calendar 03 Dec 09:21
eye 27
comments 0
comments Manba: xs

Toshkentda moʻtadil choʻllar boʻyicha ilk xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi

image

Foto: Халқ сўзи

Poytaxtimizda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi, BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO), hamda Germaniyaning Grayfsvald universiteti bilan hamkorlikda CADI — Markaziy Osiyo choʻllari boʻyicha tashabbus loyihasi doirasida Moʻtadil choʻllar boʻyicha birinchi xalqaro konferensiya boʻlib oʻtdi.

Konferensiya moʻtadil choʻl hududlarini rivojlantirish va saqlash imkoniyatlarini muhokama qilish, shuningdek, yerlarni barqaror boshqarish boʻyicha ilgʻor texnologiyalar haqida xabardorlikni oshirish, moʻtadil choʻl hududlari ekotizimlarida bioxilma-xillikni saqlash boʻyicha bilimlarni tarqatish uchun yaxshi platformaga aylandi.

Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonning moʻtadil choʻllari Markaziy Osiyoning biologik xilma-xillikni saqlash uchun global ahamiyatga ega boʻlgan mintaqalar qatoriga kiradi. Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi maʼlumotlariga koʻra, ular Jahon merosi obyektlari maqomini olish uchun daʼvogar boʻlishi mumkin. Chunki bu oʻziga xos landshaftlar, hayvonlarning noyob turlari, jumladan, yovvoyi jayron, qulonlarning yashashini taʼminlaydi. Ular, shuningdek, burgut, tuvaloq, lochin kabi qush turlari uchun muhim ahamiyatga ega. Lekin hozirgi vaqtda tabiiy resurslardan haddan tashqari foydalanish va keng koʻlamli infratuzilmalar qurilishi sababli ushbu hududlar xavf ostida qolmoqda.

Aynan mana shu joylar Markaziy Osiyo choʻllari tashabbusining maqsadli hududlari hisoblanadi. Germaniya hukumati tomonidan moliyalashtirilgan CADI loyihasi 2016-yildan buyon Grayfsvald universiteti, Maykl Zukkov jamgʻarmasi va FAO tomonidan Qozogʻiston, Turkmaniston va Oʻzbekistonda amalga oshirilmoqda.

— Markaziy Osiyo Yer sharining eng katta qitʼasi markazida joylashgan biologik xilma-xillikning global oʻchogʻidir, — deydi CADI loyihasining Oʻzbekistondagi Milliy koordinatori Narimon Nishonov. — Bu mintaqada koʻplab noyob va yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan hayvon va qush turlarining yashash hamda koʻpayish joylari, migratsiya yoʻlaklari va uchish yoʻnalishlari mavjud. CADI loyihasi global ahamiyatga ega noyob ekotizimlari boʻlgan moʻtadil choʻllarni saqlash va barqaror foydalanishga qaratilgan.

Loyiha doirasida moʻtadil choʻllarning qiyin sharoitlarida qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadigan aholi qoʻllab-quvvatlanadi. Jumladan, loyiha faoliyati junni qayta ishlash, tikuvchilik, sutni qayta ishlash, oilalarni asalarichilik uchun uskunalar bilan taʼminlash, shuningdek, urugʻlik va koʻchatlar tarqatish kabi tadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish, xotin-qizlar oʻrtasida hunarmandchiliknining har xil turlarini rivojlantirish, issiqxonalarda koʻchatchilik tashkil qilish, asalarichilikni rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli oʻquv treninglari oʻtkazilmoqda.

Dilshod ULUGʻMURODOV, “Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Feb 05:01
 
29
0
xs.uz

“Oʻzbek mahsulotlarini dunyo bozoriga sifatli olib chiqishga hissa qoʻshamiz”

Fargʻona shahrida joylashgan viloyat 'Tadbirkorlar uyi'da oʻtkazilgan yuzma-yuz muloqotda ana shu xususda soʻz yuritildi. Ochiq muloqot Fargʻona viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Eksportchilari uyushmasi, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi, Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi ' UzTest DUK bilan hamkorlikda tashkil etildi. 'Oʻzbek mahsulotlarini dunyo bozoriga sifatli olib chiqishga hissa qoʻshamiz' deb nomlangan tadbirda fargʻonalik tadbirkorlar bilan birga mamlaka

06 Feb 11:18
 
56
0
qalampir.uz

O‘zbekistonning Quvaytdagi yangi elchisi tayinlandi

O‘zbekistonning Quvaytdagi yangi elchisi tayinlandi. Bugun, 6 fevral kuni Favqulodda va muxtor elchi lavozimiga tayinlangan Ayubxon Yunusov Kuvayt poytaxtiga yetib bordi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.  Quvaytga tayinlanishidan oldin u TIVning Konsullik-huquqiy departamenti boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 50 yoshli diplomat Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Al-Azhar” universiteti (Misr), Jahon iqtisodiyo

02 Feb 16:30
 
33
0
qalampir.uz

Angliyaga jo‘natishni va’da qilib, mo‘maygina pul undirgan shaxs ushlandi

Samarqand va Jizzaxda chet elga ishga yuborishini aytib, odamlarni chuv tushirgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh Prokuratura departamenti xabar berdi.  Departamentning Bulung‘ur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.S. yetti nafar fuqaroning ishonchiga kirib, Angliyaga ishga yuborishini aytib ulardan 13 800 dollar, 510 yevro va 6,8 mln so‘mini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan. Departament hamda DXX Jizzax viloya

09 Feb 11:40
 
31
0
qalampir.uz

Endi BAAda o‘zbek tili ham o‘rgatilishi mumkin

Birlashgan Arab Amirliklaridagi (BAA) yirik kutubxonalar va ta’lim muassasalarida o‘zbek tilini o‘qitish loyihasi yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu haqda "Dunyo" AA xabar berdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston bosh konsuli Kamol Ikromov BAA Madaniyat vazirligining Dubaydagi boshqarmasi vakili Anvar G‘olam Muhammad Abdulloh bilan uchrashgan. O‘zaro muloqot davomida BBAda o‘zbek madaniyati markazlarini ochish, birgalikda madaniy tadbirlar tashkil etish, shuningdek, o‘z