calendar 06 Dec 10:10
eye 14
comments 0
comments Manba: daryo

Qashqadaryoda hokim o‘rinbosari va XTB boshlig‘i o‘quvchilarga rasmga tushish uchun sovg‘a berib, keyin qaytarib olgani aytilgan xabarga munosabat bildirildi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va XTB boshlig‘i To‘lqin Karimov suratga tushish uchun sovg‘a berib, keyin qaytarib olgani aytilgan xabarlar tarqaldi. Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi mazkur holatga munosabat bildirib, sovg‘alar qonuniy tartib asosida maktab balansiga kirim qilinganini ma’lum qildi.

Foto: Telegram / Umid Karimov

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Shahrisabz shahridagi Madaniyat saroyida umumta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida 5 ta muhim tashabbusni amalga oshirish bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligi tomonidan o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov, festival va sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash tadbiri o‘tkazilgan. Taqdirlashdan so‘ng o‘quvchilardan musiqa asboblari olib qo‘yilib, faqat diplomni o‘zlarida qoldirishgan.

Foto: Telegram / Umid Karimov

Viloyat XTBning ma’lum qilishicha, tantanali ravishda tadbirda o‘quvchilarga berilgan musiqa jihozlari tegishli nizom talablari asosida topshirilgan.

Qayd etilishicha, tantanali topshirilgan musiqa asboblari o‘rnatilgan qonuniy tartib asosida maktab balansiga kirim qilingan bo‘lib, undan barcha umumta’lim maktab o‘quvchilari foydalanib kelmoqda.

“Anglashimiz lozimki, Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev va Xalq ta’limi boshqarma boshlig‘i To‘lqin Karimovlar suratga tushish uchun musiqa asboblari yoki sovg‘alarni berib, so‘ngra uni qaytarib olgan mazmunidagi murojaat haqiqatga yaqin emasligini ma’lum qilamiz”, — deyiladi munosabatda.

Foto: Telegram / Umid Karimov

Qashqadaryo viloyati Xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Javohir Rustamovning Nasafnews nashriga ma’lum qilishicha, ushbu sovg‘alar shaxsan o‘quvchining qo‘liga topshirilishi kerakligi tanlov nizomida ko‘rsatilmagan.

Avvalroq Qashqadaryoda dars soatlarini sotishga uringan maktab direktori ishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangani, Qashqadaryoda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor ishdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Feb 17:12
 
32
0
xs.uz

Eng koʻp kartoshka Samarqand viloyatida yetishtiriladi

Kartoshka yetishtirishda umumiy hajmda eng yuqori ulush Samarqand viloyati (20,3 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan.Shuningdek, Andijon (12,2 %), Toshkent (10,8 %) va Fargʻona (10,4 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatgichlari qayd etilgan.

12 Feb 17:12
 
28
0
xs.uz

Eng koʻp kartoshka Samarqand viloyatida yetishtiriladi

Kartoshka yetishtirishda umumiy hajmda eng yuqori ulush Samarqand viloyati (20,3 foiz) hissasiga toʻgʻri kelgan.Shuningdek, Andijon (12,2 %), Toshkent (10,8 %) va Fargʻona (10,4 %) viloyatlarida ham kartoshka yetishtirishning yuqori koʻrsatgichlari qayd etilgan.

13 Feb 22:03
 
142
0
xs.uz

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hajmi 426,3 trln soʻmni tashkil etgan

Bu koʻrsatkich 2022-yil bilan solishtirilganda 4,1 % ga oshgan.2023-yilda yetishtirilgan dehqonchilik mahsulotlari hajmi:' Don mahsulotlari ' 8,4 mln tonna;' Kartoshka ' 3,6 mln tonna;' Sabzavotlar ' 11,6 mln tonna;' Poliz ekinlari ' 2,4 mln tonna;' Meva va rezavorlar ' 3,1 mln tonna;' Uzum ' 1,7 mln tonna.

07 Mar 20:13
 
24
0
xs.uz

Lavanda oʻsimligini Xatirchida yetishtirish va qayta ishlash loyihalari muhokama qilindi

Unda lavanda oʻsimligining Xatirchi tumanidagi boʻsh turgan yer maydonlarini oʻzlashtirgan holda innovatsion usulda yetishtirish va qayta ishlash boʻyicha loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, ishtirokchilarga tuman iqlim sharoitiga mos boʻlgan anjir, naʼmatak kabi dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va undan yuqori daromad olish boʻyicha maʼlumot berildi.' Lavanda parfyumeriya sanoati uchun qimmatli xom ashyo sanalib, tarkibi 1,2 ' 2,3 foizga qadar efir moyiga ega boʻlgan butasimon o