calendar 05 Dec 17:40
eye 19
comments 0
comments Manba: sof

«Kelajakda vaziyat yana murakkablashadi» — suv xo'jaligi vaziri O'zbekistonga kirib keladigan suv miqdori haqida

image

O'zbekiston hududiga suv kirib kelish miqdori 2050 yilga qadar kamida 5 milliard kubga kamayishi kutilmoqda. Bu haqda Suv xo'jaligi vaziri Shavkat Hamroyev 2 dekabr kuni o'tkazilgan matbuot anjumanida qayd etdi.

«Global isish muammosi O'zbekistonga ham juda katta salbiy taʻsir ko'rsatyapti. Baʻzilar «Muzliklarni tez erishi yaxshi-ku, ko'proq suv kelyapti», — deydi. Muzliklar ko'p erigandan keyin u qayta tiklanadi. Masalan, Orol dengizi qurishidan oldin qor, yomg'irlar ko'p yog'ardi, yaʻni suv suvni tortadi. Lekin muzliklar erigan sari tiklanish jarayoni ham kamayib boradi.

O'zbekiston 80—90 yillarda kurashsiz, janjalsiz 64 milliard kub suv olardi. Ammo global isish natijasida suvlarning kelish oqimi 51-52 milliard kubga kamaydi. Bu miqdor kelajakda ham kamayib boradi. Hisob-kitobimizga ko'ra, yurtimizga suv kelishi 2050 yilgacha yana kamida 5 milliard kubga kamayadi.

Shuningdek, suv omborlari qurilishi, yer o'zlashtirishlar, boshqa sohalarning rivojlanishi sabab yana suv oqimi kamayishi kutilmoqda. Mening taxminlarimga ko'ra, 10 milliard kubga kamayishi mumkin. Vaziyat yana murakkablashadi, biz bunga tayyorgarlikni boshlaganmiz», — dedi Hamroyev.

Hamroyev kelgusida suv kelishining kamayishining oldini olish maqsadida bir qator ishlar qilinayotganini taʻkidladi.

«O'zbekistonga chegara nuqtalaridan kirib kelayotgan suvlarning qishloq xo'jaligi mahsulotlari ekiladigan yerlarga yetib borgunicha 40 foizi yo'qoladi. Bizning kontseptsiyamizdan 40 foizni har yili bir foizdan kamaytirish ham o'rin olgan. Bu vazifani uddalashimiz uchun tirillion-tirillion mablag'lar ajratilyapti. Xususan, suv inshootlarini takomillashtiryapmiz va taʻmirlayapmiz, eng og'ir hududlarda kichik-kichik suv omborlari quryapmiz, kanallar chetini betonlashtiryapmiz, suvni to'g'ri taqsimlaydigan zamonaviy qurilmalar o'rnatyapmiz.

Bundan tashqari, suv samaradorligini oshirish bo'yicha ham olimlar bilan hamkorlikda bir qator ishlar qilinmoqda. Suv tejovchi texnologiyalarni o'rnatish, suvni boshqaradigan xodimlar malakasini oshirish, dunyo tajribasini o'rganishga katta ahamiyat qaratyapmiz. Shu kabi saʻy-harakatlar orqali yuqorida aytilgan 10 milliard kubni 5 milliardga kamaytirishga imkoniyatimiz bor», — dedi suv xo'jaligi vaziri.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Mar 07:23
 
24
0
xs.uz

Xitoy kompaniyasi Oʻzbekiston uraniga qiziqmoqda

Temur Eshboyev/'Xalq soʻzi'. Bugun dunyo sanoati elektr energiyasi ishlab chiqarishning asosiy va anʼanaviy manbasi boʻlgan uglerodlardan bosqichma-bosqich voz kechib, endi ekologik toza, qayta tiklanadigan manbalar va atom energetikasiga talab oshib bormoqda.' Dunyo boʻyicha elektr energiyasiga boʻlgan talabning 11 foizi atom energetikasi hissasiga toʻgʻri keladi, ' deydi 'Navoiyuran' DK boshqarmasi investitsiya loyihalari boʻlimi boshligʻi Rustam Ergashev. ' Bu koʻrsatkich Fransiyada

11 Apr 13:55
 
28
0
postda.uz

KELAJAGIMIZ EGALARI ISHTIROKIDA

Furqat tumanidagi «Turon odob-ilm» nodavlat ta'lim muassasasida tahsil olayotgan o‘quvchilar orasida kelajakda huquq-tartibot organlarida xizmat qilishni maqsad qilgan yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Shu boisdan, navbatdagi amaliy mashg‘ulot tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda, bevosita bo‘lim binosida tashkil etildi. O‘quvchilar dastlab «Vatanparvarlik burchagi» va «Ma'rifat zali»dagi ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so‘ng, tergovchilar t

11 Apr 13:55
 
11
0
postda.uz

Bukilmas iroda, sobit eʼtiqod

1927-yilning 16-sentabrida Samarqand viloyati Jizzax tumanining Ravonliq qishlogʻida oddiy mirob oilasida oʻgʻil farzand dunyoga keldi. Unga otasining murodini ushaltirdi, endi kelgusi orzu-niyatlarini ham roʻyobga chiqarsin degan niyatda Otamurod deya ism qoʻyishdi.Otamurodning oʻsmirlik pallasi qirgʻin-barot urush yillariga toʻgʻri keldi. Ochlikni ham, yupunlikni ham oʻz tanasida sinab koʻrdi. Hamqishloqlari orasida kunjara yeb, shishib oʻlib qolganlar ham boʻldi. Mirobning oʻgʻ

07 Mar 20:07
 
35
0
postda.uz

Tanlovining tuman bosqichi

Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 135-sonli umumta’lim maktabida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allaberganova, tuman IIOFMB boshlig‘i, podpolkovnik Alisher Murodov, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Abdumuxtor Malikov, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Mustafayeva Dilfuza va mas’ul xodimlar is