calendar 05 Dec 13:31
eye 23
comments 0
comments Manba: qalampir

Milliarder Ilon Mask uysiz qoldi

image
image

Amerikalik milliarder Ilon Mask Kaliforniz shtatining Xillsboro shahridagi hashamatli uyini 30 mln dollarga sotib yubordi. 19 gektar maydonga ega saroy Maskning so'nggi uyi edi.

Milliarder so'nggi uyini o'tgan yili 37,5 mln dollarga sotmoqchi bo'lgandi, ammo kuzda narx 31,99 mln dollarga tushgan.

Koshonada 7 ta yotoqxona, 10 ta hammom, oshxona, raqs zali, charm devorli kutubxona, 11 ta mashinaga mo'ljallangan garaj va hovuz mavjud, deb xabar beradi "Mansion Global". Mask qasrni 2017 yilda 23,4 million dollarga sotib olgan.

Uy Kaliforniyaga ko'chib o'tgan frantsuz grafi Kristian de Guigne tomonidan 1912 yilda qurilgan.

Mask avvalroq qolgan barcha mulkni sotgan va Texasda SpaceX kompaniyasidan ijaraga olingan 37 kv. m. maydonli uyga ko'chib o'tgandi. Tadbirkor o'zining bu qarorini unga Erda ko'chmas mulk kerak emasligini, chunki uni Marsdagi hayot ko'proq qiziqtirayotgani bilan tushuntirgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

23 Apr 03:36
 
12
0
xs.uz

Xitoyda toshqinlar tufayli 50 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Yomgʻir Shaoguan, Guanchjou, Xeyuan, Chjaoqin, Tsinyuan, Meychjou va Xuychjou hududlariga taʼsir koʻrsatgan. Suv toshqinlari uylarga zarar yetkazgan, yoʻllarning yopilishi hamda koʻchkilarga sabab boʻlgan.Viloyat boʻylab 53 741 kishi evakuatsiya qilingan. Shundan 12 256 kishi tezlashtirilgan tartibda evakuatsiya qilinib, xavfsiz joylarga joylashtirilgan.11 kishi bedarak yoʻqolganlar roʻyxatida ekanligi aniqlangan. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.

09 Mar 00:38
 
52
0
xs.uz

Ukraina kiberxavfsizlikni taʼminlash uchun Gʻarbdan yordam soʻramoqda

Ukraina hukumati kiberxavfsizlik va kiberbardoshlikni taʼminlash uchun xalqaro yordamni jalb qilish boʻyicha idoralararo guruh tuzdi. Bu haqda Ukraina Vazirlar Mahkamasining Oliy Radadagi vakili Taras Melnichuk maʼlum qildi.'Davlatning kiberxavfsizligi va kiberbardoshligini taʼminlash uchun xalqaro yordamni jalb qilish masalalari boʻyicha idoralararo ishchi guruh tuzildi', ' deydi Melnichuk.Uning soʻzlariga koʻra, shu maqsadda mazkur masala boʻyicha idoralararo ishchi guruh va uning tark

07 Mar 20:08
 
36
0
qalampir.uz

AQSH husiylarning Yamandagi dronlariga zarba berdi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Yamanning husiylar nazorati ostidagi hududida ikkita dronga zarba berdi. Bu haqda AQSH Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) xabar berdi. Qo‘mondonlikning bildirishicha, dronlar mintaqadagi savdo va AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalariga bevosita xavf tug‘diradi. Tafsilotlari oshkor etilmagan hujum kecha, 6 mart kuni kechqurun tashkillashtirilgan. "Ushbu harakatlar navigatsiya erkinligini himoya qilish va AQSH dengiz floti va savdo kemalari uchun xalqaro

07 Mar 20:08
 
88
0
qalampir.uz

Hindiston Pokiston bilan chegarada harbiy mashg‘ulotlarni boshladi

Hindiston Qurolli kuchlari 12 mart kuni Pokiston bilan chegaradosh g‘arbiy Rajastan shtatida quruqlikdagi qo‘shinlar, havo kuchlari va dengiz floti ishtirokida keng ko‘lamli kompleks harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda “The Times of India” gazetasi yozmoqda. Mashqlar Hindistonda ishlab chiqarilgan qurollarni sinovdan o‘tkazishga qaratilgan. Hind kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan 60 ga yaqin qurollar, jumladan, “BrahMos”  tez uchuvchi qano