calendar 06 Dec 03:20
eye 15
comments 0
comments Manba: zamin

Polshada Rossiyaning ekipaji mast holatda bo'lgan yuk kemasi ushlandi

image
Foto: VesselFinder
Polshaning Gdansk port shahri yaqinidagi plyajga qarab suzgan va sayozlikka o'tirib qolishiga bir bahya qolgan Rossiyaga qarashli "Ruslana" yuk kemasi ushlandi. Polsha OAVda taʻkidlanishicha, keyinroq kema ekipaji mast holatda bo'lgani aniqlangan.

Voqea 4 dekabrda mahalliy vaqt bilan soat 4 atrofida yuz bergan. Chegara xizmati xodimi Anjyey Yuzvyakning maʻlum qilishicha, Rossiya savdo kemasi Gdanskdagi shimoliy port tomon belgilangan xavfsiz suv hududidan tashqarida harakatlangan.

Foto: TWITTER/PORTALMORSKI
Yuk kemasi radioaloqa orqali murojaatlarga javob bermagan. Natijada uni to'xtatish uchun chegara xizmati aralashishiga to'g'ri kelgan.

Kema tomon navbatchi patrul yo'l olgan. Chegarachilar kemaga chiqishganda, uning ekipaji mast holatda ekanini aniqlashgan.

Maʻlumotlarga ko'ra, Litvaning Klaypeda shahridan yo'lga chiqqan kema 20 km/soat tezlik bilan harakatlangan. U Sobeshevo orolidagi plyajdan bir kilometr berida ortiga burilib, sayozlikka botishdan qocha olgan.

Hozircha kema ekipaji bu manyovrni sohilbo'yi xizmati ogohlantirishidan keyin yoki oxirgi pallada sohilga urilishini anglab amalga oshirgani nomaʻlumligicha qolmoqda.

Ekipaj sardori qonida 1 promille, ekipajning qolgan 2 aʻzosi qonida esa 1,5 promilledan alkogol borligi aniqlangan. Bu esa ekipaj aʻzolari o'rtacha darajada mast (80 kg vaznga ega erkakka 250 gramm aroq isteʻmol qilish) bo'lganlarini anglatadi.

Taʻkidlanishicha, Gdinya porti xodimlari chegara xizmati bilan hamkorlikda kemani ko'zdan kechirib chiqishgan. Voqea haqida politsiyaga xabar berilgan. Kema Gdansk porti yaqinida langarga qo'yilgan.

Hozircha Rossiya rasmiy shaxslari ushbu hodisa bo'yicha izoh bermagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:08
 
40
0
qalampir.uz

Husiylar zarbasi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi

Kecha, 6 mart kuni Yamandagi husiylar nazorati ostidagi hududdan uchirilgan kemaga qarshi ballistik raketa zarbasi oqibatida Adan ko‘rfazida tijorat kemasidagi uch ekipaj a’zosi halok bo‘ldi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi.  “Zarbalar Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan husiylar tomonidan amalga oshirilmoqda va bu hujum noyabr oyi o‘rtalarida xalqaro yuk tashish yo‘llariga hujumlar boshlanganidan beri birinchi marta odamlarning o‘l

07 Mar 20:07
 
41
0
postda.uz

13-fevral – Butunjahon radio kuni

Fan-texnika rivojlanib, texnologik kashfiyotlar imkoniyati yanada kengayib borayotgan hozirgi davrda radio insoniyat kundalik hayotining bir qismiga aylangan. Radio tinglovchini yangiliklaridan xabardor qilish, kerakli ma'lumotlarni yetkazish orqali dunyoning ko‘p sonli aholisini bir doira atrofida birlashtiradi. Bundan 80 yil avval kashf etilgan radio aloqa vositasi yillar davomida yanada takomillashib bordi. Turli ommaviy axborot vositalari ta'siri ostida ushbu aloqa-axborot vositasi ne

07 Mar 20:07
 
39
0
postda.uz

Кемадаги қул

Ибратли ҳикоятларБир куни подшоҳ денгиз саёҳатига чиқди. Унинг ҳали денгизга чиқиб кўрмаган ва йўл азобини тортмаган бир қули ҳам бор эди. Кема сувга туширилиб, тўлқинлар ичра ҳаракатлана бошлаганида, қулни ваҳима ва қўрқув қамраб олди. Ўз-ўзидан қалтираб, йиғлай бошлади.

07 Mar 20:08
 
48
0
qalampir.uz

Qozog‘istondagi YTHda 8 kishi halok bo‘ldi

Qozog‘istonda Aqto‘be-Astraxan trassasida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda “Kazinform” Aqto‘be viloyati prokuraturasi matbuot xizmatiga tayanib, xabar berdi. Aniqlanishicha, bugun, 6 mart kuni “Aqto‘be-Astraxan” avtomobil yo‘lining 120-kilometrida “Lada Largus” va “Toyota Hilux” avtomobili to‘qnashgan. Voqea joyiga viloyat IIB huzuridagi tergov-tezkor guruhi hamda tuman prokuraturasi xodimlari yetib kelgan.