calendar 06 Dec 09:20
eye 12
comments 0
comments Manba: zamin

Bag'dodning Gulistonidagi ko'p qavatli uylar sifatsiz qurilganmi?

image
Foto: Xalq so'zi
Shu kunlarda Farg'ona viloyati Bag'dod tumanidagi Guliston mahallasida bunyod etilgan ko'p qavatli uylarning poydevor qismi va devorlarida yoriqlar paydo bo'lgani uchun baʻzi uylar buzilayotgani haqida turli xabarlar tarqaldi.

Bugun hamyurtlarimiz o'rtasida qizg'in muhokama va turli munosabatlarga sabab bo'layotgan ushbu xabarga aniqlik kiritish maqsadida Farg'ona viloyatida faoliyat ko'rsatayotgan mahalliy va respublika OAV vakillari, blogerlar ishtirokida zamonaviy shaharcha bo'ylab press-tur tashkil etildi. Unda ishtirok etgan "Xalq so'zi" muxbiri tumandagi 4 ta sektor rahbarlari, tegishli mutasaddi idoralar masʻullari hamda yangi uy sohiblari bilan suhbatlashdi.

— Atigi olti oyda markazdan olisda joylashgan bitta mahallada 61 ta — 1 ming 250 xonadonli ko'p qavatli uylar qurilib, foydalanishga topshirilgani aslida davlatimizning yuksak iqtisodiy salohiyati va qudratidan dalolatdir, — deydi Bag'dod tumani hokimi Vosiljon Nazarov. — "Mahallabay" o'rganishlar jarayonida tumanda eng og'ir muammo — uy-joy masalasi ekanligi aniqlangach, mazkur tashabbus ilgari surildi. Boisi tumanda 3 mingta oila ikki va undan ortiq kelini bilan yashayotgani uchun har oyda o'rtacha 350-400 ta oila uy-joy taʻminoti masalasida yordam so'rab murojaat qilar edi.

Bu uylarning 48 tasi 29 nafar xususiy tadbirkorning mablag'i hisobiga qurib bitkazildi. Bugun mamlakatimizda "Bag'dod tajribasi" sifatida eʻtirof etilayotgan mazkur qurilish jarayonida hududda megapolis shaharlarga xos zamonaviy infratuzilma yaratildi. Hozirgi kunda shaharchaga 900 ga yaqin oilalar ko'chib kelib istiqomat qilmoqda.

Farg'ona viloyati qurilish sohasida nazorat inspektsiyasi boshlig'i Saidjon Zokirovning maʻlum qilishicha, loyihadan tortib, barcha jarayonlar 22 nafar inspektor, texnik bo'lim, sifat laboratoriyasi mutaxassislari nazoratida bo'ldi. Shuning uchun ham shaharchadagi birorta ko'p qavatli uyda poydevor qismi va devorlarida yoriqlar kuzatilgani yo'q. O'z-o'zidan uylarning buzilayotgani haqidagi xabarlar ham yolg'on.

Manzura Homidova ushbu mahallaning Bunyodkor ko'chasi, 7-uy, 4-xonadonda yashaydi.

— Ikki xonali uyda turmush o'rtog'im, ikki farzandimiz bilan zamonaviy sharoitda yashayapmiz. Uy sifati bilan bog'liq muammo yo'q. Agar kim shunday xabar tarqatgan bo'lsa, biznikiga mehmonga kelsin. O'z ko'zlari bilan ko'rishsin va havas qilishsin, — deydi M. Homidova.

— Ko'p yillardan buyon ko'zim yaxshi ko'rmagani uchun qiynalaman, - deydi Bunyodkor ko'chasi, 15-uy, 3-xonadon egasi Xudoybergan Ismoiddinov. — Gapning ochig'i, bunday ahvolda ro'zg'ordan orttirib, yigirma yilda ham uch xonali bu kabi shinam uyni sotib ololmas edim. Keyin uyning sifatida bo'yicha ham hyech qanday eʻtiroz bo'lishi mumkin emas. Doimiy shifokor nazoratida ekanligimni inobatga olib, tuman hokimligi uyning boshlang'ich badalini to'lab berdi. Turmush o'rtog'im hududdagi xususiy korxonaga ishga joylashdi. O'tgan qisqa fursatda uyli, muqim daromadli bo'lib, oilamizning ahvoli butkul o'zgardi.

Guliston mahallasida bugun chin maʻnoda obodlik, farovonlik hukm surmoqda Ijtimoiy tarmoqlarda anonim tarzda baʻzi uydirmalarni tarqatayotganlarga xulosa o'rnida bir gapni aytish mumkin: pana-pastqamda yashirinib, tosh otish o'rniga, keling, bu yerdagi yangilanish va o'zgarishlar zora mudrab yotgan vijdoningizni uyg'otib borsa...

Botir Madiyorov



Doʻstlaringiz bilan ulashing

31 Jan 09:54
 
40
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda qizni turmushga chiqishga undab, bosim qilgan yigit qamaldi

Avvalroq Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida erta unashtirilgan qizga yigit tomonidan turli bosimlar o‘tkazilgani, Bolalar ombudsmaniga undan murojaat kelib tushgani va holat o‘rganilib, qizga himoya ordepi berilganini xabar qilgan edik. Ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yanvar kuni qiz Bolalar ombudsmaniga takroran murojaat qilib, himoya orderi berilgan bo‘lsa-da, O.B (yigit) unga tazyiq va ruhiy bosim qilishda davom etayotganini bayon etgan.  Holat  yuzasidan o‘rganishla

09 Feb 12:56
 
33
0
xs.uz

Bolalar ombudsmani qator majburiyat va vakolatlarga ega boʻlmoqda

Senatning elliginchi yalpi majlisida senatorlar 'Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani) toʻgʻrisida'gi Qonunni koʻrib chiqdilar.Hujjat bilan Bola huquqlari boʻyicha vakil faoliyatining qonuniylik, mustaqillik, adolatlilik, insonparvarlik, kamsitishga yoʻl qoʻymaslik, xolislik, ochiqlik va bola huquqlarining ustuvorligi kabi asosiy prinsiplari belgilanmoqda.Bola huquqlari boʻyicha vakil lavozimiga saylanish kuni yigirma besh yoshga t

05 Feb 09:23
 
50
0
qalampir.uz

Rasman: maktab o‘quvchilariga ikkinchi chet tili o‘qitiladi

Endi O‘zbekistonda o‘quvchilar rus va ingliz tili bilan bir qatorda koreys, xitoy, yapon tillarini ham o‘rganishi mumkin. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini xorijiy til va zamonaviy kasblarga o‘qitish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’

01 Feb 21:41
 
63
0
xs.uz

Mahalla ahli maktabda sport zal qurilishiga koʻmaklashdi

320 nafar oʻquvchi taʼlim-tarbiya oladigan mazkur maktab 2013-yilda qurilgan boʻlib, sport zal yoʻq edi. Bu borada mahalla ahli 'Ochiq byudjet'ning 2023-yil 1-mavsumida ishtirok etib, gʻolib boʻlishgan edi. Ajratilgan 1 milliard 200 million soʻm mablagʻ evaziga maktab oʻquvchilari zamonaviy sport zaliga ega boʻlishdi.Hozirgi kunda Samarqand shahrining Qorasuv maskanida 82-maktab binosi qurilmoqda. Ushbu maktab kelgusi oʻquv yilidan toʻliq ishga tushishi koʻzda tutilgan.' Bu yil vilo