«O'zbekiston va Qozog'iston — iqtisodiyotlari raqobat qilmaydi, bir-birini to'ldirib turadi» — Shavkat Mirziyoyev

post

Oqo'rda qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Qasim-Jomart Toqayev tor doirada muzokaralar o'tkazdi.

Uchrashuv chog'ida Shavkat Mirziyoyev ikki davlat iqtisodiyotlari raqobat qilmasligini, aksini bir-birini to'ldirib turishini taʻkidladi. Uning so'zlariga ko'ra, joriy yilda tovar ayirboshlash rekord daraja — 4 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda.

«Bugun strategik sherikligimizni ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko'tarish to'g'risida tarixiy qaror qabul qilamiz», — dedi u.

«Mamlakatlarimiz o'rtasidagi munosabatlar butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʻminlashning muhim omili bo'lib xizmat qiladi», — dedi Qosim-Jomart Toqayev.

Taʻkidlanishicha, Qozog'iston poytaxtida o'tgan qo'shma biznes-forumda 6 mlrd dollarlik kelishuv va shartnomalar imzolangan.