calendar 27 Mar 08:21
eye 31
comments 0
comments Manba: xs

Samarqandda yangi tonnel qurilishi boshlandi

image

Foto: Халқ сўзи

Avvalroq xabar berganimizdek, “Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilish” boʻyicha 2022-2026-yillarga moʻljallangan investitsion loyiha asosida Samarqandda ikkita tonnel, ikkita koʻprik, yoʻllar va suv inshootlari qurilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha uchun davlatimiz rahbarining 2019-yil 2-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 300 million AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlari ajratilishi belgilangan.

Foto: Халқ сўзи

Bugungi kunda shaharning Gagarin va Mirzo Ulugʻbek koʻchalari kesishmasida qazish ishlari olib borilib, uzunligi 44 metr boʻlgan tonnel qurilishiga kirishildi. Ushbu loyiha «Meʼmor Oʻtkir Chovka LLC” (Oʻzbekiston) & “Shaanxi Road and Bridge Group Co., Ltd” (Xitoy) - konsorsiumi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirda chorrahada bosqichma-bosqich elektr energiyasi hamda aloqa tarmoqlarini koʻchirish ishlari olib borilyapti. Ayni paytda chuqurligi 5 metr, eni 190 santimetr boʻlgan xandaq qazilib, suv oqova tarmoqlarini oʻtkazish uchun beton quvurlar tashlanmoqda.

Foto: Халқ сўзи

— Qurilish ishlarida 5 nafar xitoylik va turkiyalik malakali mutaxassislar ham yaqindan yordam beryapti, — deydi loyihaning texnika xavfsizligi boʻyicha muhandisi Alisher Umidov. — Hozirgacha 170 metrdan ziyod masofadagi eski kommunikatsiya tarmoqlari xavfsiz hududga koʻchirildi.

Obyektda viloyat hududiy elektr tarmoqlari korxonasi, “Hududgaz Samarqand” gaz taʼminoti filiali, “Samarqand suv taʼminoti” MCHJ mutaxassislari oʻzlariga belgilangan hududlarda mehnat qilmoqda.

Asosiy qazish va kavlash ishlari Toyloq tumanidagi “Shuhrat Qambarov gaz servis” xususiy korxonasi ishchilari zimmasiga yuklatilgan.

Foto: Халқ сўзи

— Hududni tozalab, xandaq kavlashda yer ostida koʻmilib ketgan, biroq ayni paytda ishlab turgan kommunikatsiya va oqova, elektr energiyasi tarmoqlarini chiqarib olish biroz qiyin boʻlmoqda, — deydi “Shuhrat Qambarov gaz servis” xususiy korxonasi rahbari Sh.Qambarov. — Ammo maxsus texnikalar va tajribali mutaxassislar yordamida bu ishlarni amalga oshirib kelyapmiz.

Shuningdek, qayd qilingan loyiha doirasida Gagarin va Rudakiy koʻchalari kesishmasida uzunligi 50 metr boʻlgan yana bir tonnel, Gagarin koʻchasidagi temir yoʻl ustida 78 metr, Siyob kanali ustida 165 metr boʻlgan 2 ta koʻprik qurilishi rejalashtirilgan. Mazkur hududlardagi barcha kommunikatsiya tizimlari koʻchirilib, avtomobillar va piyodalarning xavfsiz harakatlanish sxemalari tasdiqlanganidan soʻng bosqichma-bosqich qurilish ishlari boshlanadi.

Foto: Халқ сўзи

Bundan tashqari yoʻllar qurilishi ham rejalashtirilgan. Xususan, Amir Temur koʻchasining Boʻstonsaroy koʻchasidan Gagarin koʻchasigacha 2,3 kilometr hamda Gagarin koʻchasining Gulobod koʻchasidan M-37 avtomobil yoʻligacha 9,2 kilometr qismi qurilib, rekonstruksiya qilinadi.

Samarqand shahri infratuzilmasini modernizatsiya qilishda suv inshootlari qurilishi ham koʻzda tutilgan. Jumladan, 6 ta nasos stansiyasi, 2 ta suv inshootlari rekonstruksiya qilinadi. Jami 11,2 kilometr, shundan Amir Temur koʻchasida Boʻstonsaroy koʻchasidan Gagarin koʻchasigacha 2,3 kilometr hamda Gagarin koʻchasida 8,9 kilometr ichimlik suv tarmoqlarini qurish ishlari amalga oshiriladi.

Bugungi kunda Amir Temur koʻchasining Gagarin koʻchasi kesishmasidan Boʻstonsaroy koʻchasiga qarab qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Aug 03:43
 
33
0
xs.uz

Qirgʻizistondan 1,6 mlrd soʻmlik dorini noqonuniy olib oʻtganlar qamaldi

Andijon viloyatida noqonuniy yoʻllar bilan 1 616 802 000 soʻmlik dori vositalari olib kelgan shaxslarga hukm oʻqildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.Qayd etilishicha, Andijon viloyatining Qorasuv shahrida yashovchi, 1983-yilda tugʻilgan, muqaddam sudlangan fuqaro A.D. sinfdoshi Sh.J. bilan oʻzaro til biriktirib, 2023-yilning avgust oyida Qirgʻiziston Respublikasida istiqomat qiluvchi shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga davlat chegarasi orqali noqonuniy oʻ

08 Sep 16:44
 
16
0
xs.uz

IIBB Toshkentdagi musiqa festivalida yuzaga kelgan janjal boʻyicha munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi musiqa festivaliga kelgan fuqarolar jamoat tartibini buzib, janjal koʻtargani aks etgan video tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.Maʼlum qilinishicha, kecha, 6-sentyabr kuni Yunusobod tumanida oʻtkazilgan musiqa festivalida koʻplab musiqa ixlosmandlari yigʻilgan. Ular orasida bir necha fuqarolar jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini mensimasdan mayda bezorilik sodir etgan.'Ichki ishlar or

24 Aug 17:26
 
16
0
xs.uz

Ziroat Mirziyoyeva va Saida Mirziyoyeva Ozarboyjon birinchi xonimi bilan uchrashdi

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Oʻzbekistonning birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Ozarboyjon birinchi xonimi Mehribon Aliyeva bilan uchrashdi. Bu haqda u oʻzining Telegramʻdagi kanaliga yozib qoldirdi.'Birgalikda Bolalar gematologiya, onkologiya va klinik immunologiya markazi qoshidagi 'Mehrli maktab' shifoxonasiga, Oʻzbekiston xalq rassomi Akmal Nur suratlari koʻrgazmasiga bordik, milliy liboslarning ajoyib namoyishini tomosha qildik.Madaniy-gumanitar aloqalar va mushtarak a

11 Aug 03:43
 
25
0
xs.uz

Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining sammiti doirasidagi tadbirlar yakunlandi – Fotoreportaj

Tashrif dasturiga muvofiq, Ostona shahrida O'zbekiston va Qozog'iston yetakchilari tor doirada uchrashuv va Oliy davlatlararo kengashning birinchi majlisini o'tkazdilar. Ikki tomonlama hujjatlar to'plami qabul qilindi. Qo'shma loyihalarni ishga tushirish marosimi bo'lib o'tdi.Qozog'iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlatimiz rahbariga O'zbekiston-Qozog'iston do'stligini mustahkamlashga qo'shgan ulkan hissasi uchun o'z mamlakatining oliy davlat mukofoti - 'Oltin Qiron' ordenini tantanali rav