calendar 05 Dec 18:21
eye 14
comments 0
comments Manba: xs

Oʻzbekistonning ayrim hududlariga 6-dekabr kuni tuman tushishi kutilmoqda

image

“Oʻzgidromet” Oʻzbekistonda 6-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 5–10 daraja iliq boʻladi. 8-dekabrda kechasi 0–5 daraja sovuq, kunduzi 3–8 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, baʼzi joylarda 2 daraja sovuqqacha, kunduzi 10–15 daraja iliq boʻladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari havo oʻzgarib turadi, 6-dekabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.

Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 7–12 daraja iliq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat 6-dekabrda kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 13–18 daraja iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. 6-dekabrda baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 8–13 daraja iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, 6-dekabrda baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Harorat 6-dekabrda kechasi 2 daraja sovuq–3 daraja iliq, kunduzi 2–7 daraja iliq boʻladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:59
 
43
0
qalampir.uz

Suriyadagi jangarilarga qo‘shilgan yana bir o‘zbekistonlik qidiruvga berildi

2012 yilda Rossiya Federatsiyasi orqali Turkiyaga, u yerdan Suriyadagi jangarilar safiga borib qo‘shilgan Jaloliddin Rustamovich Mansurov qidiruvga berildi. Bu haqda bugun, 8 aprel kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lum qildi. Qayd etilishicha, 1989 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan Mansurov 2005 yilda Uchtepa tumanidagi agrar kollejiga o‘qishga qabul qilinadi, biroq, 2007 yilda 2-kursni bitirmay turib o‘qishni tashlab ketadi va bo‘yoqchilik ishlarida otasiga yo

07 Mar 20:11
 
32
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda ketma-ket ikki zilzila bo‘ldi

Bugun, 7 mart kuni O‘zbekiston hududida ketma-ket ikki zilzila kuzatildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi. Mahalliy vaqt bilan 00:33 da zilzila sodir bo‘ldi. Uning epimarkazi Toshkentdan 457 km janubiy-g‘arbda Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida bo‘lgan.  Zilzila koordinatalari: 38,77 gradus shimoliy kenglik; 64,95 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=4,4. Chuqurlik 11 km.  O‘zbekiston Respubli

11 Apr 13:59
 
30
0
qalampir.uz

Ramazon hayitida metro ham bepul bo‘ladi

Ertaga, 10 aprel kuni Ramazon hayiti munosabati bilan Toshkent metropoliteni soat 04:00 dan 10:00 ga qadar yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatadi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK ma’lum qildi. Bildirilishicha, bunday tashabbus hukumat tomonidan bildirilgan.  Eslatib o‘tamiz, kecha, 8 aprel kuni Vazirlar Mahkamasining Ramazon hayiti bayramini osoyishta va yuqori kayfiyatda o‘tkazishga bag‘ishlagan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan va unda Ramazo

11 Apr 13:59
 
34
0
qalampir.uz

Qashqadaryoda zilzila bo‘ldi

Bugun, 10 aprel kuni soat 18:08 da Qashqadaryo viloyatida zilzila qayd etildi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi. Zilzila epimarkazi Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumanida Toshkentdan 462 km janubiy-g‘arbda joylashgan. Zilzila koordinatalari: 38,75 gradus shimoliy kenglik; 64,9 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,8. Chuqurlik 15 km.  O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi: Mirishkor tumanida 3 ball, 9 km. Eslatib o