calendar 05 Dec 18:10
eye 17
comments 0
comments Manba: daryo

Gurbanguli Berdimuhamedov sanoat, qurilish va energetika masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosariga qattiq tanbeh berdi

image

Turkmanistonda 3-dekabr kuni prezident Gurbanguli Berdimuhamedov raisligida hukumat a’zolarining joriy yildagi 11 oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligiga tayanib, “Xronika Turkmenistana” xabar berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Qurilish, sanoat va energetika komplekslari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosari Chorimurat Purchekov “Turkmenhimiya” (Turkmankimyo) davlat konserni va Ashxobod ma’muriyatining (Purchekov poytaxtga mas’ul – “XT”) ishi haqida hisobot berdi.

Purchekov soha yutuqlari haqida ham gapirdi, unga ko‘ra, ishlab chiqarish va qurilish bo‘yicha reja ortig‘i bilan bajarilgan, belgilanganidan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarilgan va eksport qilingan, Ashxobod shahar hokimligi bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini ortig‘i bilan bajargan.

Biroq Turkmaniston rahbari Purchekovning faoliyatidan norozi ekanini bildirdi. Berdimuhamedovning ta’kidlashicha, obyektlar qurilishi juda sust kechmoqda, kelgusi yil uchun qurilish loyihalarini ko‘paytirish rejalashtirilgandi.

Shu munosabat bilan bosh vazir o‘rinbosariga qurilish sohasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish, qurilish materiallari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, ishlab chiqarishga raqamli tizimlarni joriy etish, shuningdek, eng yangi asbob-uskunalar va innovatsion texnologiyalar bilan jihozlangan yuqori samarali qurilish-texnologik kompaniyalar va firmalarni tashkil eta oladigan tadbirkorlar bilan ishlash topshirildi.

Bundan tashqari, Berdimuhamedov bosh vazir o‘rinbosariga “mavjud qiyinchiliklarga qaramay” mamlakat ichida energiya halqasini yaratish va Turkmaniston—Afg‘oniston—Pokiston (TAP) elektr uzatish liniyasini qurish bo‘yicha ishlarni davom ettirishni buyurdi. Turkmaniston davlat axborot agentligi aynan qanday qiyinchiliklar haqida gap ketayotganiga aniqlik kiritmagan. Berdimuhamedov TAP liniyalari o‘tadigan qo‘shni Afg‘onistondagi og‘ir vaziyatga ishora qilgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Xronika Turkmenistana”.

Berdimuhamedov Purchekovning asosiy vazifasi qurilishga sarmoya qiluvchilarni faol qidirish deb atadi.

Xabarga ko‘ra, ma’ruza yakunida Turkmaniston prezidenti bosh vazir o‘rinbosariga “xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmagani, ishda yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun” qattiq tanbeh berdi.

Noyabr oyida Vazirlar Mahkamasining 2021-yildagi o‘n oylik faoliyati yakunlariga bag‘ishlangan majlisda Berdimuhamedov “Turkmankimyo” rahbari va bosh prokurorga faoliyatidagi sustkashliklar uchun qattiq tanbeh bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:13
 
30
0
xs.uz

Turkiya boy yevropalik sayohatchilar uchun muhim sayyohlik manziliga aylandi

Yaxshi tashkil etilgan mehmonxonalari, sifatli xizmati va mehmondoʻstligi bilan Turkiya nafaqat oilaviy dam olish uchun juda mashhur joy, balki soʻnggi investitsiyalar va samarali yangi strategiyalar tufayli badavlat sayohatchilar uchun muhim madaniy manzildir.Ushbu muhim rivojlanishda xususiy sektor har doim muvaffaqiyatli va innovatsion yondashuvga ega boʻldi va odatda aniq rahbarlik qarorlari bilan harakat qiladigan Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi muhim rol oʻynadi.Tajribali turizm

07 Mar 20:08
 
27
0
qalampir.uz

Devid Kemeron Markaziy Osiyoga keladi

Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyoga kelishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u 5 mart kuni parlamentning Lordlar palatasida bo‘lib o‘tgan tinglovda ma’lum qildi. “Biz butun dunyo bo‘ylab ittifoq va sheriklik tarmog‘imizni mustahkamlash tarafdorimiz. Markaziy Osiyo biz yaxshiroq ishlashni istagan tarmoqlardan biridir. Men u yerga borishni rejalashtiryapman. U yerda qaysi soha va korxonalar, ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilishimiz kerakligin

07 Mar 20:08
 
30
0
qalampir.uz

AQSH husiylarning Yamandagi dronlariga zarba berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududida ikkita dronga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi. Qo‘mondonlikning bildirishicha, dronlar mintaqadagi savdo va AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalariga bevosita xavf tug‘diradi. Tafsilotlari oshkor etilmagan hujum kecha, 6 mart kuni kechqurun tashkillashtirilgan. "Ushbu harakatlar navigatsiya erkinligini himoya qilish va AQSH dengiz floti va savdo kemalari uchun xalqaro

07 Mar 20:07
 
43
0
postda.uz

ОЛОВЛИ ЙИЛЛАРНИ ЭСЛАБ

Афғонистон. Ушбу давлат номини эшитган ҳар бир инсон кӯз олдида беихтиёр узоқ йилларга чӯзилган урушлар, унинг оқибатида вайрон бӯлган қишлоқ ва шаҳарлар, тартибсизлик, оч-наҳорликдан қийналаётган аҳоли намоён бӯлади. Дарҳақиқат, бир пайтлари тинч яшаб келаётган юр