calendar 05 Dec 15:40
eye 18
comments 0
comments Manba: sof

Farg'onada fuqaro ov qilish uchun uyidan chiqib ketib, bedarak yo'qoldi

image

Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumanida 28 noyabr kuni uyidan ov qilish uchun chiqib ketgan 36 yoshli fuqaro bedarak yo'qolgan. Bu haqda Yozyovon tuman hokimligi xabar qildi.

Maʻlum qilinishicha, Farg'ona viloyati IIB navbatchilik qismiga 1 dekabr kuni tumanning «Yangiariq» mahallasi Bahor ko'chasida yashovchi M.M. (1985 yilda tug'ilgan) 28 noyabr kuni soat 06:30 atrofida Yozyovon tumani «Yangiobod» mahallasidagi suv omboriga ov qilish uchun ov quroli va o'ziga tegishli Damas mashinasi bilan ketib, qaytib kelmagani haqida xabar kelib tushgan.

Qayd etilishicha, fuqaro ov quroli va Damas’da chiqib ketib, qaytmagani sabab oila aʻzolari va qarindoshlari uni qidirib, suv ombori hududidan Damas mashinasini qulflangan holda, sumkasini esa suv ichidan topgan.

Taʻkidlanishicha, hozirda bedarak ketgan M.M.ni topish maqsadida tuman IIBning 45 nafar, Milliy gvardiyaning 21 nafar, FVV qutqaruv guruhining 8 nafar, hokimiyatning 4 nafar, jamoatchilikning 8 nafar, jami 86 nafar vakili qidiruv ishlari olib bormoqda. Shuningdek, sakkizta qayiq, dron apparati jalb qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:55
 
23
0
postda.uz

YIGIT KISHINING BURCHI

Xizmatdan bo‘sh paytla­rida jismoniy tayyorgarlik va sport bilan shug‘ullanishadi, kitob mutolaa qilishadi. Jamoada «ustoz-shogirdlik» an’analari keng rivojlangan. Yosh xodimlarga tajribali harbiy xizmatchilar murabbiy etib tayinlanadi. Vzvod shaxsiy tarkibi har yili Ichki ishlar vazirligi hamda Qorovul qo‘shinlari miqyosida o‘tkazilayotgan sportning qo‘l jangi, boks, kurash va sambo turlari bo‘yicha musobaqalari, hamda «Dovyurak jang­chi» va «Alvon beret» kiyish huquq

11 Apr 13:55
 
27
0
postda.uz

Sohasining bilimdoni

Sherzodbek Nuriddinov Oʻzbekiston Milliy universitetini tamomlagach, Andijon viloyati teleradiokompaniyasida maxsus muxbir boʻlib ishlay boshladi. U Oʻzbekiston Qurolli Kuchlarida xizmat qilib qaytganidan soʻng oʻz faoliyatini viloyat televideniyesida davom ettirdi. 2017-yilda ichki ishlar organlariga xizmatga qabul qilinib, Jamoatchilik bilan aloqalar tashkiliy boʻlimi guruh inspektori sifatida xizmat olib bordi. Oradan maʼlum vaqt oʻtgach, leytenant Sh. Nuriddinov viloyat IIB matbuot x

11 Apr 14:01
 
17
0
xs.uz

Turonbankning 2023-yildagi faoliyat sarhisobi

Oʻzbekiston moliya bozorida 33-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda Respublika boʻyicha oʻzining 21 ta bank xizmatlari markazi va 70 dan ziyod ofislari orqali 622 ming nafardan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.Oʻtgan 2023-yilda tijorat banki fuqarolarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish, biznes egalarining istiqbolli loyihalarini qoʻllab ' quvvatlash, yangi mahsulotlarni amaliyotga tatbiq

11 Apr 13:55
 
22
0
postda.uz

HAMYОN EGASI TOPILDI

Joriy yilning 22-mart kuni viloyat IIB Xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan Xiva shahridagi “Ichan qal'a” davlat muzey qo‘riqxonasi hududida unutib qoldirilgan hamyon topib olindi.Xodimlar ushbu hamyonning egasini aniqlash va unga bu shaxsiy mulkini qaytarish maqsadida hududdagi kuzatuv kameralari videoyozuvlari orqali o‘rganish ishlarini olib borishdi. Natijada ushbu hamyon Bangladesh davlatidan tashrif buyurgan sayyohga tegishli ekanligi aniqlanib, egasiga topshi