calendar 06 Dec 07:10
eye 16
comments 0
comments Manba: daryo

Meksika sohillari yaqinida 1,6 tonna kokain olib ketayotgan qayiqlar qo‘lga olindi

image

Tinch okeanining Meksika sohillari yaqinida harbiylar katta partiyada kokain olib ketayotgan ikkita qayiqni tutib oldi. Bu haqda Meksika harbiy-dengiz kuchlari vazirligiga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Inbusiness

Qayiqlarni tekshirish chog‘ida jami 1,6 tonna kokain topilgan. Giyohvand moddalarni tashishda ishtirok etayotgan 7 nafar Meksika fuqarosi qo‘lga olinib, prokurorlarga topshirilgan. Tez orada ularga nisbatan ayblov e’lon qilinishi kutilmoqda, deyiladi xabarda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kokain tashuvini meksikalik narkokartellardan biri tashkillashtirgan.

Avvalroq Kolumbiyada qiymati 300 million dollardan ortiq bo‘lgan 10 tonna kokain musodara qilingandi. Bu yil boshidan buyon qo‘lga olingan eng yirik partiya, uning qiymati 300 million dollardan ko‘proqqa baholangan. Bundan tashqari, giyohvandlikka qarshi o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikkita narkolaboratoriyaning faoliyati tugatilgan.

Oktabr oxirida  Dark HunTor maxsus operatsiyasi davomida AQSh va Yevropada noqonuniy qurol va giyohvand moddalar sotuvchi 150 ga yaqin kishi hibsga olingandi. Shunigdek, naqd pul va kriptovalyuta shaklidagi 30 million dollardan ortiq mablag‘ va 230 kilogramm narkotik musodara qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
33
0
xs.uz

AQSH oʻzining eng muhim ittifoqchisi bilan yadroviy kelishuvni buzishda gumon qilinmoqda

Avstraliya Qoʻshma Shtatlar AUKUS harbiy-siyosiy alyansi doirasida yadroviy suv osti kemalarini yetkazib berish jadvalini buzishi mumkinligidan xavotirda, deb yozmoqda 'Bloomberg'.Shunday qilib, 2025-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari 'Virjinia' sinfidagi bitta suv osti kemasini ishlab chiqarmoqchi, holbuki ikkita boʻlishi taxmin qilingan edi. Bu holat Vashingtonning Kanberra oldidagi beshtagacha yadroviy suv osti kemasini sotish majburiyatlarini bajarish qobiliyatini shubha ostiga qoʻyadi, deb

11 Apr 14:01
 
18
0
xs.uz

Orskdagi suv toshqiniga qarshi kurashishga harbiylar ham jalb etildi

Rossiyaning Orenburg viloyati gubernatori Denis Paslerning iltimosiga koʻra, harbiylar Orskdagi suv toshqiniga qarshi kurashda yordamga jalb qilindi.'Yasnenskiy raketa konstruksiyasining harbiy muhandislari suv toshqinlariga qarshi kurashda yordam berish uchun Orsk shahriga yetib kelishdi. Harbiy xizmatchilar Orsk shahri yaqinidagi shikastlangan toʻgʻonga ichimlik suvi va tuproq tashiydi, shuningdek, mahalliy aholini xavfsiz joyga evakuatsiya qilishda ishtirok etadi', ' deyiladi xabarda.Favqu

07 Mar 20:13
 
33
0
xs.uz

Armanistonning Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnomadan chiqishi rad etildi

Armaniston Bosh shtabi rahbari Edvard Asryan respublikaning Kollektiv xavfsizlik toʻgʻrisidagi shartnoma (KXTSH) chiqishini rad etdi.Matbuot anjumani davomida jurnalistlar Bosh shtab rahbariga mamlakatning ushbu shartnomadan chiqishi oqibatlari haqida savol berishdi.'Biz hali KXTSHni tark etganimiz yoʻq, savolingizning davomi sirni oʻz ichiga oladi', dedi general oʻz javobida. Uning qoʻshimcha qilishicha, Armanistonga Rossiya qurollarini yetkazib berilishi davom etishi masalasi ham davlat

07 Mar 20:08
 
33
0
qalampir.uz

Husiylar zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Kecha, 6 mart kuni Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan kemaga qarshi ballistik raketa zarbasi oqibatida Adan ko‘rfazida tijorat kemasidagi uch ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.  “Zarbalar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar tomonidan amalga oshirilmoqda va bu hujum noyabr oyi o‘rtalarida xalqaro yuk tashish yo‘llariga hujumlar boshlanganidan beri birinchi marta odamlarning o‘l