calendar 05 Dec 05:10
eye 17
comments 0
comments Manba: daryo

APL. “Manchester Siti” autsayderni mag‘lub etib, yana birinchi o‘ringa qaytdi

image

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 15-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Manchester Siti” 4-dekabr, shanba kuni “Uotford” bilan kuch sinashdi.

Foto: Getty Images

Uotford mezbonlik qilgan o‘yinda mehmonlar 3:1 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi. 4-daqiqada Rahim Sterling hisobni ochdi. Keyinchalik Bernardu Silva ketma-ket ikkita gol urib, hisobni 3:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yin yakuni arafasiga yaqin “Uotford” hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, Kucho Ernandes o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Mazkur g‘alabadan keyin “shaharliklar”ning ochkolari 35 taga yetdi va yana birinchi o‘ringa qaytdi. Hisobida 13 ochko bo‘lgan “Uotford” 17-pog‘onani band etgan.

APL

15-tur bahsi

4-dekabr, shanba

“Uotford” — “Manchester Siti” 1:3

Gollar: 0:1 – 4 Sterling, 0:2 – 31 Bernardu Silva, 0:3 – 63 Bernardu Silva, 1:3 – 74 Ernandes.

“Uotford” – Baxmann, Femeniya, Ketkart, Trost-Ekong, Rouz (Ngakia, 71), Sissoko, Kleverli (Kuska, 46), Luza (Ernandes, 46), Dennis, King, Joao Pedro.

“Manchester Siti” – Ederson, Uoker, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu, Gundo‘g‘an (de Bryuyne, 67), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Mahrez, 68), Foden (Gabriel Jezus, 75), Sterling.

Ogohlantirishlar: King (7), Rouz (31), Ketkart (85).


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
21
0
qalampir.uz

Mahmud Murodovning jangi bekor bo‘ldi

O‘zbekiston tarixidagi birinchi UFC jangchisi Mahmud Murodovning shu yil 4 may kuni Braziliyada UFC 301 turniri doirasida Mishel Pereyraga qarshi o‘tkazilishi kerak bo‘lgan jangi bekor qilindi. Bu haqda sportchining o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi. Qayd etilishicha, Murodovda stafilakokk infeksiya borligi sababli uning bo‘lajak jangi bekor qilingan. “20 kun ichida, ikkinchi marta, olib tashlash kerak bo‘lgan infeksiya aniqlandi va men jamoam bilan kelishgan hol

11 Apr 13:58
 
20
0
qalampir.uz

MYU Maguayr va Varanga o‘rinbosar topdi

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi “Benfika” ximoyachisi Antoniu Silvaga jiddiy qiziqib qoldi. Bu haqida insayder Rudi Galetti xabar berdi. Manbaga ko‘ra, “qizil iblislar” markaziy ximoyachini yozda jamoani tark yetishi kutilayotgan Rafayel Varan va Garri Maguayr o‘rniga munosib o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. 20 yoshli futbolchi Yevropa Chempionlar ligasida ham o‘tgan mavsumda ajoyib taassurot qoldirgan edi va o‘sha paytiyoq ko‘

11 Apr 13:58
 
16
0
qalampir.uz

Butun dunyo oldida sharmanda bo‘ldik – Dursun O‘zbek

“Galatasaroy” klubi prezidenti Dursun O‘zbek jamoasi va “Fenerbaxche” o‘rtasidagi Turkiya Superkubogi uchrashuvi haqida gapirdi. “Men bunday vaziyatni kutmagandim. Biz absurdga duch keldik. Shu vaqtga qadar Urfadek go‘zal shaharda ushbu derbini tomosha qilishdan zavqlanib kelgan bo‘lsakda, bu safar kutilmagan voqeaning oldidan chiqdik. Butun dunyo oldida sharmanda bo‘ldik. “Galatasaroy” va “Fenerbaxche”ning vazifasi odamla

11 Apr 13:58
 
19
0
qalampir.uz

O‘zbekistonda yana bir futbolchi raqibiga “kalla qo‘ydi” (video)

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi futbol uchrashuvida futbolchi raqibiga bosh bilan zarba bergan aks etgan video tarqaldi. Aniqlanishicha, kecha, 8 aprel kuni O‘zbekiston Pro ligasi 5-turidan o‘rin olgan “Sho‘rtan” - “Aral” (1:0) jamoalari o‘rtasidagi bahs so‘ngida nukusliklar futbochisi Shahzod Turopov raqib o‘yinchisiga bosh bilan zarba bergan. Uchrashuvni boshqarib borgan Shavkat Nasibullayev shu zahoti Turopovni maydondan chetlatgan.