calendar 27 Mar 09:21
eye 2021
comments 0
comments Manba: xs

“Pistali” koniga kasbga tayyorlanib, ishga qabul qilinmoqda

image

Foto: Халқ сўзи

Nurota tumanining “Pistali” koni negizida barpo etilayotgan 6-gidrometallurgiya zavodi joriy yilning eng yirik qurilishlaridan biri, desak, aslo mubolagʻa emas. “NKMK” AJ “1-GMZ” kon boshqarmasi rahbariyati yaqinda ishga tushirilishi moʻljallanayotgan mazkur korxona uchun malakali ishchi-kadrlarni tayyorlash va tanlash ishlarini esa oʻtgan yiliyoq boshlab yuborgan edi. Shu maqsadda kon boshqarmasida malakali mutaxassislardan iborat kadrlarni tayyorlash guruhi tashkil etildi.

— Dastlabki bosqichda “Pistali” koni va kon avtogarajiga ishga qabul qilinganlarni mutaxassisligi boʻyicha kasbga va turdosh kasblarga tayyorlash tizimi yaratildi, — deydi “1-GMZ” kon boshqarmasi direktorining kadrlar va maʼmuriy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Alisher Mirzayev. — Kon ishchisi, geologik ishlarda kon ishchisi, kimyoviy tahlil laboranti, namuna saralovchi, kompressor qurilmalari mashinisti kabi kasblar boʻyicha boʻlajak ishchi-xodimlar guruh shaklida oʻqitilib, ular nazariy mashgʻulotlarni “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ Oʻquv markazida, amaliyotni esa “Aristantov” karyeri, “Qoraqoʻton” koni, shuningdek mutaxassisliklariga mos tarzda “1-GMZ” kon boshqarmasi gidrometallurgiya mahsulotlarini boyitish, texnik nazorat boʻlimlari, zavodning texnologik laboratoriyasida oʻtamoqdalar. Oʻquv dasturlarida kasbiy, ishlab chiqarish va xavfsizlik texnikasiga oid zarur bilimlar qamrab olinib, mashgʻulotlarga kon boshqarmasi hamda “NKMK” AJ boʻlinmalarining malakali mutaxassislari jalb etilmoqda. Oʻquv mashgʻulotlari yakunida, oʻquvchilar kombinat Kadrlar boshqarmasi, “Qizilqum” kontexnazorat inspeksiyasi, “1-GMZ” kon boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida oʻtkaziladigan malaka imtihonlarini topshirib, “NKMK” AJning malakaviy guvohnomasiga ega boʻlmoqdalar.

Shuningdek, 92 nafar kishi kon boshqarmasining malakali ishchi xodimlariga individual biriktirilgan holda nazorat-oʻlchov asboblari va avtomatika chilangari, jihozlarni taʼmirlash boʻyicha navbatchi chilangar, taʼmirlovchi-chilangar, elektr jihozlariga xizmat koʻrsatish va taʼmirlash elektrmontyori, navbatchi elektrchilangar, avtomobillarni taʼmirlash chilangari singari kasblarga oʻqitilmoqda. Ular bevosita ishlab chiqarish uchastkalarida amaliyot oʻtab, nazariy hamda amaliy bilimlarini mustahkamlaydilar.

Yangi zavod ishga tushgach, korxonada bugʻ qozonxonalaridan foydalaniladi. Hozirgi kunda besh nafar ishchi “NKMK” AJ Oʻquv markazida qozonxona operatori kasbi boʻyicha nazariy bilim olib, Markaziy kon boshqarmasi boʻlinmalarida amaliyot oʻtamoqda.

“Pistali” koni va yangi zavod uchun barcha turdagi ishchi-xodimlarni tayyorlash haqida soʻz borarkan, xavfli yuklarni tashish, xavfli yuklarni tashishga moʻljallangan avtomobillarni boshqarish, ogʻir yuk tashuvchi karyer avtoagʻdargichlarini boshqarish huquqlarini beruvchi maqsadli uch yoʻnalish boʻyicha 70 nafardan ziyod haydovchilar turdosh kasblarga oʻqitilganini taʼkidlash joizdir. Kon boshqarmasining oʻn nafar ishchisi ishlab chiqarishdan ajralgan holda “NKMK” AJ Oʻquv markazida avtomobillarga yoqilgʻi quyuvchi mobil shoxobcha operatori mutaxassisligi boʻyicha nazariy bilim olib, ishlab chiqarish koʻnikmalarini Markaziy kon boshqarmasi boʻlinmalarida mustahkamlamoqdalar.

