calendar 04 Dec 22:20
eye 14
comments 0
comments Manba: zamin

"Paxtakor" murabbiyi uchun bugungi final jamoadagi oxirgi o'yinmi? - Piter Xyuistra

image
O'zbekiston kubogi finalidan so'ng ikki jamoa bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda dastlab "sherlar" ustozi Piter Xyuistra o'yin borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin qiyin o'tishini bilardik. Biz qizil kartochkadan so'ng asabiylashdik. Futbolchilarim bunday imkoniyatdan foydalana olmadi. Butun mavsumdagi chiroyli o'yinimizni ko'rsata olmadik. "Nasaf" esa aksincha juda tartibli harakat qildi.

Bir kishi ko'p bo'lgach, negadir shogirdlarim ko'ngildagidek o'ynay olmadi. Asabiylashish holati kuzatildi.

O'zbek futbolida barcha VAR bilan o'ynashni o'rganishi lozim. Yaʻni VAR uchrashuvda bor ekanligini his qilishi darkor. Har qanday holat kameralarga aks etishini inobatga olish kerak.

Biz ertaga rahbariyat bilan kelajak haqida gaplashamiz. Ko'p narsa boshqa faktorlarga ham bog'liq. Kelgusi rejalar ham hal qilinadi. Eng asosiysi, avval ham aytib o'tganimdek, menga O'zbekiston yoqadi va bu yerda ishlashdan mamnunman
, - dedi Piter Xyuistra.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:58
 
42
0
qalampir.uz

Gvardiola “Real” bilan o‘yinga tayyorlanmayapti

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasi chorak finali doirasida “Real Madrid”ga qarshi bahs oldidan o‘yinga tayyorgarlik haqida jurnalistlar bergan savolga javob berdi. “Hozir “Real” bilan o‘yin haqida o‘ylamayapman. Agar biz Premer-ligada yana 18 ochkoga ega bo‘lganimizda, men bor e’tiborimni “Real”ga qarshi o‘yinga qaratgan bo‘lardim. Biz APLda 3-o‘rindamiz va 1-o‘rindagi jamoa

07 Mar 20:10
 
38
0
qalampir.uz

Italiyada 3 qilichboz o‘zbekistonlik sportchi qizni zo‘rlaganlikda ayblanmoqda

Italiyalik uch qilichboz o‘zbekistonlik 17 yoshli sportchi qizni zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.  Qayd etilishicha, mazkur voqea o‘tgan yilning avgust oyida sodir bo‘lgan. Biroq Siyena politsiyasi ish bo‘yicha tergovni boshlaganidan keyingina u haqdagi ba’zi ma’lumotlar ommaga ochiqlandi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Toskana viloyatidagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida uch italiyalik o‘zbekistonlik qizni zo‘rlagan. Ayblan

11 Apr 13:58
 
27
0
qalampir.uz

“Real”ga qarshi o‘yinda “Man Siti” darvozasini kim qo‘riqlaydi?

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Yevropa Chempionlar ligasi chorak finalidan o‘rin olgan ”Real Madrid”ga qarshi bahsda darvozada kim turishi haqida jurnalistlar savoliga javob berdi. “Men bu haqda o‘ylashim kerak, chunki Ederson jarohatdan qaytdi va o‘zini yaxshi his qilmoqda, ammo Shtefan ham ajoyib posbon, juda yaxshi o‘yin namoyish qilmoqda”, deydi ispaniyalik mutaxasis. Qayd etish joiz, “shaharliklar” 

11 Apr 14:02
 
23
0
xs.uz

Oʻzbekiston MOQning 2023-yilgi faoliyati va Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlik mavzusiga bagʻishlangan matbuot anjumani

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-noyabrdagi '2024-yil Parij shahrida (Fransiya) boʻlib oʻtadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya oʻyinlariga Oʻzbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash toʻgʻrisida'gi PQ-5281-sonli qaroriga muvofiq, Sport vazirligi, sport federatsiya (uyushma)lari, vazirlik va idoralar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda har bir Olimpiya sport turlari boʻyicha s