calendar 05 Dec 17:20
eye 21
comments 0
comments Manba: zamin

Legionerga aylanishni istayotgan G'olib G'aybullayev keyingi yilni qayerda o'tkazishini aytdi

image
Samarqanddagi O'zbekiston Kubogi finali orqali yurtimizda 2021 yilgi futbol mavsumi rasman nihoyasiga yetdi. Chempionatda medalsiz qolib ketgan "Nasaf" klubi o'zi uchun oxirgi imkoniyat bo'lib qolgan O'zbekiston Kubogi finalida yutishga majbur edi.

Amaldagi chempion "Paxtakor" ham yana bir bor Kubokni o'zi bilan olib ketish niyatida kelgani aniq edi. O'yinning borishi shunday kechdiki, ayniqsa, "Nasaf" futbolchisi Oybek Bozorovning maydondan chetlatilishi va bu paytga kelib qarshiliklar 0:1 hisobida yutqazayotgani tufayli ularning maydondagi vazifasi ikki-uch barobarga qiyinlashib ketdi.

Mana shunday og'ir pallada chinakamiga matonat va irodasini ko'rsatgan "Nasaf" futbolchilariga shunchaki qoyil qolsa arziydi. Tanaffusga qadar hisobni tenglashtirishdi. Ikkinchi bo'limda esa "Nasaf" himoyachisi G'olib G'aybullayev burchakdan oshirilgan to'pni boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.

Shu tariqa, "Ajdarlar" o'ta muhim o'yinda o'ta muhim g'alabani qo'lga kiritib Kubokni boshi uzra ko'tardilar. Mazkur uchrashuvda esa ikkinchi gol muallifi bo'lgan G'olib G'aybullayev o'yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. Ushbu isteʻdod egasi finaldagi taassurotlar, urgan goli va yangi rejalari borasida Sports.uz saytiga o'zining qarashlarini gapirdi.

Final haqida
- "Paxtakor" yaxshi jamoa. Bu o'yinni oldindan qiyin bo'lishini bilardik. Ha, maydonda bir kishi kam bo'lib qoldik. Lekin biz bundan oldingi bahslarda ham 10 kishi bo'lib qolgan holda o'ynagandik. Shuning uchun bu safar ham maydonda kamchilik bo'lib qolganimizga qaramay, qo'limizdan kelganicha iroda ko'rsatishga harakat qildik. Bu o'yin bizga Osiyo Chempionlar ligasida ishtirok etishimiz uchun oxirgi imkoniyatimiz ekanini bilardik. Buni hammamiz yaxshi tushungan holda g'alaba qozonishga harakat qildik.

Oybek Bozorovning chetlatilishi to'g'risida
- Albatta, bu jamoamiz uchun katta yo'qotish bo'ldi. Chunki Oybek Bozorov bizning eng kerakli futbolchimiz hisoblanadi. Shunga qaramay, jamoadoshlarim bilan kelishib oldik va uning yo'qligini sezdirmaslik uchun ham qo'limizdan kelganicha kurashdik. Maqsadimiz faqat g'alaba edi va bu yo'lda oxirigacha harakat qildik. Yakun esa biz uchun yaxshi bo'ldi.

Gol urgan vaziyati xususida
- Albatta, bu juda ham yoqimli tuyg'u. Buni so'z bilan ifodalash qiyin deb o'ylayman. Asosiysi, jamoamga foyda keltirganim muhim. "Paxtakor" darvozasiga urgan golim faoliyatimdagi eng muhimi bo'ldi.

Finallardagi mag'lubiyat va oxirgi imkoniyat
- Finallarda yutqazish har doim og'ir bo'ladi. Bu safargisi esa oxirgi imkoniyatimiz edi. Boya aytdim, vaziyatni jamoamizdagi hamma juda yaxshi his qilib turgandi. Bu kabi o'yinlarda hamma o'zini-o'zi tayyorlashi kerak edi. Albatta, murabbiyimiz Ro'ziqul Berdiyevning ham katta yordami bo'ldi. Finalga chiqqanimizdan boshlab jamoamizni ruhiy tomondan tayyorlab keldi. Bosimni esa qo'ldan kelganicha yengib o'tdik, deb o'ylayman.

