calendar 06 Dec 03:40
eye 13
comments 0
comments Manba: sof

Toshkentda 27 yoshli yigit totalizator sabab o'zini osib qo'ygani haqidagi xabarlar yuzasidan rasmiy maʻlumot berildi

image

Ijtimoiy tarmoqlarda yana bir yigit totalizator o'yinlar sabab o'z joniga qasd qilgani haqida xabar tarqaldi. Unda Amudaryo tumanida istiqomat qilgan 27 yoshli yigit Toshkentda sheriklari bilan suvoqchilik qilib ishlab topgan 20 million so'mni (sheriklarining ulushini ham) qimorga tikib yuborgani, shundan so'ng yigit o'zini osib joniga qasd qilgani aytilgan. Bu haqda «Daryo» maʻlumot berdi.

Unga ko'ra, Qoraqalpog'istonning Amudaryo tumanida tug'ilgan yigit Sh.Q.ning murdasi 2021 yil 24 avgust kuni soat taxminan 07:15 larda Yunusobod tumani, «Hasanboy» MFYdagi uylarning birida haqiqatan ham daraxtga osilgan holda topilgan. Ammo u tarqalgan xabarda aytilganidek, 27 yosh emas, 21 yosh bo'lgan. Yigit qimor o'yinlariga qiziqmagan, biron bir shaxsdan qarzi bo'lmagan, uning o'limiga qimor o'yini sabab bo'lmagan.

Tergovga qadar tekshirish davomida aniqlanishicha, Sh.Q. Toshkentga 23 avgust kuni ikki o'rtog'i bilan ish qidirib kelgan, ammo taklif qilingan ish unga yoqmagan va shu kuni «Hasanboy» MFYda turadigan qarindoshining uyida tunab qolgan.

Marhumning yaqin qarindoshlari so'ziga ko'ra, u o'limidan to'rt kun oldin Qoraqalpog'istonda yashovchi ota-onasining oldiga Toshkent Axborot texnologiyalar universitetiga o'qishga kirgani sababli borgan, biroq otasi uning o'qishiga qarshi bo'lib, undan mehnat qilib pul topishni talab qilgan. Shu sabab ota-onasi o'rtasida o'zaro janjal chiqqan. Otasi unga mehnat qilib pul topmasa undan voz kechib yuborishini aytgani tufayli yigit tushkunlikka tushib, Toshkentga qaytib kelgan.

Sud tibbiyot ekspertizasining 24 avgustdagi xulosasiga ko'ra, Sh.Q.ning o'limi bo'yin aʻzolarining sirtmoq bilan siqilishidan kelib chiqqan mexanik asfiksiya, o'tkir nafas, yurak, qon-tomir yetishmovchiligi, bosh miya va o'pka shishi, ichki aʻzolar to'laqonligi fonida taloqning kamqonligi oqibatida yuzaga kelgani, qonidan 1,3 promilli etil spirti topilgani aniqlangan.

Holat yuzasidan Yunusobod tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari o'tkazilib, yakuniga ko'ra, 30 avgust kuni Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:13
 
38
0
xs.uz

Surxondaryoda tadbirkorlik uchun 5241 ta yer uchastkasi savdoga chiqarildi

Rivojlangan mamlakatlarda yer eng yaxshi mulk va biznes asosi. Soʻnggi yillarda yurtimizda ham bu sohada shaffoflik va raqobat taʼminlangani natijasida yer bozor aktiviga aylanmoqda.Surxondaryo viloyati boʻyicha tadbirkorlik uchun 5241 ta yer uchastkasi E-auksion platformasida savdoga chiqarildi. Xususan, Termiz shahrida 37 ta, Angor tumanida 200 ta, Bandixon tumanida 281 ta, Boysun tumanida 338 ta, Muzrabot tumanida 374 ta, Oltinsoy tumanida 149 ta, Denov tumanida 463 ta, Jarqoʻrgʻon tuman

11 Apr 14:01
 
25
0
xs.uz

Oʻzbekistonda ilk bor Osiyo – Tinch okeani mintaqasidagi savdoni soddalashtirish boʻyicha nufuzli anjuman oʻtkazilyapti

Abdulaziz Yoʻldoshev/'Xalq soʻzi'. Samarqandda Oʻzbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Osiyo taraqqiyot banki (OTB) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Osiyo va Tinch okeani boʻyicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESCAP) hamkorligida Osiyo ' Tinch okeani mintaqasida savdoni soddalashtirish masalalariga bagʻishlangan 11-xalqaro forum boʻlib oʻtmoqda.Unda 30 dan ortiq mamlakatdan 250 nafardan ziyod xususiy va davlat kompaniyalarining masʼullari, xalqaro

11 Apr 13:55
 
44
0
postda.uz

SAYYOHLARGA YORDAM KO‘RSATILMOQDA

Qadimiy va ko‘hna Buxoro o‘zining boy tarixi hamda jozibadorligi bilan yurtimizda o‘z o‘rniga ega. Shu bois ham mahalliy va xorijiy sayyohlarning hamisha diqqat markazida.  Tashrif buyurgan mahalliy hamda xorijiy sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish, xavfsiz sayyohlik muhitini yaratish qolaversa, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan tizimli ishlar

14 Mar 07:23
 
38
0
xs.uz

Toshkentda “Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy” sakkizinchi xalqaro anjumani oʻz ishini boshladi

Gidroenergetika sohasida anʼanaviy ravishda oʻtkazilib kelinayotgan 'Gidroenergetika. Markaziy Osiyo va Kaspiy' sakkizinchi xalqaro anjumani va koʻrgazmasi 2024-yilning 13-15-mart kunlari Toshkent shahrida tashkil etilmoqda.Taʼkidlash joizki, ushbu xalqaro koʻlamdagi yirik anjuman gidroenergetika yoʻnalishida mamlakatimizda ikkinchi marotaba tashkil etilmoqda (eslatib oʻtamiz, 2021-yil fevral oyida oʻtkazilgan ushbu nufuzli xalqaro anjumanga (beshinchisi) ham Oʻzbekiston mezbonlik qilga