— Korxonada “Ishga marhamat” monomarkazi bilan aloqalar yaxshi yoʻlga qoʻyilgan, — deya davom etadi A. Mirzayev. — Biror kasbga ega boʻlmagan 59 nafar fuqaro monomarkazda kimyoviy tahlil laboranti, taʼmirlovchi-chilangar, avtomobillarni taʼmirlash chilangari, elektrmontyor kasblariga oʻqitilib, “1-GMZ” kon boshqarmasida ishlab chiqarish tajribasini oʻtab, ishga qabul qilindilar.

Taʼkidlash joiz, mamlakatimizda ustuvor tutilgan ijtimoiy adolat va inson qadri uchun tamoyillariga qatʼiy amal qilingan holda yangi kon va korxonaga ishga qabul qilishda Nurota tumani hokimligining tavsiyasiga muvofiq “Temirqovuq”, “Qizilcha”, “Tinchlik” MFYlarida istiqomat qilayotgan, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”da roʻyxatda turuvchi, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar monomarkazda garderobchi, koʻkalamzorlashtiruvchi, oqsoch va boshqa kasblarga oʻqitilib, ularning bandligi taʼminlanmoqda.

Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

25 Sep 13:14
 
9
0
xs.uz

Toshkentda oʻqituvchi 6-sinf oʻquvchisini kaltakladi

Bildirilishicha, voqea Chilonzor tumanidagi 188-maktabda 23-sentyabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida, ikkinchi smenada 6-'V' sinfida rus tili fani darsida sodir boʻlgan.Dars vaqtida oʻquvchi E.G. oʻqituvchi R.O.ga gap qaytargan va tortishib qolgan. Soʻngra oʻqituvchi oʻquvchini qulogʻidan choʻzgan, oʻtirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va uning yuziga tarsaki tushirgan.Qayd etilishicha, oʻquvchiga tan jarohati etmagan, salomatligi joyida. Biroq voqeadan xabar topgan oʻ

20 Sep 00:22
 
8
0
xs.uz

“Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” axborot tizimlari qachon ishga tushadi?

'Davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etishga oid chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident Qarori qabul qilingandi. Qarorga muvofiq, davlat tibbiy sugʻurtasi mexanizmlarini joriy etish doirasida 2024-yil yakunigacha 'Elektron poliklinika' va 'Elektron shifoxona' axborot tizimlari amaliyotga joriy etilishi maʼlum qilindi.Maʼlum boʻlishicha, davlat tibbiy sugʻurtasining axborot tizimi ishlab chiqiladi hamda amaliyotga joriy qilinadi. Bundan tashqari, qaror bilan tibbiyot muassasas

08 Sep 16:44
 
19
0
xs.uz

Toshkent metropolitenida metall detektorlar oʻrnatiladi

Toshkent metropolitenining barcha bekatlarida maxsus metall detektor qurilmalari oʻrnatiladi. Bu haqda 'Toshkent metropoliteni' DUK xabar berdi.Qayd etilishicha, Poytaxt metroposidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Bu esa metropoliten xodimlaridan qoʻshimcha masʼuliyat va javobgarlikni talab etadi.Shu bois, bekatlardagi xavfsizlik choralarini taʼminlash va yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida barcha metro bekatlarida maxsus metall detektor qurilmala

19 Aug 07:03
 
27
0
xs.uz

Toshkent viloyatida nomaʼlum shaxs mansabdorning xonasiga 5 ming dollar tashlab ketdi

Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish boʻlimi boshligʻining xizmat xonasiga nomaʼlum shaxs 5 ming AQSH dollari qoldirib ketdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, joriy yilning 16-avgust kuni MMTB boʻlim boshligʻi Nazokat Oʻrazovaning xizmat xonasida shubhali fayl papka qoldirib ketilgan. Mazkur papka xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, uning ichida 5