calendar 10 May 13:30
eye 40
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

YeOIIda to‘lovlarning 90 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda amalga oshirilyapti – Putin

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII)dagi to‘lovlarning 90 foizdan ortig‘i milliy valyutalarda amalga oshirilayotganini aytdi. Bu haqda u Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining tor doiradagi majlisida so‘z ochdi.

“O‘zaro savdo hajmi qariyb ikki baravarga oshib, 45 milliard dollardan 89 milliard dollarga yetdi. Bundan tashqari, hisob-kitoblarning 90 foizdan ortig‘i allaqachon milliy valyutalarda amalga oshirilmoqda”, degan Putin.

Rossiya rahbari iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘z-o‘zidan gapirayotganini ta’kidladi. U Yevroosiyo ittifoqi davlatlarining yalpi ichki mahsuloti mavjud hisob-kitoblarga ko‘ra, 1,6 trillion dollardan 2,5 trillion dollarga, uchinchi davlatlar bilan tovar ayirboshlash esa 60 foizga, ya’ni 579 milliard dollardan 923 milliard dollarga oshgan ma’lumotlarni keltirdi.

Prezident ijobiy makroiqtisodiy dinamika 2024 yilda ham davom etishini ta’kidladi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya YeOIIdagi hamkorlari bilan o‘zaro manfaatli, ko‘p qirrali aloqalarni yuksak qadrlaydi.

“Biz integratsiya birlashmamizni har tomonlama rivojlantirish va mustahkamlash bo‘yicha kelgusida hamkorlikda ishlashga chin dildan intilamiz”, degan u.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, bu sammit nafaqat yubiley, balki amaliy, chinakam ishbilarmonlik ruhida bo‘ladi.

“Biz tasdiqlash uchun tayyorlangan, strategik xususiyatga ega va turli sohalardagi hamkorligimizni chuqurlashtirishga qaratilgan bir qator yangi qarorlarni ko‘rib chiqamiz”, dedi u.

Ma’lumot uchun, bu yil Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishiga Armaniston raislik qilmoqda. Sammitda Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston yetakchilari qatnashmoqda. YeOII yetakchilarining kengaytirilgan tarkibdagi uchrashuviga hozirda ittifoqda kuzatuvchi davlat maqomiga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Kuba Prezidentlari ham ishtirok etmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Jul 19:14
 
74
0
qalampir.uz

Tojikistonda ham soxta nogironlar qamoqqa olindi

Tojikistonda o‘zini nogironday ko‘rsatib, tilanchilik bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi. Bu haqda “Sputnik Tojikiston” xabar berdi.  Qayd etilishicha, Ichki ishlar vazirligi xodimlari 1990 yilda tug‘ilgan, Vahdat shahrida yashovchi, o‘zini nogiron deb tanishtirgan va tilanchilik bilan shug‘ullangan jismoniy sog‘lom, mehnatga layoqatli shaxsni aniqlagan. Shuningdek, g‘ildirakli aravachada o‘zini nogiron qilib ko‘rsatib, yo‘lda tilanchilik qilayo

26 Jul 10:19
 
31
0
qalampir.uz

Qozog‘istonda mast holda avtomobil boshqargan imom 15 sutkaga qamaldi

Qozog‘istonda avtotransport vositasini mast holda boshqargan Qo‘stanay viloyati Bosh imomi Baxitbek Tajimbet 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda mamlakat Musulmonlar diniy boshqarmasi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 23 iyul kuni Baxitbek Tajimbet Oqmo‘la viloyatining Burabay qishlog‘idagi tungi klublardan birining yonida Toyota Highlander rusumli avtomashinani mast holatda haydab ketayotganda to‘xtatib qolingan. “Huquqiy normalar va odob-axloq qoidalarini qo‘

28 Jul 11:01
 
99
0
qalampir.uz

Moskvada o‘zbekistonlik kurer yigit bola o‘g‘risini to‘xtatib qoldi (video)

Rossiyaning Moskva shahrida Muhammadjon Obidov ismli o‘zbekistonlik yigit chaqaloqni o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxsni to‘xtatib qoldi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasining Moskva bo‘yicha boshqarmasi xabar berdi. Qayd etilishicha, kurer bo‘lib ishlaydigan ushbu yigit Moskvaning janubi-sharqidagi Vixino-Julebino tumanidagi bolalar maydonchasi yaqinidan o‘tib ketayotganda qo‘lida chaqalog‘i bo‘lgan onaga tashlangan erkakni ko‘rib, yordam berishga oshiqadi.  

20 Jul 17:41
 
49
0
qalampir.uz

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar yakunlanishiga oz qoldi – Blinken 

G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda va hali ham ba’zi muammolarni hal qilish kerak. Bu haqda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Vashingtondagi 2024 Aspen xavfsizlik forumida ma’lum qildi.  “Muzokaralar yakuniy bosqichga yetdi. Lekin biz bilamizki, oxirgi bosqich eng qiyini bo‘ladi”, deydi Blinken. U o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni yakunlash istagida ekanligini, biroq shunchaki kelishuvga erishishning o‘zi