calendar 06 Dec 11:10
eye 27
comments 0
comments Manba: daryo

Shavkat Mirziyoyev va Qosim Jo‘mart-To‘qayev ikki tomonlama hamkorlikning muhim vazifalarini belgilab oldi

image

Oqo‘rdada Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev tor doirada muzokaralar o‘tkazgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Prezident matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining muzokaralari ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokida davom etgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, davlat rahbarlari O‘zbekiston va Qozog‘iston strategik sherikligi va ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashning istiqbollarini atroflicha muhokama qilgan. Savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, jumladan, o‘zaro tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish, tranzit va logistika, energetika, suv va qishloq xo‘jaligi sohalaridagi qo‘shma sa’y-harakatlarni faollashtirish masalalariga ustuvor ahamiyat qaratilgan. Hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvlarni jadallashtirish choralari ko‘rib chiqilgan.

Shuningdek, global va mintaqa kun tartibida turgan hamda xalqaro tuzilmalar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashilgan.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston ikki xalq o‘rtasidagi samimiy birodarlik munosabatlarini yuksak qadrlashini ta’kidlagan.

“Bugun tarixiy qaror qabul qilyapmiz, hamkorligimizni ittifoqchilik munosabatlari darajasiga ko‘taryapmiz. Ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va keng ko‘lamli sheriklikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi intilishimiz qat’iy. Buning uchun barcha imkoniyat va resurslarni ishga solamiz, Maqsadimiz — birodar xalqlarimizning ko‘p qirrali hamkorligini aniq mazmun bilan boyitish”, – deydi Shavkat Mirziyoyev.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ikki mamlakat yetakchilari strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida O‘zbekiston va Qozog‘istonning Davlatlararo Oliy Kengashi, Parlamentlararo hamkorlik kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashini ta’sis etishga kelishib olgan.

Shuningdek, muzokaralar chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning yangi “o‘sish nuqtalari”, ustuvor yo‘nalishlari va muhim vazifalari belgilab olingan.

Uchinchi mamlakatlardan import qilinayotgan mahsulotlar o‘rnini bosish orqali zarur mahsulotlarni o‘zaro yetkazib berish nomenklaturasi va hajmini salmoqli darajada kengaytirish uchun katta salohiyat mavjud. Tovar ayirboshlash miqdori jadal sur’atda oshayotgani ham buning tasdig‘idir. 2021-yilda bu ko‘rsatkich rekord daraja – 4 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.

Ushbu ko‘rsatkichni yaqin besh yilda o‘n milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Shu maqsadda tomonlar tegishli “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish, ulgurji-taqsimlash markazlari va qo‘shma agroklasterlarni rivojlantirishga kelishib olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tomonlar iqtisodiyotning turli sohalarida yangi qo‘shma korxonalar tashkil etish orqali o‘zaro manfaatli sheriklikni rivojlantirish muhimligini ta’kidlagan. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, energetika, farmatsevtika, qurilish sohalari ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan.

Sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha aniq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishilgan. Mashinasozlik, energetika, elektrotexnika, kimyo, to‘qimachilik va boshqa tarmoqlarda muvaffaqiyatli loyihalar ko‘p. Endilikda qurilish, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va boshqa ustuvor sohalarda yangi yirik loyihalar ishlab chiqilmoqda.

Xususan, kuni kecha ishbilarmon doiralar ishtirokida o‘tkazilgan tadbirlarda umumiy qiymati 2 milliard dollardan ziyod istiqbolli investitsiya loyihalari tayyorlandi. Bu boradagi sa’y-harakatlarga qo‘shimcha sur’at bag‘ishlasha maqsadida sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha qo‘shma xalqaro markaz tashkil etiladi. Hududlararo aloqalar hamkorlikni kengaytirishda drayver bo‘lib xizmat qilmoqda. Jumladan, yaqinda o‘tgan Hududlar forumi natijasida qator kelishuv va savdo shartnomalari imzolangan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bundan tashqari, ikki mamlakatning chegaraoldi hududlariga o‘zaro mahsulot yetkazib berish va yangi kooperatsiya loyihalarini ishlab chiqishda yanada yaqindan hamkorlik qilishga topshiriq berilgan.

Transport sohasi muhim yo‘nalish sifatida belgilab olingan. Avtomobilda va temir yo‘l orqali yuk tashish hajmi ortib bormoqda. Mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar to‘liq tiklangan, yangi yo‘nalishlar ochilgan.

