Oqoltin tumanidagi 'Sardoba' YPX maskanida tezkor tadbir oʻtkazildi.Unda, 'Toshkent-Jizzax' yoʻnalishida harakatlanayotgan Jizzax viloyatining Baxmal tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs boshqaruvidagi 'Cobalt' rusumli avtomashina toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.Natijada, avtomashina yukxonasiga 3080 dona 'Regapen' nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vosit