calendar 12 Dec 10:10
eye 22
comments 0
comments Manba: daryo

Video: Kalashnikov avtomatini 6 soniyada qismlarga ajratayotgan namanganlik o‘quvchi qiz

image

Namanganlik Oydina Mirzahamdamova Kalashnikov avtomatini 6,09 soniyada qismlarga ajratib, respublikadagi eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etmoqda. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Oydina 16 yoshda, Uchqo‘rg‘on tumanidagi 37-maktabning 11-sinfida tahsil oladi. Sinfdoshi va adashi Oydina Rahimberdiyeva bilan birgalikda maktabda tashkil etilgan “Yosh qutqaruvchi” va “Yosh chegarachi” to‘garaklariga qatnashib kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Harbiy sohaga qiziqish bolalagimdan beri bor, chunki hamma qiz nabiralar buvisi bilan katta bo‘lsa, meni bobom ulg‘aytirganlar. Maktabda chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik darslarida qatnashib, bu ishtiyoq yana ham kuchaydi. Shu yo‘nalishdagi musobaqalarga qatnasha boshladim. Ayniqsa, Kalashnikov avtomatini qismlarga ajratish va yig‘ish mashqi yoqib qoldi. To‘g‘ri, bu qiziqish ortidan qo‘lim shishib, ko‘kargan paytlar ham ko‘p bo‘lgan, lekin bunga allaqachon ko‘nikib ketganman”, — deydi qahramonimiz.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Oydinaning o‘qituvchisi va ustozi Hojiakbar Qahhorovning aytishicha, maktab o‘quvchilaridan iborat jamoa Mudofaa vaziri kubogi uchun o‘tkazilgan turnir, “Yosh chegarachi” musobaqasida yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritdi. Joriy yil noyabr oyida esa “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan Chirchiqda tashkil qilingan “Shunqorlar” respublika musobaqasida uchqo‘rg‘onlik o‘quvchilardan iborat viloyat jamoasi faxrli ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Bunda Oydinaning ham katta hissasi bor.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Oydinaning Kalashnikov avtomatni qismlarga ajratishga 6,09 soniya, yig‘ishga esa 13,27 soniya, jami 19,36 soniya sarflamoqda. Lekin bu natijadan ko‘ngli to‘layotgani yo‘q.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

“Opamning telefoni qo‘limga tushib qolsa, darrov Kalashnikov avtomatini yig‘ish-terish bo‘yicha videolarni ko‘raman. Tataristonlik Komila Badriddinova degan qiz bor, 11 soniyada shu ishni bajarib, dunyo rekordini o‘rnatgan. Harakatlari shunday yengil, o‘zi shunday chaqqon. Undan nimadir o‘rganishga harakat qilyapman. Xullas, hali natijalarim bilan maqtanishga ancha bor”, — deydi u.

Foto: “Daryo” / Jahongir Akramov

Oydina oilada uch nafar qizning o‘rtanchasi. Opasi Ozoda universitet talabasi, bo‘lajak o‘qituvchi, singlisi Mohinur maktabda o‘qiydi, shifokor bo‘lish niyatida. Uning o‘zi esa kelajagini harbiy soha bilan bog‘lamoqchi: harbiy o‘quv yurtlaridan biri yoki Ichki ishlar akademiyasida o‘qish niyati bor. O‘zining aytishicha, uydagilari bunga biroz qarshilik qilib turishibdi, lekin qahramonimiz o‘quv yili tugaguniga qadar ularning fikri o‘zgarishiga umid qilmoqda.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
54
0
postda.uz

CHORAK ASR XIZMATDA

Katta serjant Baxtiyorjon Musulmanovda harbiy xizmatchi bo‘lish orzusi bolalikdan yo‘ldosh. Amakisi Shavkat Xoliqovning chorak asr harbiy xizmatchi bo‘lgani va uyga formada keli­shi uning orzusiga sabab bo‘ldi. Baxtiyorjon G‘uzor tumanidagi o‘rta maktabni bitirib, yigitlik burchini IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda o‘tadi. Uning o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati va qiziqishini sezgan harbiy qism rahbariyati muddatli harbiy xiz

07 Mar 20:07
 
50
0
postda.uz

ISLOHOTLAR – YUQORI SAMARADORLIK GAROVI

Xususan, davlatimiz rahbarining 2020-yil 7-yanvardagi qarori asosida Toshkent, Buxoro, Andijon hamda Navoiy viloyatlarida yangi qo‘shilma va harbiy qismlar tashkil etildi, ularning moddiy-texnik bazasi va infratuzilmasi tubdan qayta ko‘rib chiqilib, zamonaviy jihozlanishi yo‘lida ulkan ishlar qilindi. Qo‘shinlarning jangovar va safarbarlik shayligini tashkil etishda asosiy e’tibor harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish, jangovar shaylik rejalarini qayta ishlab chiqish­ga qaratild

07 Mar 20:07
 
36
0
postda.uz

“Очиқ эшиклар куни”

ИИВ Навоий академик лицейи ўқувчилари учун вилоят ИИБда “Очиқ эшиклар куни” ташкил этилди. Тадбир чоғида ўқувчилар бошқармадаги “Ватанпарварлик бурчаги”, кутубхона ва музейда бўлишди. Уларга ички ишлар органларининг шонли тарихи ва бугуни, соҳа фидойилари тўғрисид

07 Mar 20:07
 
54
0
postda.uz

SALOHIYATLI KOMANDIR

Asli Toshkent viloyatida tug‘ilgan Abdulaziz Saliyev bolalikdan biror ishga qo‘l ursa, yakuniga yetkazmaguncha qo‘ymasdi. Uning tirishqoqligiga tengdoshlari havas qilishardi. Lavhamiz qahramoni IIV Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurtini muvaffaqiyatli bitirgach, 7534-harbiy qismda guruh komandiri, vzvod komandirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, vzvod komandiri, batalyon shtabi boshlig‘ining nazoratchilar xizmati bo‘yicha o‘rinbosari, 7533-harbiy qismda 1