calendar 05 Dec 14:10
eye 19
comments 0
comments Manba: daryo

Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun dekabrda 8 ta maxsus poyezd qatnovi amalga oshiriladi

image

Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytishida qulaylik yaratish maqsadida dekabrda 8 ta maxsus poyezd qatnovi amalga oshiriladi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, 4-dekabr kuni soat 20:57 da “Voljskiy” temiryo‘l vokzalidan ushbu poyezdning birinchi reysi qatnovi boshlangan. Qolgan reyslari 6, 10, 13,17, 20, 24, 27-dekabr kunlari soat 20:57 da ushbu temiryo‘l vokzalidan harakatini amalga oshiradi.

Mazkur poyezdga faqat bir tomonga, ya’ni Voljskiy—Toshkent yo‘nalishiga chiptalar sotiladi. Chiptalarni elektron tarzda ham sotish yo‘lga qo‘yilgan. Rossiyadagi fuqarolarning yaqinlari O‘zbekistonda turib, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasi bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” veb-sayti orqali E-ticket.railway.uz’dan chiptalarni elektron tarzda xarid qilib, jo‘natishi ham mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni Toshkent shahrida 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temiryo‘l kassalari hamda ma’lumotlar byurosidan bilib olish mumkin.

Bundan avval Rossiyada qolib ketgan o‘zbekistonliklarni qaytarish uchun oktabrda 3 ta, noyabrda 6 ta maxsus poyezd reysi yo‘lga qo‘yilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
40
0
postda.uz

ЎҒИРЛАНГАН АВТОМОБИЛЬ ТОПИЛДИ

Касб фидойисиСирдарё вилояти ИИБ «102» хизматига Гулистон тумани «Юлдуз» маҳалласи, «Шодлик» массивида «Gentra» русумли оқ рангли автомашина йўқолганлиги тўғрисида хабар келиб тушди. Маълум бўлишича, Н.Н. исмли аёл эрталаб автомашинасини қиздириш учун ўт олдирган ва нарсала

07 Mar 20:07
 
68
0
postda.uz

TUG‘ILGAN KUNIMIZNI TO‘RT YIL KUTAMIZ

2000-yili Xonqa tumanida tug‘ilganman. Maktabga borgach, tug‘ilgan kunim har yili nishonlanmasligini anglab, juda xafa bo‘lganman. Ota-onam meni ovutish uchun 28-fevral kuni sinfdoshlarimni uyimizga taklif qilib, tug‘ilgan kunimni nishonlashardi. Lekin bu bazmlar negadir menga tatimasdi. Bir gal yangi yil arafasida opam Iroda 2012-yil taqvimini sovg‘a qildi. Taqvimdagi 29-fevral sanasini ko‘rib, quvonchim ichimga sig‘may ketdi. Bu taqvim men uchun eng qadrli sovg‘a bo‘lgandi o

11 Apr 14:01
 
23
0
xs.uz

Turonbankning 2023-yildagi faoliyat sarhisobi

Oʻzbekiston moliya bozorida 33-yildan buyon samarali mehnat qilib kelayotgan 'Turonbank' aksiyadorlik tijorat banki bugungi kunda Respublika boʻyicha oʻzining 21 ta bank xizmatlari markazi va 70 dan ziyod ofislari orqali 622 ming nafardan ortiq yuridik va jismoniy shaxslarga sifatli xizmat koʻrsatib kelmoqda.Oʻtgan 2023-yilda tijorat banki fuqarolarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish, biznes egalarining istiqbolli loyihalarini qoʻllab ' quvvatlash, yangi mahsulotlarni amaliyotga tatbiq

07 Mar 20:07
 
36
0
postda.uz

QONUNBUZARLARGA CНORA KO‘RILDI

Xorazm viloyati IIB JXX YHXB YPX inspektorlari yo‘llarda harakat xavfsizligini ta'minlash, yo‘l-transporti bilan bog‘liq bo‘lgan baxtsiz hodisalarning oldini olish bo‘yicha kunu-tun hushyorlik bilan xizmat qilishmoqda. Afsuski ba'zi haydovchilar hamon yo‘l harakati qoidalariga rioya etmasdan qo‘pol qoidabuzarliklar sodir etishyapti.Yaqinda jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch shahar sudida mast holda yoki yetarli malakaga ega bo‘lmasdan turib transport vositasini boshqarish, yo‘l