calendar 27 Mar 12:21
eye 44
comments 0
comments Manba: xs

Andijonda oʻn minglab gektar maqsadsiz hududlar oʻzlashtirilmoqda

image

Foto: Халқ сўзи

Andijon viloyatida oʻn minglab gektar maydonlardan iborat adirlik mavjud boʻlib, uning 5 ming 71 gektari oʻzlashtirilmagan. Vaholanki, bu yerda sugʻorish tizimini joriy etish orqali katta daromad olish mumkin. Viloyat hokimligi tashabbusi bilan boshlangan saʼy-harakatlar ana shu maqsadga yoʻnaltirilgan boʻlib, hozirda Marhamat tumanidagi 720 gektar maydonda oʻzlashtirish ishlari olib borilmoqda.

Foto: Халқ сўзи

— Ayni paytda tumanning Yoʻldosh Oxunboboyev nomli massiviga qarashli 100 gektar maydonga 500 ming tup “Yangi Andijon” navli tut koʻchatlari oʻtqazilmoqda, — deydi tut urugʻchiligi va koʻchatchiligiga ixtisoslashgan “Ipak koʻchat klasteri” rahbari Abdufattox Musulmonqulov. — Buning uchun Vyetnam tajribasini qoʻllashga qaror qildik. Yaʼni, hududlar aholiga taqsimlab beriladi. Ular tut koʻchatlari parvarishi bilan bir qatorda oraliq maydonda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishlari mumkin.

Foto: Халқ сўзи

Bu kabi foydalanilmay turgan yer maydonlari mutaxassislar tomonidan oʻrganilmoqda. Tez orada ulardan foydalanish tartiblari joriy etiladi. Bir soʻz bilan aytganda, viloyatning har bir qarich yeridan unumli foydalaniladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

29 Jul 11:24
 
59
0
qalampir.uz

Sardor Umurzoqov Kvirikashvili va Chakrabarti bilan uchrashdi

O‘zbekiston Prezidentining maxsus ishlar bo‘yicha maslahatchisi Sardor Umurzoqov Prezident Shavkat Mirziyoyevning iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi. Bu haqda Chakrabarti o‘zining X platformasidagi sahifasida yozdi. Keltirilishicha, Suma Chakrabarti bir vaqtning o‘zida Gruziyaning sobiq bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili bilan ham ko‘rishgan. U Umurzoqov va Kvirikashvilini ikki islohotchi,

08 Sep 16:44
 
14
0
xs.uz

Uch yildan beri qidiruvda boʻlgan oʻzbekistonlik Istanbulda qoʻlga olindi

Firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib, 2021-yildan buyon qidiruvda boʻlgan Sh.R. Istanbul shahrida qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.1981-yilda tugʻilgan Sh.R. Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida qoʻlga olingan. U bugun, 7-sentyabr kuni Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasiga deportatsiya qilindi.'Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan

20 Sep 00:21
 
9
0
xs.uz

Boysunda texnogen hodisa nega yana takrorlandi?

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Boysun tumani hududida joylashgan 'Mustaqillikning 25-yilligi' (M-25) konida Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri, general-mayor Abdulla Qoʻldoshev ishtirokida 17-sentyabr kuni konda yana vodorod sulfid gazi sizib chiqishi oqibatida sodir boʻlgan texnogen hodisa yuzasidan brifing boʻlib oʻtdi.Xabaringiz bor, 1-sentyabr kuni soat 15:17 da 'M-25' konidagi 604-sonli quduqda burgʻilash ishlarini olib borish vaqtida texnologik

25 Sep 13:14
 
4
0
xs.uz

Kambagʻal oilalar farzandlari davlat bogʻchalariga imtiyozli asosda qabul qilinadi

Shavkat Mirziyoyevning 'Kambagʻallikdan farovonlik sari' dasturini amalga oshirish boʻyicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Maʼlum boʻlishicha, Qaror bilan bir qator ishlar amalga oshiriladi. Birinchidan, 2025-yil 1-yanvardan kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi.Ikkinchidan, 2025/2026 oʻquv yilidan, kambagʻal oilalar farzand