calendar 06 Dec 06:52
eye 22
comments 0
comments Manba: zarnews

"Bulung'ur hayoti" gazetasi ilk soni chop etilganiga 90 yil bo'ldi

image

Bulung'ur tumani "Bulung'ur hayoti" gazetasining 90 yilligi munosabati bilan tuman hokimligida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir tashkil etildi.

Dastlab tadbirga taklif etilgan tuman va shahar gazetalari muharrirlari, viloyat, respublika OAVlari muxbirlari fotojurnalist Rabbim Hotamovning foto ko'rgazmasini tomosha qildi.

Tadbirga O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi raisi Olimjon O'sarov, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o'rinbosari Nodir Jonuzoq, senator Farmon Toshev ishtirok etib, gazeta tarixi hamda u bilan bog'liq qiziq voqealarni esga oldi. Gazetaga mehrini bergan va uni chop etilishida katta hissa qo'shgan ustoz jurnalistlar yod etildi. 

- Ilk maqolam "Bulung'ur hayoti" gazetasida chop etilganida men maktab o'quvchisi edim, - deya esladi O.O'sarov. – Maqorlamni birinchi bo'lib maktabimiz direktori o'qib, meni xonasiga chaqirgandi. Ming xayolda xonasiga kirganimda gazetani qo'limga tutqazib, "Baralkalla!", degandi. O'zimda yo'q xursandchilik bilan gazetani mahkam tutib uyga yugurganman. Shundan buyon gazetaga mehrim bo'lakcha. Albatta, keyingi paytda tuman hokimligi tomonidan mazkur gazetaga  qaratilayotgan eʻtibor va berilatgan imkoniyatlari tahsinga loyiq. Tahririyat uchun alohida bino qurib berilishi, xodimlarga yetarli sharoit yaratilishining o'ziyoq gazetaning umri boqiyligidan darak.

Tadbir davomida gazetada faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar, jamoatchi muxbirlar tuman hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi. Shuningdek, O'zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda Yozuvchilar uyushmasining tashakkurnomalari, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, uyushmaning viloyat bo'limi, tahririyatlarning sovg'alari berildi.

Tadbir yakunida tuman hokimligi va tahririyat hamkorligida chop etilgan "Vatan ichra Vatan" nomli bulung'urlik ijodkorlarning bayozi kitobi taqdimoti o'tkazildi.

Husan Eltoyev.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
20
0
postda.uz

AYOLLARNING BAXTI – XALQIMIZ, JAMIYATIMIZNING BAXTIDIR

Ma’naviyat va ma’rifat darsiO‘zbek ayollari o‘zining matonati, sabr-toqati, metin irodasi-yu mislsiz jasorati bilan hamisha mavqeyini sarbaland ushlagan. Mamlakatimiz xotin-qizlari tarixning turli davrlarida, suronli yillarida, har xil qiyinchilik va jang-u jadallarda ham matonat va jasorat namunasini ko‘rsatgan. Bunga moziy ham guvoh. Masalan, olis tarix sahifalaridan joy olgan massagetlar malikasi To‘maris miloddan avvalgi 529-yilda Ahamoniylar podshohi Kir II ni jang maydonida yen

07 Mar 20:09
 
22
0
qalampir.uz

Kirkorov “qora ro‘yxat”ga tushdi

Avstraliya hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor e’lon qilib, sanksiya qo‘llanilgan Rossiya fuqarolari va tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.  Unga ko‘ra, 55 nafar Rossiya fuqarosi va 37 tashkilotga kiritilgan ro‘yxat tarkibida Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasi deputatlari, Rossiyaning bir qancha viloyatlari rahbarlari, san’atkorlar, muassasa va idoralar rahbarlari o‘rin olgan. Qayd etilis

07 Mar 20:07
 
27
0
postda.uz

ODAMIYLIK SABOG‘I

Abdulla chindan ham tirish­qoq, samimiy yigit edi. Uning shuhratparast bo‘lib qolishiga, amalga intilishiga maktab payti orttirgan ruhiy jarohati sabab bo‘ladi. Otasi amal otidan tush­gandan so‘ng o‘qituvchilarning muomalasi o‘zgarishi, ayniqsa, otasining do‘sti Husan amakining ikkiyuzlamachiliklari Abdullani butunlay o‘zgartirib yuboradi. U bu dunyoda eng zo‘ri bo‘lsanggina seni hurmat qilishadi, senga tavallo etishadi, degan fikrga borgandi. Asar qahramonining Gul

09 Feb 05:00
 
33
0
xs.uz

Bebaho durlar

Soʻzlar izohi ' Alisher Navoiy tilining eng murakkab va qiziqarli sohasi. Buyuk shoir ijodining bu qirrasini ochib berish uchun olimlarimizning koʻpgina ilmiy tadqiqotlari, risolalari eʼlon qilindi. Hali-hamon oʻrganilishda davom etmoqda.Hazrat Navoiy tilidagi soʻzlar izohida bir hodisa bizning ham eʼtiborimizni oʻziga jalb etdi. U ham boʻlsa, bir xil shakldagi soʻzlarning zid maʼnolarda qoʻllanilishi. Fikrimizni toʻlaroq tushuntirish uchun misollarga murojaat qilsak:Ey, husnungga za