calendar 05 Dec 10:10
eye 18
comments 0
comments Manba: daryo

Indoneziyada Semeru vulqoni uyg‘ondi. Odamlar vulqon kulidan uzoqroqqa ketishga urinmoqda (video)

image

Indoneziyada Yava orolidagi eng baland – Semeru vulqoni faollashdi. Vulqon uyg‘onishi oqibatida havoga chiqqan kul ustuni uning atrofidagi qishloqlarni qoplab oldi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Foto: Al Jazeera

Vayron bo‘lgan binolar va hodisa oqibatida halok bo‘lganlar haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan. Hukumat vulqon atrofida yashaydigan aholini xavfsiz joyga evakuatsiya qilish ishlarini boshlab yuborgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda vulqon kulidan qochib, boshqa joyga ketayotgan kattalar va bolalar aks etgan videolar tarqalgan.

Hodisaga guvoh bo‘lgan odamlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim hududlarda vulqon kuli quyoshni to‘sib qo‘ygan va bu ancha vahimali ko‘rinmoqda.

Foto: BBC

Indoneziya rasmiylari tomonidan turli aviakompaniyalarga vulqon kulining balandligi 15 ming metrgacha ko‘tarilishi mumkinligi haqida ogohlantirishlar berilgan.

Avval noyabr oyida Palma orolidagi vulqondan otilgan navbatdagi lava oqimi Atlantika okeaniga yetib borgani, sentabrda esa Kanar orollarida Kumbre-Vyexa vulqonining otilishi tufayli mingga yaqin aholi evakuatsiya qilingani haqida xabarlar berilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

03 Feb 15:16
 
31
0
qalampir.uz

Chilida o‘rmon yong‘inlari avj olmoqda. Qurbonlar bor (video)

Bugun, 3 fevral kuni Chili Prezidenti Gabriel Borich kamida 10 kishining hayotiga zomin bo‘lgan o‘rmon yong‘inlari tufayli Valparaiso viloyatida favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi. “O‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq vaziyat, ayniqsa, 5-hududda, yuqori harorat va shamol tufayli juda qiyin, ammo shuni bilingki, hukumat, o‘t o‘chiruvchilar, Milliy o‘rmon xo‘jaligi korporatsiyasi, politsiya va fuqarolik ja

09 Feb 17:22
 
30
0
qalampir.uz

Kim Chen In Shimoliy Koreya Janubni bosib olishga tayyorligini e’lon qildi

Kim Chen In o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun Janubiy Koreya hududini bosib olishga tayyorligini e’lon qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In mamlakat armiyasi tashkil etilganining 76 yilligi munosabati bilan nutq so‘zlagan.  “Hukumatimiz xalqimizning bo‘linishi va qarama-qarshiligi tarixini sarhisob qilib, janubiy koreyalik qo‘g‘irchoqlarni mamlakatning eng zararli va o‘zgarmas dushmani sif

06 Feb 09:56
 
44
0
qalampir.uz

Oxirgi 4 oyda G‘azoda qancha falastinlik qurbon bo‘lgani ochiqlandi

2023 yilning 7 oktyabridan beri Isroilning bombardimonlari ostida bo‘lgan G‘azo sektorida 100 mingga yaqin odam halok bo‘lgan, yaralangan yoki bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligi (UNRWA) rahbari Filipp Lazzarini ma’lum qildi.   Lazzarini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida bergan bayonotida G‘azo aholisining 80 foizdan ortig‘i uylarini tark etishga majbur bo‘lganini aytdi.   G

03 Feb 16:31
 
33
0
qalampir.uz

Suriya va Iroq AQSHning zarbalarini qoraladi

Suriya va Iroq o‘z hududlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari tomonidan Eronga aloqador kuchlarga berilgan zarbalarni qoraladi. Bu haqda ikki davlat rasmiylari chiqish qildi.  Dastlab Iroq Qurolli kuchlari matbuot kotibi Yahyo Rasul milliy televideniye orqali AQSH zarbalarini “mamlakat suverenitetining buzilishi” deb atadi.  “AQSHning harakatlari Iroq hukumatining sa’y-harakatlariga putur yetkazadi hamda Iroq va butun mintaqa uchun dahshatli oqibatlarga olib