O‘zbekiston prezidenti ikki mamlakat va uchinchi davlatlar bozorlariga chiqishni ta’minlaydigan yangi yo‘laklarni shakllantirish muhim ekanini qayd etgan. Yetakchilar Uchquduq—Qizilo‘rda temir va avtomobil yo‘lini hamda Turkiston—Chimkent—Toshkent yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan temir yo‘l qurilishi loyihalarini jadallashtirishga kelishib olgan.

Shuningdek, suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalariga ham to‘xtalib o‘tilgan. Shu maqsadda o‘zaro manfaatli hamkorlikning barqaror, uzoq muddatli mexanizmlarini ishlab chiqish va ikki mamlakat o‘rtasida suv munosabatlarining barcha yo‘nalishlariga oid takliflar tayyorlash bo‘yicha Ishchi guruh faoliyatini davom ettirishga kelishib olingan. Suv tejaydigan yangi texnologiyalarni jadal joriy etish bo‘yicha birgalikda amaliy ishlash, Orolbo‘yida daraxtzorlar barpo etish borasida qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligi ta’kidlangan.

Tomonlar Markaziy Osiyoda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash maqsadida o‘zaro manfaatlar va mintaqaviy yaqinlashuv g‘oyalarini ilgari surgan holda tashqi siyosat sohasida yaqindan hamkorlik qilish istagini bildirgan. Prezidentlar Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari formatini ishtirokchi davlatlar manfaatlariga qat’iy hurmat asosida mavjud salohiyatlardan maksimal darajada to‘liq foydalanish maqsadida takomillashtirish yo‘lida maqsadli ish olib borishga kelishib olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5-dekabrdan buyon davlat tashrifi bilan Nur-Sultonda bo‘lib turibdi. O‘zbekiston prezidenti 6-dekabr kuni Qozog‘istonning Nur-Sulton shahridagi “Otan korg‘aushilar” (“Vatan himoyachilari”) monumentiga gul qo‘ygan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
49
0
postda.uz

CHORAK ASR XIZMATDA

Katta serjant Baxtiyorjon Musulmanovda harbiy xizmatchi bo‘lish orzusi bolalikdan yo‘ldosh. Amakisi Shavkat Xoliqovning chorak asr harbiy xizmatchi bo‘lgani va uyga formada keli­shi uning orzusiga sabab bo‘ldi. Baxtiyorjon G‘uzor tumanidagi o‘rta maktabni bitirib, yigitlik burchini IIV Qorovul qo‘shinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qismda o‘tadi. Uning o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati va qiziqishini sezgan harbiy qism rahbariyati muddatli harbiy xiz

07 Mar 20:13
 
38
0
xs.uz

Toyloqlik mirishkorlar koʻchatchilik orqasidan yiliga 200 million soʻm daromad olmoqda

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Toyloq tumanidagi Talliota mahallasining drayveri asosan koʻchatchilik boʻlib, aholi tomorqachilikdan daromad olishadi. Ushbu mahallada 'Bir mahalla, bir mahsulot' tamoyili yoʻlga qoʻyilgan.Xususan, talliotalik Saidamirxon Oqilov, Saidakbar Ahrorovlar koʻchatchilikning hadisini olgan mirishkor dehqonlardan. Ular 20-yildan buyon koʻchatchilik bilan shugʻullanishadi. Mehnati ortidan bir yilda 150-200 million soʻm daromad oladi.Ayni kunda Saidamirxon Oqi

11 Apr 14:02
 
27
0
xs.uz

Surxondaryoda sayyohlikning yangi mavsumi boshlandi

Yarmarkada vohada faoliyat yuritayotgan turoperator va turagentlar, mehmonxonalar, xostel va oilaviy mehmon uylari, sanatoriylar vakillari hamda korxona va tashkilotlar kasaba uyushmalarining boshlangʻich tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, Tojikiston Respublikasidan tashrif buyurgan delegatsiya ishtirok etdi.Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Surxondaryo viloyati Turizm boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Dilmurod Hafizov yarmarka mohiyati xususida alohida toʻxtaldi:' Viloyatimi

11 Apr 14:01
 
20
0
xs.uz

Xitoyning CNNC kompaniyasi bilan hamkorlikda uran ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda

Temur Eshboyev/'Xalq soʻzi'. Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib, soʻnggi yillarda har ikki tomon manfaatlariga xizmat qiluvchi togʻ-kon sanoati va geologiya-qidiruv sohasida ham yangi-yangi istiqbolli loyihalar amalga oshirilmoqda.Xususan, 'Navoiyuran' davlat korxonasi va Xitoyning Milliy yadro korporatsiyasi bilan yoʻlga qoʻygan oʻzaro hamkorlik aloqalari mamlakatimizda uran sanoati rivojida yana bir muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.Xitoyn