calendar 07 Mar 20:11
eye 77
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunladi

image

O‘zbekistonning Singapur va Avstraliyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Qahramon Shokirov ikki o‘lkadagi diplomatik missiyasini yakunladi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, elchi Toshkentga qaytishdan avval Singapur vazirlik va idoralarida qator uchrashuvlar o‘tkazgan. Muloqotlar chog‘ida O‘zbekiston-Singapur munosabatlarining bugungi holati va istiqbollari muhokama qilingan.

Tomonlar 2023 yilning yanvar va may oylarida amalga oshirilgan oliy darajadagi tashriflarning samarali natijalari sheriklikning deyarli barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichga olib chiqish imkonini bergani haqida ta’kidlagan.

Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti hamda O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 53 yoshli bitiruvchisi Qahramon Shokirov mamlakatning 2018–2024 yillarda Singapurdagi va 2022-2024 yillarda o‘rindoshlik asosida Avstraliyadagi (qarorgohi Singapur shahrida) elchisi sifatida akkreditatsiyadan o‘tgan.

Endilikda Qahramon Shokirov O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlangani aytildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Boltiqbo‘yi davlatlari va Finlyandiyadagi elchisi ham o‘z missiyasini tugatgan edi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

24 Aug 17:26
 
9
0
xs.uz

Oʻzbekistonda yangi oʻquv yilining boshlanish sanalari maʼlum boʻldi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra 2024/2025-oʻquv yili oliy taʼlim muassasalarida 9-sentyabrda boshlanishi belgilangan.Shuningdek, akademik litseylar va kasb-hunar maktablarida oʻquv yili 4-sentyabrda boshlanadi.Kollej va texnikumlarning 2- va undan yuqori kurslari ham oʻquv yilini 4-sentyabrdan boshlanishi koʻzda tutilgan.'Kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun 2024/2025-oʻquv yilining boshlanishi boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot beriladi', deyi

23 Jul 11:15
 
64
0
xs.uz

Margʻilonda “Yangi Oʻzbekiston” massivi barpo etiladi

' Qisqa muddatda Margʻilon shahrining Yangihayot koʻchasidagi 75 gektar yer maydonida 6 ming xonadonli 'Yangi Oʻzbekiston' massivini qurish boʻyicha bosh reja ishlab chiqildi, ' deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Hojiqoʻzijon Isaqov. ' Oʻz navbatida, bugundan boshlab 'Ipakchi' va 'Qirguli' mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi bir qavatli eskirgan turar-joy binolari oʻrnida Renovatsiya dasturi doirasida koʻp qavatli uylar qurilishiga kirishildi.Belgilangan rejaga koʻra, zamona

22 Jul 18:27
 
57
0
qalampir.uz

Dollarning rasmiy kursi pastladi

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 23 iyul kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi. Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,00 so‘mga pastladi va 12 593,04 so‘mni tashkil qildi. Shu bilan birga, Yevro kursi ham 4,64 so‘mga arzonlab, 13 716,34 so‘m etib belgilandi. Rossiya rubli esa, aksincha, 0,54 so‘mga yuqorilab, 143,82 so‘mni tashkil etdi.

26 Jul 10:21
 
35
0
xs.uz

Aralash saylov tizimi – siyosiy partiyalar faolligining oʻziga xos drayveri

MushohadaJamiyatimizda mafkuraviy xilmaxillik, koʻp fikrlilik shakllanib borayotgani sababli siyosiy partiyalar oʻrtasida ham oʻziga xos bahs-munozaralar kechmoqda. Bugungi kunda mamlakatimizda 5 ta siyosiy partiya boʻlib, ular tomonidan samarali ishlar olib borilyapti. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 22-avgustda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan siyosiy partiyalar rahbarlari bilan uchrashuvda 'Har qanday siyosiy partiya zamon bilan hamnafas boʻlib, uning oʻtkir talablari