calendar 05 Dec 16:10
eye 20
comments 0
comments Manba: daryo

Liga 1. “PSJ” 90+2-daqiqadagi gol evaziga bazo‘r mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

image

Futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 17-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 4-dekabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Parij jamoasi “Lens” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning 62-daqiqasida Seko Fofana mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Hakam tomonidan qo‘shib bergan daqiqalarda esa Jorjinyo Veynaldum muvozanatni tikladi va “PSJ”ning mag‘lubiyatdan qutulib qolishiga sababchi bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin Maurisio Pochettino shogirdlari 42 ochko bilan musobaqaning yaqqol peshqadami bo‘lib turibdi. “Lans” 27 ochko bilan 5-o‘rinni egallagan.

Liga 1

17-tur bahslari

4-dekabr, shanba

“Lens” — “PSJ” 1:1

Gollar: 1:0 – 62 Fofana, 1:1 – 90+2 Veynaldum.

“Lens”: Leka, Kloss, Gradi, Danzo, Medina, Frankovski, Kakuta (Sotoka, 54), Fofana, Dukure, David Koshta (Kayuzak, 80), Kalimuendo (Aydara, 80).

“PSJ”: Navas, Hakimi, Markinyos, Kimpembe, Bernat (Mendesh, 79), Danilu Pereyra (Guye, 70), Verratti, Paredes (Veynaldum, 70), di Mariya, Messi, Ikardi (Mbappe, 70).

Ogohlantirishlar: Medina (47), Verratti (63), Hakimi (90), Gradi (90+4).

“Marsel” — “Brest” 1:2

Gollar: 1:0 – 29 Jerson, 1:1 – 53 Fevr (penalti), 1:2 – 70 Onora.

“Lill” — “Trua” 2:1

Gollar: 0:1 – 6 Dingome, 1:1 – 48 Devid, 2:1 – 85 Jirodon (avtogol).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:14
 
41
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik para pauerliftingchi Ruxshona Oʻktamova jahon va Osiyo rekordini yangiladi

Shu kunlarda Birlashgan Arab Amirliklaring Dubay shahrida para pauerlifting boʻyicha Jahon kubogi boʻlib oʻtmoqda.Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston vakillari ham muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Xususan, bugun Jahon kubogi doirasida yoshlar oʻrtasida boʻlib oʻtgan bellashuvlarda hamyurtimiz Ruxshona Oʻktamova (-55 kg) yakkalikda 102 kg, umumiy hisobda 199 kg ogʻirlikni boʻysundirib, 2 ta oltin medalga sazovor boʻldi. Eʼtiborlisi, Ruxshona ushbu natijasi bilan yoshlar oʻrtasida Os

11 Apr 13:58
 
28
0
qalampir.uz

Pore keyingi jangini Maxachevga qarshi o‘tkazadi

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni, amerikalik Dastin Porening keyingi raqibi 70 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifada amaldagi UFC chempioni rossiyalik Islom Maxachev bo‘ladi. Bu haqda Porening o‘zi X sahifasida ma’lum qildi. “Keyingi raqibim Islom Maxachev. Cho‘qqiga chiqish vaqti keldi”, deb yozdi Dastin. Qayd etish joiz, Dastin Pore so‘nggi bor 2021 yil dekabr oyida UFC 269 musobaqasida yengil vazn toifasida tashkilot chempionligi uchun jang qilgan. O

07 Mar 20:07
 
44
0
postda.uz

SHOHSUPADAGI O‘G‘LON

Ichki ishlar organlari tizimida ham yurtimiz faxriga aylangan dongdor chempionlar yetarlicha. Ulardan biri poytaxtning Yunusobod tumani IIOFMB huzuridagi Tergov bo‘limi jinoyatlarni tergov qilish bo‘linmasi tergovchisi, kapitan Faxriddin Sharipovdir. Qahramonimiz bolaligida otasi bilan boks zaliga birga borgan, mashg‘ulotlarda qatnashgan va shu orqali sportga kirib kelgan. Sharipovlarni sportchilar oilasi, deyishadi. Negaki, Faxriddinning otasi boks bilan professional shug‘ullangan,

11 Apr 13:58
 
29
0
qalampir.uz

Butun dunyo oldida sharmanda bo‘ldik – Dursun O‘zbek

“Galatasaroy” klubi prezidenti Dursun O‘zbek jamoasi va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi Turkiya Superkubogi uchrashuvi haqida gapirdi. “Men bunday vaziyatni kutmagandim. Biz absurdga duch keldik. Shu vaqtga qadar Urfadek go‘zal shaharda ushbu derbini tomosha qilishdan zavqlanib kelgan bo‘lsakda, bu safar kutilmagan voqeaning oldidan chiqdik. Butun dunyo oldida sharmanda bo‘ldik. “Galatasaroy” va “Fenerbaxche”ning vazifasi odamla