calendar 05 Dec 18:10
eye 17
comments 0
comments Manba: daryo

O‘zbekistonda mansabdorlar so‘nggi 4 yilda davlat va jamiyat manfaatlariga qancha zarar yetkazgani ma’lum qilindi

image

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 3-dekabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik muqarrarligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 2018-yilda 556 milliard so‘m, 2019-yilda 1,858 trillion so‘m, 2020-yilda 500,1 milliard so‘m, 2021-yilning 9 oyida 658 milliard so‘m moddiy zarar yetkazilgan. Mazkur qonun loyihasi bilan mansabdor shaxslarga nisbatan choralar kuchaytirilmoqda.

Jumladan, “Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish”, “Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish”, “Hokimiyat harakatsizligi”, “Mansab soxtakorligi” va “Hokimiyatni suiiste’mol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi” jinoyatlar agar “g‘arazgo‘ylik” niyatida sodir etilsa, korrupsiyaviy jinoyat hisoblanishi belgilanib, mazkur harakatlar uchun og‘irroq jazolar belgilangan.

Shuningdek, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan firibgarlik qilish, soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bosh tortish uchun hukm qilingan, biroq yetkazilgan zararni to‘liq qoplamagan shaxslarga va poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatni sodir etgan shaxslarga nisbatan jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish tatbiq qilinmasligi nazarda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Majlis deputatlari pora oldi-berdisi uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi ko‘zda tutilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qilgandi. Qonun loyihasini 107 nafar deputat ma’qullab ovoz bergan, 1 nafari ovoz bermagan, qarshilar va betaraflar yo‘q.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
25
0
postda.uz

Foydali o‘quv mashg‘uloti

Qashqadaryo viloyati IIBda o‘quv-amaliy mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma EKM va shahar-tuman IIB ekspertlari qatnashdi. Ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi va vazirlik Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari tomonidan tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini o‘

07 Mar 20:07
 
45
0
postda.uz

HARBIY QISMGA SAYOHAT

Pop tumanining 3-sektor hududida istiqomat qiluvchi 6817 nafar yosh Ichki ishlar organi masʼul rahbarlariga biriktirilgan bo‘lib, ular bilan bir qator manzilli ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.Pop tumani IIB boshlig‘i, 3-sektor rahbari, podpolkovnik Muzaffar Nu'manov 7-sonli umumtaʼlim maktabi o‘quvchilari bilan harbiy qismga sayohat uyushtirdi. Bundan ko‘zlangan maqsad, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish, ularni har tomonlama rivojlantirish, qatʼi

07 Mar 20:07
 
35
0
postda.uz

TO‘G‘RINING YUZI YORUG‘

Surxondaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi bosh inspektori, kapitan Azamat Suvanov ham ana shunday halollikni shior qilgan xodimlardan. U bir emas, uch marotaba o‘zining xizmat vazifasiga sodiqligini namoyon etib, noqonuniy hujjat tayyorlab berishdan bosh tortdi, tamaga qo‘l urmadi. Birinchi holat 2023-yil­ning dekabrida sodir bo‘ldi. Afg‘oniston fuqarosi D.Sabir (ism-sharifi o‘zgartirildi) qariyb 5 yildan beri ishchi viza asosida oila a

07 Mar 20:13
 
50
0
xs.uz

Poytaxtimizdagi “Oʻzekspomarkaz” milliy koʻrgazmalar majmuida “Qurilish – UzBuild 2024″ xalqaro koʻrgazmasi oʻz ishini boshladi

'Iteca Exhibitions' xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, 'Oʻzsanoatqurilishmateriallari' uyushmasi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan ushbu tadbirda 19 mamlakatdan 450 dan ortiq kompaniya oʻz imkoniyatlarini namoyish etmoqda.Koʻrgazmaning tantanali ochilish marosimida qayd etilganidek, mazkur xalqaro tadbir mahalliy va xorijlik ishlab chiqaruvchilarni bir maqsadga birlashtiradi. Shuningdek, koʻrgazma ularni muloqot qilishga, bi