calendar 10 May 13:30
eye 28
comments 0
comments Manba: postda.uz

MAGADAN IZTIROBLARI

image

Koson tumanidagi Guvalak qishlog‘ida yashovchi oddiy dehqon Norbo‘ta ota va Shodmon aya xonadonida dunyoga kelgan to‘ng‘ich farzandga yaxshi niyat ila Xushvaqt deya ism qo‘yishdi. 

Yosh Xushvaqtning o‘quvchilik yillari Ikkinchi jahon urushiga to‘g‘ri keldi. Qiyinchiliklarga qaramay, ota-onasi uning o‘qishiga jiddiy e'tibor qaratdi. Tumandagi 35-maktabning 7-sinfini tugatgan Xushvaqt jamoa xo‘jaligida ishlash bilan birga, kechki maktabda tahsil olib, tayanch ma'lumotga ega bo‘ldi. 

Bilim olishga, o‘qishga bo‘lgan ishtiyoq 1952 yilda uni Toshkent yuridik institutiga yetakladi. Shu yili imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tib, oliygoh talabasi bo‘ldi. Institutni tugatgach, uni yo‘llanma bilan ichki ishlar organiga ishga jo‘natishdi. 

Ilk xizmat faoliyatini 1956-yilda Qarshi shahar IIB tezkor vakili lavozimida boshlagan yosh xodim oliy o‘quv yurtida olgan bilimini amaliyotda qo‘llab, tajriba va malakasini oshirdi. O‘z ishiga bo‘lgan talabchanlik va qiziqishni sezgan rahbariyat Xushvaqt Norbo‘tayevni 1957-yilda sobiq ittifoq IIV Oliy maktabining Tbilisi filialiga o‘qishga jo‘natadi. 

O‘qishdan bilim va malakasini oshirib qaytgan Xushvaqt Norbo‘tayev viloyat IIB JQB Davlat mulkini talon-toroj qilishga qarshi kurashish bo‘limi (OBXSS) tezkor vakili lavozimida xizmatni davom ettirdi. Shu bo‘limda katta tezkor vakil, viloyat IIB Tergov bo‘limi tergovchisi, katta tergovchisi kabi mas'uliyatli vazifalardagi xizmat faoliyati ham samarali kechdi. 

O‘tgan asrning 60-yillarida viloyat markazida kriminogen vaziyat og‘irlashgan, jinoyatchilik ko‘paygan edi. Shuni hisobga olgan rahbariyat 1960-yili tajribali xodim Xushvaqt Norbo‘tayevni Qarshi shahar IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi tezkor vakili etib tayinlaydi. U 1969-yilga qadar katta tezkor vakil lavozimida ayni shu bo‘limda xizmat qilib, ko‘plab jinoyatlarni fosh etishga katta hissa qo‘shdi. So‘ngra kadrlar taqchilligi bois Qarshi shahar IIBda tergovchi, katta tergovchi, tergov bo‘linmasi boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlab, yoshlarga kasb sirlarini o‘rgatishda jonbozlik ko‘rsatdi. 

Kasbiy mahorat va tajribada hamkasblariga o‘rnak Xushvaqt Norbo‘tayevga yanada katta ishonch bildiriladi – u viloyat IIB Tergov bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. Keyinchalik Qamashi tumani hamda Qarshi shahar ichki ishlar bo‘limlarida boshliq lavozimlarida xizmat qilib, kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida hamkasblariga ibrat bo‘ldi. 

X. Norbo‘tayev 1975–1979-yillarda viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida samarali faoliyat yuritdi. 1979-yili viloyat IIB boshlig‘i etib tayinlangach, mazkur lavozimda ishlagan davrda, ya'ni 1979–1984-yillarda qonunbuzarliklarga barham berish, fuqarolar osoyishtaligini ta'minlash borasida ijobiy natijalar qo‘lga kiritildi. Yanada e'tiborlisi, ayni shu davrda Chiroqchi, Kitob, Kasbi, Mirishkor, Qarshi tumanlari hamda Qarshi shahar IIBlari uchun yangi binolar qurildi. Shaxsiy tarkibni xizmat avtomashinalari, aloqa vositalari bilan ta'minlash ishlariga shaxsan o‘zi tashabbuskor va bosh-qosh bo‘ldi. 

– Xushvaqt Norbo‘tayev viloyat IIBga rahbar etib tayinlanganida men boshqarma navbatchilik qismi boshlig‘i lavozimida ishlardim, – deydi iste'fodagi podpolkovnik Xudoyor Botirov. – Uning jinoyatlarning oldini olish va sodir etilganlarini fosh etish borasidagi kasbiy bilimi, malakasi juda kuchli edi. Shu bilan birga, xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash, yosh xodimlarga kasb sirlarini o‘rgatish, kasbga sadoqat tuyg‘usini shakllantirishda o‘ziga xos tajriba maktabini yaratgandi. 

1982-yil 3-noyabr kuni Xushvaqt Norbo‘tayevga «milisiya general-mayori» maxsus unvoni beriladi. Qolaversa, xizmat yillari davomida II, III darajali «Benuqson xizmatlari uchun» «A'lo xizmatlari uchun», «Ichki ishlar vazirligida xizmat ko‘rsatgan xodim» ko‘krak nishonlari bilan taqdirlanadi. 

