calendar 05 Dec 23:21
eye 18
comments 0
comments Manba: xs

Metrodagi tirbandliklarning oldini olish maqsadida poyezdlar harakati intervallari qisqartiriladi

image

“Toshkent metropoliteni” DUK rahbari “Toshkent metropoliteni” DUK tarkibiy tuzilmalarining rahbarlari bilan navbatdagi yigʻilishni oʻtkazdi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK axborot xizmati xabar berdi.

Tirbandliklarni oldini olish, yoʻlovchilarga qulaylik yaratish, xizmat koʻrsatish sifatini oshirish, poyezdlar harakati oraliq intervallarini qisqartirish maqsadida, poyezdlar harakati jadvali qayta koʻrib chiqilishi aytildi. Metropoliten barcha yoʻnalishlarda “tigʻiz paytlarda” oraliq intervallarini maksimal darajada qisqartirish va barcha imkoniyatlardan foydalangan xolda qoʻshimcha harakat tarkiblari sonini koʻpaytirishni rejalashtirgan. 

Xususan, metropolitenning asosiy ish faoliyatiga taʼsir qilmagan xolda “Chilonzor” elektrodeposi tasarrufidagi harakat tarkiblari texnik koʻrikdan oʻtkazilib, hafta soʻnggiga qadar aniqlangan nosozliklar va amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tasdiqlovchi foto suratlar ilova qilgan xolda maʼlumot taqdim etiladi.

Joriy yilning soʻnggi 6 oylik davrida qayd etilgan metropoliten harakat tarkiblarining texnik nosozlik tufayli liniyadan chetlatilganligi xolatlari soni, nosozlik sabablari, nosozlik qayd etilgan uskuna yoki tizimlar toʻgʻrisida tahliliy maʼlumot tayyorlab kiritish ham taʼkidlangan. Yer usti xalqa yoʻli qurilish ishlarining 2-bosqichi № 8-9-10-11- metro bekatilarining qurilish obyektiga qurilish montaj ishlar boʻyicha biriktirilgan ishchi guruhning har bir maʼsul xodimi tomonidan qurilish holatini puxta oʻrganib, hafta davomida aniqlangan va avval koʻrsatilgan lekin bartaraf etilmagan kamchiliklar boʻyicha maʼlumotlar, tasdiqlovchi foto suratlari ilova qilingan xolda sharxlari bilan tayyorlab taqdim etiladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
22
0
qalampir.uz

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqina Ramazon hayiti bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.  “Avvalo, muqaddas dinimiz buyurgan ibodat va amallarni muborak Ramazon oyida chin dildan, ixlos bilan ado etib, bugun hayit ayyomini katta shodu xurramlik bilan kutib olayotgan siz, azizlarni, yurtimizdagi jamiki mo‘min-musulmonlar, butun xalqimizni samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor et

11 Apr 14:01
 
31
0
xs.uz

Jizzax iqtisodiyotini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bu muloqot Ramazon hayiti arafasida oʻtayotganiga urgʻu berib, xalqimizni ushbu ulugʻ ayyom bilan tabrikladi.Barcha hududlardagi kabi Jizzax viloyatida ham katta oʻzgarishlar boʻlayotgani qayd etildi. Soʻnggi yetti yilda viloyatga 5 milliard dollar investitsiya jalb qilinib, 2 ming 500 ta yangi korxona ishga tushgan. Ularda 45 mingta doimiy ish oʻrinlari yaratilgan. Tadbirkorlar soni 2 karra koʻpaygan. Qishloq xoʻjaligidan sanoatga katta sakrash boʻlgan.Lek

11 Apr 14:01
 
31
0
xs.uz

Muborak Ramazon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

Xalqimiz uchun asrlar davomida ezgulik, mehr-oqibat, xayru saxovat, maʼnaviy poklanish ayyomi boʻlib kelayotgan muborak Ramazon oyini bu yil yurtimiz moʻmin-musulmonlari oʻzgacha shukuh va hamjihatlik bilan oʻtkazdilar. Ayniqsa, rahmat va magʻfirat nurlari yogʻiladigan ushbu saodatli kunlarda kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalar, nogironligi boʻlgan shaxslarga moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatilayotgani, barcha hududlarimizda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida ehson dasturx

11 Apr 14:01
 
24
0
xs.uz

Amir Temur haykali poyiga gullar qo‘yildi

Bugun, 9-aprel kuni buyuk sohibqiron Amir Temur tavalludi keng nishonlanmoqda. Toshkent shahridagi Amir Temur xiyobonida buyuk sarkarda haykalining poyiga gul qo'yish marosimi bo'lib o'tdi.Unda turli tashkilot va idoralar, jamoat va madaniyat namoyandalari, o'quvchi-talabalar ishtirok etdi.Foto: Toyirov Abdumutalib / 'Xalq soʻzi'