calendar 11 May 12:02
eye 43
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

BMT Bosh Assambleyasi Falastinning tashkilotga a’zolik taklifini qo‘llab-quvvatladi

image

BMT Bosh Assambleyasi Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zo bo‘lish huquqini tan olish haqidagi rezolyutsiyani yoqlab ovoz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bunga 143 ta davlat rozi bo‘lgan, 9 tasi (AQSH va Isroil bilan birga) qarshi chiqqan. 25 ta davlat esa betaraf qolgan.

Rezolyutsiya BMT Xavfsizlik Kengashidan Falastinning tashkilotga to‘laqonli a’zo sifatida kirishini qo‘llab-quvvatlashga chaqiradi.

Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan hujjat Falastinga ham bir qator protsessual huquqlar beradi. Masalan, mamlakat Yaqin Sharq mavzulari bo‘yicha yig‘ilishlarda o‘zini ma’ruzachilar ro‘yxatiga kiritishi, bir guruh davlatlar nomidan tuzatishlar va protsessual takliflar berishi mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, Falastin Bosh Assambleya majlislar zalidan doimiy joy oladi.

“Biz tinchlik, erkinlik istaymiz. “Ha” degan ovoz Falastinning mavjudligi uchun ovozdir, bu hech qanday davlatga qarshi emas. Bu tinchlikka sarmoyadir”, deydi Falastinning BMTdagi elchisi Riyod Mansur.

Falastin ayni damda BMTda kuzatuvchi davlat sifatida. Mamlakat bu maqomni 2012 yilda olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 22:36
 
97
0
qalampir.uz

Erdo‘g‘an va Asad avgust oyida uchrashishi mumkin

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Suriya Prezidenti Bashar Asad o‘rtasidagi uchrashuv  avgust oyida chegara nazorat punktida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda manbalarga tayanib, “Turkiye” gazetasi xabar berdi. “Anqaradagi manbalar uchrashuv istalgan vaqtda bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi. Erdo‘g‘an va Asad o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi varianti Iroq edi, biroq endi Anqara uchrashuvni Turkiyaning Suriya bilan chegarasidagi “Kas

29 Jul 09:19
 
69
0
qalampir.uz

Golan tepaliklariga hujum qilindi. Qurbonlar bor (video)

Kecha, 27 iyul kuni Isroil ishg‘oli ostidagi Majdal Shams qishlog‘iga hujum uyushtirilishi oqibatida kamida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi. Isroil harbiy-havo kuchlari hujumda Livanning “Hizbulloh” guruhini ayblab, guruhning harbiy pozitsiyalarini nishonga olganini e’lon qildi. Shuningdek, mudofaa rasmiylari guruhning yettita nishoniga havo hujumlari uyushtirganini ma’lum qildi. Qurbonlar bor-yo‘qligi noma’lum. “Hizbulloh” esa qishloqd

26 Jul 10:19
 
46
0
qalampir.uz

Eron va Armaniston 500 mln dollarlik qurol bitimini imzoladi

Eron va Armaniston 500 million dollarlik yirik qurol bitimini imzoladi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Iran International” xabar berdi. Manbaga ko‘ra, mazkur kelishuv bir necha shartnomalarga bo‘lingan va so‘nggi bir necha oy ichida imzolangan. “Iran International” Eron Armanistonga yetkazib bermoqchi bo‘lgan harbiy texnikaning eksklyuziv ro‘yxatini oldi. Bunga Shahed-136, Shahed-129, Shahed-197, Mohacher kabi dronlar, shuningdek, Hordod-3, Majid, Hordod-

26 Jul 10:21
 
30
0
xs.uz

Rasman 2025-yilda Olimpiya oʻyinlariga Saudiya mezbonlik qiladi (video)

Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) 2025-yilda ilk bor 'Esports' boʻyicha Olimpiya oʻyinlari tashkil etilishini tasdiqladi. Saudiya Arabistonida oʻtkazilishi kutilayotgan kibersport boʻyicha eng nufuzli turnir XOQning 142-sessiyasida eʼlon qilingan. Bu haqda 'Sinxua' xabar bermoqda.Qayd etish joizki, bu qoʻmitaning raqamli inqilob bilan hamnafas ekanini koʻrsatib bera oladi. XOQ ijroiya kengashi bir ovozdan qoʻllab-quvvatlagan holda ilk tadbirni oʻtkazish uchun Saudiya Arabistoni Milliy o