calendar 14 May 14:33
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Xotinini kaltaklagan qozog‘istonlik diplomat ishdan olindi

image

Qozog‘istonlik diplomat Saken Mamash oiladagi zo‘ravonlik mojarosidan keyin o‘z lavozimidan chetlatildi. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Aybek Smadiyarov ma’lum qildi.

“Hodisa sodir bo‘lgan paytdan boshlab Tashqi ishlar vazirligi bu ishni alohida nazoratga oldi. 6 may kuni u Qozog‘istonga uchib ketgan va 9 may kuni chegarani kesib o‘tib, amaldagi qonunchilikka muvofiq, u egallab turgan lavozimidan ozod qilingan. Huquq-tartibot idoralari allaqachon unga nisbatan ish ochgan. Bu ishning tafsilotlari bizga ma’lum emas va biz u yerga aralashishga haqqimiz yo‘q. Men shaxsan Karina bilan uchrashib, suhbatlashdim. Biz unga maksimal darajada yordam beramiz”, deydi Smadiyarov.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Saken Mamash o‘z xotinini muntazam kaltaklab kelgani va hatto 5 may kuni rafiqasining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatgani ma’lum bo‘lgandi.

Keyinchalik ayol Dubaydan vataniga qaytarildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Jul 16:56
 
67
0
qalampir.uz

Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi

Germaniya kansleri Olaf Shols Rossiyani Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik konferensiyasiga taklif qildi. Bu haqda u kecha, 19 iyul  kuni Drezdenda Germaniya sotsial-demokratik partiyasining saylovoldi tadbirida so‘z ochdi.  “Bu masala bo‘yicha ko‘plab muhokamalar bo‘lib o‘tdi, oxirgi marta Shveysariyada ko‘plab mamlakatlar Ukraina  tinchlik sammiti bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishgandi. Men Ukraina Prezidenti Rossiyaning navbatdagi uchrashuvda ishtiro

26 Jul 10:21
 
45
0
xs.uz

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya rahbari bilan nimalarni muhokama qildi?

Suriyalik siyosatchining Kremldagi aniq missiyasi haqida deyarli maʼlumotlar mavjud emas. Ammo bu uchrashuv ikki davlat oʻrtasidagi ittifoqchilikni koʻrsatib berishi mumkin. Bu haqda 'Deutsche Welle' nashri xabar berdi.Qayd etilishicha, uchrashuvda Asad Yaqin Sharq boʻylab mojarolar kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu keskinlashuvni alohida taʼkidlab, bunday holatlarning Suriyaga bevosita taʼsirini qayd etgan. Bashar Asad ham bugungi kundagi glob

24 Aug 17:27
 
16
0
xs.uz

Yunon neft tankeri Qizil dengizda hujumga uchradi

'Sounion' nomli Yunon neft tankeri Qizil dengizda bir nechta hujumlardan soʻng yonib ketdi. Bortida 25 ekipaj aʼzosi boʻlgan tankerga ikkita qayiqda oʻndan ortiq odam hujum qilgan. U Iroqdan Afinaga ketayotgan edi. Hujum vaqtida tanker Yamanning port shahri Hudeydadan 143 km gʻarbda boʻlgan. Ekipajda 23 nafar filippinlik va 2 nafar rossiyalik boʻlgan, jabrlanganlar haqida maʼlumot berilmagan. Gretsiya Dengiz ishlari vaziri ushbu holatni xalqaro huquqning buzilishi va xalqaro yuk tashi

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

“Oʻzga sayyoralik”lar sigaret qoldiqlarini tozalash bilan shugʻullanadi (+Video)

Genuyadagi Italiya texnologiya instituti tadqiqotchilari plyajlar va bogʻlarda sigaret qoldiqlarini tozalashga yordam beradigan innovatsion robotni ishlab chiqdi.'VERO' deb nomlangan robot yurish paytida sigareta qoldiqlarini vakuumli oyoqlari yordamida soʻrib oladi va atrof-muhit tozaligiga hissa qoʻshadi.Qayd etilishicha, 'VERO' 'Unitree' kompaniyasining 'AlienGo' platformasi asosida qurilgan va shu sababli ham ayrim ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu robotlarni 'oʻzga sayyoralik' deb ha