G'aybullayev "Nasaf"da qoladimi yoki legionerga aylanmoqchimi?
- Keyingi rejalarim aniq. "Nasaf" jamoasi bilan yana bir yillik shartnomam bor. Agar imkoni bo'lsa, chetda legioner bo'lib futbol o'ynashni juda xohlardim. Shu bois xorijda o'zimni sinab ko'rish maqsadim bor. Lekin kelasi yili "Nasaf"da aniq qolaman.

Jamoa Osiyo Chempionlar ligasiga tayyormi?
- Ha, bu yilgi mavsumni tahlil qilsak, jamoa sifatida har bir o'yinchi anchagina o'sishga erishdi deb hisoblayman. To'g'ri, hozir hamma futbolchilarimiz Osiyo Chempionlar ligasiga tayyor. Bizga kerakligi esa bu zaxira. Zaxiramiz kamligi sababli sovrinli o'rinlarni qo'ldan boy berdik deb hisoblasak bo'ladi.

Mavsumning eng yaxshilari kimlar?
- Butun mavsum biz uchun yomon o'tmadi. Har xolda oxirgi imkoniyatimizdan foydalana oldik va Kubokni qo'lga kiritdik. Bu bizga ko'p narsalar beradi, degan umiddaman. Osiyo Chempionlar ligasi saralashida ishtirok etamiz. Qolaversa, bu g'alaba o'zimiz uchun ham kerak edi. Endi eng yaxshilariga kelsak, ochig'i, bu haqida gapirish niyatim yo'q. Buni mutaxassislar hal qilishsin. Men kimnidir ajratib ko'rsatishni xohlamayman.

Shuhratbek Jo'rayev



Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:02
 
28
0
xs.uz

Isroil Madrimovga prezident sovgʻasi – “Chevrolet Tahoe” avtomobil topshirildi

Professional boksda oʻz faoliyatini olib borayotgan bokschimiz Isroil Madrimov oʻtgan hafta super yarim oʻrta vaznda WBA chempionlik kamarini qoʻlga kiritgan edi.Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etilgan boks oqshomida vakilimizga rossiyalik yengilmas bokschi Magomed Qurbonov (25 jang, 25 gʻalaba)ni 5-raundda nokautga uchratgandi.Bugun, bokschimiz Oʻzbekistonga qaytib keldi. Uni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Oʻzbekiston Sport vazirligi, Milliy Olimpiya

07 Mar 20:10
 
67
0
qalampir.uz

Jorjina Parij moda haftaligida noodatiy chiqish qildi

“Al-Nasr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronalduning suyuklisi Jorjina Rodriges Parijdagi moda haftaligida ishtirok etdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi. 30 yoshli Jorjina Vetements kolleksiyasi taqdimotida o‘ziga xos chiqish qilib, barchaning e’tiborini tortdi. Modeler podiumda Ronalduning “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan kezlarida kiygan futbolkasiga ishora qilgan holda qizil libosda ko‘rinish berdi. Ma’lumot uchun, Jo

11 Apr 14:02
 
24
0
xs.uz

Sodiq Safoyev Oʻzbekiston regbi federatsiyasi raisligiga qayta saylandi

Dastavval federatsiya Ijrochi direktori Begzod Ibragimov 2019-2023-yillar davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berdi. Unda 4-yil mobaynida erishilgan yutuqlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar koʻrib chiqildi. Delegatlar hisobotni bir ovozdan maʼqullashdi. Shundan soʻng kun tartibining asosiy masalalariga oʻtildi.Ijroiya qoʻmita tashkilot rahbarligiga 2013-yildan beri federatsiyada rais sifatida faoliyat olib borayotgan va 2017-yil ushbu lavozimga qayta saylangan Oʻzbekiston Re

07 Mar 20:10
 
48
0
qalampir.uz

Mirziyoyev Oksana Chusovitina maktabiga ham bordi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 5 mart kuni Oksana Chusovitina sport mahorati maktabiga bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Sport gimnastikasi bo‘yicha uch karra jahon chempioni, jahon kubogi sohibi Oksana Chusovitina sakkizta Olimpiadada qatnashgan yagona gimnastikachi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 2022 yil 14 martda Gimnastika bo‘yicha Oksana Chusovitina sport mahorati maktabini tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qarori i