Sobiq ittifoq prokuraturasining 1983–1989-yillarda O‘zbekistonda tergov o‘tkazgan tergovchilari T. Gdlyan va 

V. Ivanov tomonidan «Paxta ishi», «O‘zbek ishi» deb nomlangan uydirmalar asosida olib borilgan qatag‘onlar, afsuski, general-mayor Xushvaqt Norbo‘tayevni ham chetlab o‘tmadi. U sobiq ittifoq IIV buyrug‘i bilan 1984-yil 3-oktabrda lavozimidan ozod qilindi va tergovga tortildi. Keyingi yilning 9-avgust kuni esa qamoqqa olindi.

Sobiq ittifoq Oliy Sudi harbiy kollegiyasining 1988-yil 30-dekabrdagi hukmi bilan Xushvaqt Norbo‘taнev «milisiya general-mayori» maxsus unvonidan mahrum qilinib, o‘sha paytdagi Ichki ishlar vaziriga pora berish aybi qo‘yilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum etish, mol-mulkini davlat foydasiga musodara qilish, jazoni kuchaytirilgan koloniyada o‘tash bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortildi.

– Otam qamoqqa olinganida 11 yoshli bola edim, – deydi uning o‘g‘li Dilshod Norbo‘tayev. – O‘sha mash'um kunlar kechagidek yodimda: gdlyanchilar bizga ham zug‘um o‘tkazishdi, onam va otamning boshqa qarindoshlari, yaqinlari tazyiqqa olindi. Ular hatto meni ham ikki marta tergovga chaqirib, «Otangning yashirgan pullari qani, tilla buyumlari qaerda?» deb so‘roq qilishdi. Endi, rahmatli padari buzrukvorimga qilingan qiynoq va zug‘umlarni, uning Magadanda o‘tgan iztirobli, og‘ir yillarini tasavvur qilavering...

X. Norbo‘tayev jazoni Rossiyaning Magadan shahridagi jazoni ijro etish muassasasida o‘tab, 1992-yil 8-iyunda ozodlikka chiqadi. 

Istiqlol sharofati tufayli adolat qaror topdi. O‘zbekiston Oliy Sudining 1994-yil 9-sentabrdagi hukmi bilan Xushvaqt Norbo‘tayevga qo‘yilgan ayblov bekor qilinib, oqlandi.

Xushvaqt Norbo‘tayev ozodlikka chiqqandan so‘ng, 1995-yilda «Adolat» advokatlik byurosini ochib, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida samarali xizmat qildi. U adolatsizlik bilan aslo murosa qila olmas, qolaversa, tabiatan mehribon va oqko‘ngil inson edi. Shu bois ham, kim unga biror yordam so‘rab murojaat qilsa, maslahatini, ko‘magini ayamasdi. 

Ming taassufki, qatag‘on zulmi asoratlari, ayniqsa, Magadan iztiroblari mohir rahbar, malakali huquqshunos X. Norbo‘tayevning salomatligiga o‘z ta'sirini o‘tkazmay qolmadi. Olgan ruhiy va jismoniy tazyiqlar tufayli 2008-yilda olamdan o‘tdi. 

Xushvaqt Norbo‘tayev turmush o‘rtog‘i Hikmat aya Barajabova bilan ikki farzand – bir o‘g‘il, bir qizni tarbiyalab, komil insonlar etib voyaga yetkazishdi. Butun umrini, bor kuch va salohiyatini xalq osoyishtaligiga bag‘ishlagan fidoyi insonning xayrli ishlarini bugun yurtimiz ravnaqi yo‘lida mehnat qilayotgan uning farzandlari, nabiralari davom ettirmoqda. 

Sodiq RAHIMOV,

o‘z muxbirimiz.

Qashqadaryo viloyati.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:18
 
37
0
postda.uz

UMR – TEZLIKDAN MUHIMDIR

Toshkent viloyatining Oqqo'rg'on tumanida yo'l harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan mazkur hududda joylashgan mahalla, tashkilot va aholi gavjum joylarda profilaktik suhbat tashkil etildi.  “Umr – tezlikdan muhimdir” shiori ostida bo'lib o'tgan ushbu tadbirda yo'lovchi tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi haydovchilarga mamlakatimizda sodir etilgan yo'l-transport hodisalarining tafsilotlari haqida ma'lumotlar berilib, ularning ayanchli oqibatlari muhokama qilindi. Shuning

20 Jul 14:18
 
64
0
xs.uz

Sirdaryoda 2 ta gaz “zapravka” jami 28,4 mlrd soʻmlik tabiiy gazni oʻgʻirladi

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida jami 28,4 mlrd soʻmlik gazni oʻgʻirlagan 2 ta avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh) aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.Maʼlum qilinishicha, yoqilgʻi-energiya resurslaridan foydalanish ustidan davlat nazoratini samarali tashkil etish va muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika va hududiy Shtablar tomonidan Avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida energiya resurslarini talon-toroj qilin

26 Jul 10:21
 
36
0
xs.uz

Dollar kursi ikki kunlik pastlashdan keyin yana koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'40,76'soʻmga koʻtarildi va'12 625,04'soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi'10,21'soʻmga oshib,'13 686,81'soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli'1, 73'soʻmga koʻtarilib,'146,11'soʻmni tashkil qildi.

24 Aug 17:27
 
27
0
xs.uz

Qishloq ayollariga elektr separatorlar topshirildi — FAO

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) tomonidan 'Hech kim ortda qolmasligi kerak: Turkiya va Markaziy Osiyoda qishloq ayollarining faol ishtiroki va imkoniyatlarini kengaytirishga koʻmaklashish' loyihasi doirasida Boʻstonliq tumanidagi qishloq ayollariga sutni qayta ishlash uskunalari (elektr separatorlar) topshirildi. Qayd etilishicha, bu qishloq ayollarining iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash va oʻziga ishonchi uchun yangi imkoniyatlar esh