calendar 10 May 13:30
eye 41
comments 0
comments Manba: postda.uz

QUROL VA QALAM BILAN

image

Sharof Rashidov atoqli davlat arbobi bo‘lish bilan birga, ulkan so‘z san'atkori, mohir tarjimon, inson qalbining zukko bilimdoni edi. Uning yoshlik, bahor, go‘zallik, ezgulik, Vatan mehri tarannum etilgan asarlari xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan. Xususan, «Kashmir qo‘shig‘i», «Ikki dil dostoni», «Dil amri» kabi asarlari milliy adabiyotimiz xazinasidan munosib joy olgan, qator asarlari asosida badiiy filmlar suratga olingan, spektakllar sahnalashtirilgan.

Ma'lumki, Ikkinchi jahon urushi ko‘pchilik qatori yosh jurnalist va shoir Sharof Rashidovni ham o‘z girdobiga tortdi. U qonli urush boshlanishi bilan birinchilar safida frontga otlanib, eng olovli nuqtalarda jang qildi. Frontda ko‘rsatgan mardligi va jasorati uchun ikki bor jangovar «Qizil yulduz» ordeni bilan taqdirlandi.

U qattol yovga qarshi bir qo‘lida qurol, bir qo‘lida qalam bilan kurashdi, shu yillarda urush mavzusida o‘nlab o‘tli she'rlarini yaratdi.

Fashistlar Vatanimizga bostirib kirgan birinchi kuniyoq «Tarixning qahri-la qayradim qilich» she'ri yaratiladi:

G‘azab qilichida elim qahri bor,

G‘azab qilichining keskin zahri bor,

Yurakda qasosning toshqin nahri bor,

Qilichim, qahrimsan, yovga bo‘lgin yov!

Har bir satr orqali, har bir misra orqali dushmanga bo‘lgan kuchli nafrat, har kuni o‘zbek xonadonlaridan urushga jo‘natilayotgan navqiron yigitlarga suyanch bo‘lish, jigarbandini urushga kuzatayotgan onaizorlarning duolari, g‘alabaga katta ishonch «Qahramon xotirasi», «Jangchi», «Ofarin», «Belgrad qizi», «Yashasin sevgi!» she'rlari yozilishiga turtki beradi.

JANG QIL!

Fikrim senda, jang qil, madorim!

Qayrab olgan yarog‘ing bo‘lay,

Qon ichida o‘rtog‘ing bo‘lay,

Jang qil, mening madorim, orim!

Jang qil, yovga omon bermagin,

Jang qil, baxti – bahorim uchun;

Yorug‘ mash'al diyorim uchun,

Jang qil, mening mehribon yorim!

Jang qil, baxtim payhon bo‘lmasin,

Ko‘z yoshlarim ummon bo‘lmasin.

Shodmon ko‘ngil hech qon bo‘lmasin,

Jang qil, mening baxtim, bahorim.

Istaymanki, kunduzning kuni,

Tunning so‘nmas yulduzi bo‘lgin,

Adolatning sen ko‘zi bo‘lgin,

Jang qil, mening hayotim – borim.

Kerak bo‘lsa tez bayon etgin,

Jang ichida namoyon bo‘lay,

Zafaringda men ayon bo‘lay,

Jang qil, yongan chirog‘im, yorim!

1941 yil.

OFARIN


Ketdi dong‘ing o‘lka bo‘ylab, jangda o‘g‘lon, ofarin,

Mardligingdan yov boshiga yog‘di to‘fon, ofarin.


Shamshiring bor qayralibdir o‘ch – adolat toshiga,

Shiddating bor yovga ofat, etdi payhon, ofarin.


Kul qilib ko‘kka sovurmoq yovni oliy farz erur,

Sen elim deb yovni qirding, mardu maydon, ofarin.


Arg‘umoq ustida lochin – sen zafarning elchisi,

Mayli javlon ayla jangda, toza vijdon, ofarin.


Ol qasos, o‘g‘lon, g‘animdan barcha ketgan qon uchun,

Senga tikmish el ko‘zini, qayna vulqon, ofarin.

1941 yil.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

27 Jul 13:07
 
110
0
xs.uz

Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tilga kirdi: Bobur haqida film suratga olinayotgani haqiqatdan yiroqligi maʼlum qilindi

Maʼlum qilinishicha, Bobur bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi.'Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar

26 Jul 10:18
 
29
0
postda.uz

YЕTMISh YILLIK YO‘L

Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel

03 Sep 21:36
 
25
0
xs.uz

“Sharq taronalari”: oʻzbekcha kuylagan yapon qizi

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/'Xalq soʻzi'. Registonning muazzam maydoni uzra turli tillarda ijro etilayotgan kuy-qoʻshiqlarni ezgulik jarchisi, deyish mumkin.Dunyoning 80 yaqin davlatidan 400 nafardan ortiq musiqa sanʼati namoyandalari qatnashayotgan 'Sharq taronalari' XIII xalqaro musiqa festivali tanlovining dastlabki kunida Bolgariya, Latviya, Sudan, Gretsiya, Hindiston, Qozogʻiston, Eron, Turkmaniston, Yaponiya, Malayziya, Mongoliya, Ozarbayjon vakillari oʻz dasturlarini namoyish etdi.Yaponiya

03 Sep 21:36
 
29
0
xs.uz

Oʻzbek sanʼati ogʻir judolikka uchradi

Oʻzbekiston, Turkmaniston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi xalq artisti Bobomurod Hamdamov 2024-yilning 2-sentyabr kuni 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Bobomurod Hamdamov 1940-yilda Turkmanistonning Chorjoʻy shahrida tugʻilgan. U oʻzbek milliy qoʻshiqchilik sanʼatining rivojlanishida salmoqli hissa qoʻshib, bir nechta oʻlmas asarlar yaratdi va tomoshabinlar olqishiga sazovor boʻldi. Ayniqsa uning 'Sulton Jaloliddin', 'Kim ekan', 'Devona',