calendar 06 Dec 07:21
eye 15
comments 0
comments Manba: xs

Hokim yordamchisi lavozimida oliy maʼlumotga ega boʻlmaganlar ham ishlashi mumkin

image

“Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–29-son, 03.12.2021-y.) qabul qilindi.

Farmonga koʻra, 2022-yil 1-yanvardan har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha tuman (shahar) hokimining yordamchisi lavozimi taʼsis etiladi.

Mazkur lavozimga:

— Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, Moliya, Bandlik va mehnat munosabatlari, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari, Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklari, iqtisodiy va investitsiya komplekslariga kiruvchi boshqa idoralar, ularning hududiy boʻlinmalarida boʻlim (shuʼba) boshligʻidan past boʻlmagan lavozimda ishlovchi rahbar xodimlar, shuningdek, mahalliy hokimliklarning rahbar xodimlari tayinlanadi;

— nomzodlar ochiq tanlovlar asosida ishga qabul qilinadi;

— tadbirkorlar, boshqa soha vakillari, faol yoshlar, rahbarlik lavozimida faoliyat yuritmayotgan xodimlar va oliy maʼlumotga ega boʻlmagan fuqarolar ham ishga qabul qilinishi mumkin.

Farmon bilan quyidagilar tashkil etildi:

— Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hamda uning hududiy boshqarmalari;

— tuman (shahar) hokimliklari tarkibida yuridik shaxs tashkil etmagan holda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish markazlari.

Agentlik direktori Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi.

Farmonga koʻra, “Yangi Oʻzbekiston islohotchisi” koʻkrak nishoni taʼsis etildi.

Ushbu koʻkrak nishoni bilan hokim yordamchisi lavozimiga tayinlangan hamda ular faoliyatini samarali tashkil etishga jalb qilingan shaxslar taqdirlanadi.

Farmon bilan shuningdek, Hokim yordamchilari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

02 Feb 14:51
 
37
0
qalampir.uz

Surxondaryoda bolalarning toshloq yo‘l va qiyalikdan maktabga qatnayotgani aytildi (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida bolalarning maktabga toshli, qiyalik yo‘ldan qatnayotgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur holatga o‘z munosabatini bildirdi. Qayd etilishicha, "Karsh" mahallasi Sariosiyo tumani markazidan qariyb 70 kilometr uzoqlikda, tog‘li hududda joylashgan. 91 ta xonadonda 487 nafar fuqaro yashaydi. Mahalladagi 80 o‘rinli maktab 2018 yilda qurilgan va hozirda barcha zarur sharoitlar bilan ta’minlangan.

06 Feb 21:30
 
50
0
qalampir.uz

Yangi Angren IES ham ekologiyaga zarar keltirgani uchun jarimaga tortildi

Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasi joylashgan hudud mutaxassislar tomonidan tekshirildi va atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli moddalar belgilangan me’yorlarga nisbatan yuqori ekani aniqlandi. IES esa 1 mlrd 3 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi. IES hududida viloyat Ekologiya boshqarmasi mutaxassislari tomonidan tekshirish ishlari olib borilganda chang gaz tozalash uskunalari (filtrlari) samara

01 Feb 21:41
 
48
0
xs.uz

Tadbirkorlik subyektlari taqdim etadigan hisobot va statistik maʼlumotlar soddalashtiriladi

Mazkur hujjatlar mazmun-mohiyati yuzasidan Biznes-Ombudsman Namangan viloyati vakillari tomonidan ham keng miqyosdagi targʻibot tadbirlari amalga oshirilayotir. Keyingi kunlarda oʻndan ortiq shahar va tumanlarda yuqoridagi Farmon va qaror, shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan suhbatlar tashkil etilib, ularda 200 dan ortiq tadbirkorlik subyektlari mutasaddilari ishtirok etdilar.' Biznesning muvaffaqiyatida uning davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanishi, xususan, soliq, bojxona xizma

08 Feb 05:01
 
35
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Belarus: oliy va professional taʼlim hamda ilmiy sohadagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi

Delegatsiyani oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov qabul qildi.Uchrashuv davomida tomonlar oliy taʼlim sifatini oshirish, yuqori texnologik ishlab chiqarishga asoslangan zamonaviy mehnat bozori talablariga javob beruvchi kadrlarni hamkorlikda tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipov soʻnggi yillardagi islohotlar natijasida yurtimizda 100 ta yangi oliy taʼlim muassasalari tashkil etilganini, xususan koʻplab