Abdulla chindan ham tirishqoq, samimiy yigit edi. Uning shuhratparast bo‘lib qolishiga, amalga intilishiga maktab payti orttirgan ruhiy jarohati sabab bo‘ladi. Otasi amal otidan tushgandan so‘ng o‘qituvchilarning muomalasi o‘zgarishi, ayniqsa, otasining do‘sti Husan amakining ikkiyuzlamachiliklari Abdullani butunlay o‘zgartirib yuboradi.
U bu dunyoda eng zo‘ri bo‘lsanggina seni hurmat qilishadi, senga tavallo etishadi, degan fikrga borgandi.
Asar qahramonining Gulchehraga bo‘lgan munosabati ham jiddiy edi, toki Sayyoraga uylanish mavzusi ko‘tarilmagungacha. Aynan shu nuqta, ya’ni va’dasiga vafo qilib, Gulchehraga uylangan holda qizni qiyin vaziyatdan qutqarish yoki Sayyoraga uylanib porloq kelajakni ta’minlashdan birini tanlash nuqtasi Abdullaning hayotidagi katta imtihonlaridan biriga aylanadi. Afsuski, qanchadan-qancha imtihonlarni a’lo baholarga topshirgan, oltin medalli o‘quvchi, olimlikka da’vogar shaxs Abdulla hayotning, odamiylikning shu sinovida qoqildi. Hayotda yaxshi talaba bo‘la olmadi.
Hamma ham odam bo‘lib tug‘iladi, lekin har kim ham bu nomga loyiq bo‘lishning uddasidan chiqolmaydi. Odamiylik nomli xislat bor. Bu so‘z odamga, chin insonga xos xislat sanaladi.
Shuhratparastlik yomon xususiyatlar sirasiga kiradi. Buning sababi shundaki, odamlar ko‘pincha shu salbiy xislat sabab ko‘plab qabihliklarga, ikkiyuzlamachiliklarga qo‘l uradilar. Qanchalab insonlarning baxtsizliklariga, dilxiraliklariga sabab bo‘ladilar. Bunga yorqin namuna esa Abdulla timsolida namoyon bo‘ladi. U o‘tkinchi obro‘-e’tiborga yetishaman deb vijdonini yutqazdi, guldek bir qizning hayotiga zomin bo‘ldi. Endi uning olim bo‘lishidan biror ma’no bormi?
Inson olim bo‘lishdan-da oldin odam bo‘lmas ekan, topgan obro‘-e’tibori, unvon-u amali bir pul. Asar real voqealarga asoslanib yozilgandek kitobxonni o‘ziga jalb etadi. Asarda ota-onaga hurmat, qadr-qimmat, odamiylik tuyg‘ulari, yosh qalbning o‘y-hislari, o‘zbeklarning sodda va mehribonligi, o‘smir bolaning orzulari va shunga o‘xshash voqealar ibratli tarzda yoritilgan. Asarni mutolaa qilgan o‘quvchi ana shunday odamiylik sabog‘idan dars oladi.
Fozil XOLMO‘MINOV,
Surxondaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi O‘MIB tergovchisi, kapitan.
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tilga kirdi: Bobur haqida film suratga olinayotgani haqiqatdan yiroqligi maʼlum qilindi
Maʼlum qilinishicha, Bobur bilan bogʻliq tarix haqida dunyo ahlini chalgʻitish kabi bu holat mamlakat jamoatchiligini, ziyolilarni tashvishga solib, keskin munosabatlarga sabab boʻldi.'Shu qatori meni ham bu holat qattiq tashvishga soldi va tegishli davlat tashkilotlari, elchixonalar bilan vaziyat yuzasidan maʼlumot olish uchun bogʻlandim. Aytish lozimki, film haqidagi xabarlar haqiqatdan yiroq va bunga oydinlik ham kiritilmoqda. Albatta, bu masalaga yana aniqlik kiritib, qoʻshimcha xabar
BUGUNGI DUNYONING GEOSIYOSIY MANZARASI
Ma’naviyat va ma’rifat darsiXIX asr boshida boshlangan to‘rtinchi sanoat inqilobi yutuqlari asosida shakllangan postindustrial modelning o‘z taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi kutilmagan oqibatlarga olib keldi. Ayniqsa, XXI asrga kelib, uning global modelga o‘tishi dunyodagi mavjud geosiyosiy vaziyatni o‘zgartirib yubordi. Bugunga kelib esa jahon arxitekturasining insoniyatni birlashtirishga qaratilgan yagona geosiyosiy modelini xavf ostida qoldirdi.Turli qarama-qarshi kuchlar v
ГЕОПОЛИТИЧЕСКАЯ КАРТИНА СОВРЕМЕННОГО МИРА
Урок духовности и просвещенияГеополитическая картина мира характеризуется крайней неустойчивостью. Глобальные политические «разломы» подрывают устои и ключевые принципы системы международных отношений. Противоречия и протекционизм порождают фрагментацию экономики,
YЕTMISh YILLIK YO‘L
Adolatli, halol, mehnatsevar insonlar doimo xalqimizning hurmat-e'tiborida bo‘lgan. Uzoq yillar ichki ishlar organlarida samarali xizmat qilgan iste'fodagi podpolkovnik Shavkat Otajonov ham ana shunday fidoyi insonlardan biridir.Yoshlikdan ilm olishga, o‘qimishli, ma'rifatli inson bo‘lishga intilgan Shavkat Otajonov maktabni tamomlagach, Urganch davlat pedagogika institutida tahsil oldi. U 1975–1981-yillar Urganch tumanidagi maktabda o‘quvchilarga ingliz tilidan saboq berdi va kel