Oʻzbekistonning pomidor eksportidagi hajmi kamaydi

Oʻzbekiston soʻnggi 10 oy ichida 77,4 ming tonna pomidor eksport qildi. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasi xabar berdi

Shuningdek, Oʻzbekiston 2021-yilning yanvar-oktabr oylarida qiymati 54,2 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 77,4 ming tonna pomidor eksport qilgan. Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 7,2 ming tonnaga kam. 

2021-yilning 10 oyi mobaynida Oʻzbekiston pomidor eksport qilgan asosiy davlatlar:

Rossiya — 39 ming tonna;

Qozogʻiston — 24,2 ming tonna;

Qirgʻiziston — 12,3 ming tonna;

Tojikiston — 2 ming tonna;

Belarus — 53,6 tonna;

AQSH — 20,9 tonna;

Afgʻoniston — 12,0 tonna;

BAA — 9,9 tonna;

Ukraina — 9,1 tonna;

Germaniya — 0,5 tonna.