calendar 02 Dec 18:10
eye 38
comments 0
comments Manba: daryo

Ruxshona, Kamila Gimandinova va o‘zbek shou-biznesining oilasi ajrim yoqasida turgan boshqa vakillari

image

Shou-biznes vakillarining hayoti hamisha omma e’tiborida. Ularning nafaqat ijodi, balki kundalik hayoti, qiziqishlari hatto muammolari ham odamlar uchun qiziq.

Yaqinda xonanda Ruxshona turmush o‘rtog‘i, klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 7 yillik turmushidan so‘ng ajrashayotganini ma’lum qildi. Ko‘pchilik havas qilgulik oila hisoblanuvchi yulduzli juftlikning ushbu qarori ularning kuzatuvchilari uchun kutilmagan holat bo‘ldi. Afsuski, Ruxshona oilasi darz ketayotgan yagona taniqli ijodkor emas. Quyida turli sabablarga ko‘ra, oila atalmish qo‘rg‘oni buzilayotgan boshqa san’atkorlar haqida so‘z yuritiladi.

Sanjar Matkarimov va Ruxshona

Foto: “Yoshlar.com”

Xonanda Ruxshona klipmeyker Sanjar Matkarimov bilan 2014-yilning 2-noyabrida oila qurgandi. Juftlikning to‘ng‘ich farzandi Habiba 2015-yilda, o‘g‘li Shukurbek esa 2016-yilda dunyoga keldi.

Ijodkorlarning oila qurishi ikkisi uchun ham omadli keldi. Boisi xonanda turmush o‘rtog‘i bilan  “Yurakkinam”, “Yana”, “Imkon bo‘lsa” va “Yur” kabi qo‘shiqlariga klip suratga oldi. Ruxshona boshlovchiligida rejissorning “Bola tilidan” nomli ko‘rsatuvi  telekanallar orasida bir necha bor eng reytingi baland ko‘rsatuv sifatida e’tirof etildi. Sanjar Matkarimov Ruxshonaning “Yurakkinam” klipida rol ijro etib, aktyorlik mahoratini namoyish etgandi. Afsuski, bu er-xotin ijodkorlarning so‘nggi ijodiy ishlari bo‘ldi. Chunki Ruxshona bu klipidan so‘ng birorta qo‘shig‘iga klip suratga olmadi.

Ruxshona turmush o‘rtog‘i bilan ajrashishga qaror qilgani haqida shu yilning oktabr oyida ma’lum qildi. Instagram’da kuzatuvchilari undan turmush o‘rtog‘i Sanjar Matkarimov bilan ajrashgani rost yoki yolg‘on ekanligi haqida so‘rashdi. Xonanda esa buning haqiqat ekanini aytib, kelgusida yarashish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Uning aytishicha, ayni vaqtda juftlikning farzandlari Ruxshona bilan birga. Ammo ajrimdan keyin Sanjar Matkarimov bir muddat davomida bolalarni Ruxshonaga bermagan.

Oilaning buzilishiga asosiy sabab rashk ekanligi ko‘rsatilmoqda. Shuningdek, Ruxshona ajrimdan keyin o‘ziga kelish uchun Yaratgandan tun-u kun kuch-quvvat so‘raganini aytib o‘tgan.

Bundan tashqari, xonanda oradan hech qancha vaqt o‘tmay turmush o‘rtog‘ining uyidan unga tegishli bo‘lgan buyumlarini olib chiqqani va yangi uyga ko‘chib o‘tayotganini aytgan.

Darvoqe, xonanda endilikda Sanjar Matkarimov rejissorligidagi “Bola tilidan” ko‘rsatuviga boshlovchilik qilmaydi. Ayni damda bu vazifani aktrisa Aziza Yoqubova bajarmoqda.

Aziza Yoqubova ikkinchi turmushidan ham ajrashdi

Instagram / @zarka_g‘aniyeva

“Jurnalist” serialidagi roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa Aziza Yoqubova 2020-yilning sentabr oyida oila qurgandi. Ikki yoshning to‘y oqshomi shov-shuvlarga boy o‘tgani va ko‘plab kino ijodkorlari ishtirok etgani haqidagi videolar ham ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgandi.

To‘ydan so‘ng Azizaga turmush o‘rtog‘i Shavkat Oripov bir muddat ma’murlik qildi. Ular to‘y-hashamlarga, konsert dasturlariga birga tashrif buyurishdi. Afsuski, shu yilning fevral oyida Aziza Instagram orqali erining xiyonat qilgani bilan bog‘liq vajlarni iddao qilib, ajrashmoqchi ekanligini ma’lum qildi. O‘sha paytda aktrisa farzandiga homilador edi. Oradan uch oy o‘tib, 14-aprel kuni aktrisa o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Yoshi ulug‘ kishilar va qarindosh-urug‘larning aralashuvchi bilan er-xotin yarashdi, afsuski, munosabatlar baribir ilimadi.

“Erim bilan ajrashganimga ancha bo‘ldi, bo‘ldi bu xato ortiq takrorlanmaydi”, — deydi aktrisa.

Ayni damda aktrisa birinchi va ikkinchi turmushidagi farzandlari: Yasmina va Muhammadamir bilan o‘z uyida yashamoqda. Sobiq turmush o‘rtog‘i Shavkat Oripov esa Sardor Rahimxonning “Ajr” loyihasida ishtirok etmoqda. Bundan tashqari, u so‘nggi vaqtlarda diniy mazmundagi roliklarda ham suratga tushmoqda.

Kamila Gimandinova qizini yolg‘iz tarbiyalamoqchi

Foto: Instagram

“Qadam” serialidagi Kumush roli bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish bo‘lgan aktrisa va bloger Kamila Gimandinova ham turmush o‘rtog‘i bilan ajrashdi.

Kamila 2020-yilning yoz oyida Farruh Habibullayev bilan oila qurgandi. Afsuski, karantin sabab ularning to‘yi bo‘lmagan, yoshlar faqatgina to‘y liboslarida suratga tushishgan, xolos. Aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan “Qadam” serialida suratga tushmasdan avval tanishgan.

Foto: Instagram / @gimandinova_official

Afsuski, shu yilning yanvar oyida ularning ajrashganligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi. Aktrisa Instagram orqali eri bilan yashamayotgani va tug‘ilajak farzandini yolg‘iz tarbiyalash niyatida ekanligini ma’lum qildi.

U shu yilning 17-iyun kuni qiz farzandli bo‘ldi. Tug‘ruqxonadan turmush o‘rtog‘i Farruh Habibullayev bilan chiqqanligini ko‘rganlar aktrisa turmush o‘rtog‘i bilan yarashadi, degan xayolga borishgandi. Biroq keyinroq Kamilaning turmush o‘rtog‘i Farruh u bilan ajrashganini ma’lum qildi.

Farruh Habibullayev o‘zini aktyorlikda ham sinab ko‘rdi. U Kamila bilan hamkorlik qilgan rejissor Baxtiyor Safarovning “Meni asra” serialida giyohvand yigit rolida suratga tushdi.

Zohid va Kamolaning 12 yillik muhabbat tarixi to‘ydan keyin yakunlandi

Zohid Rizqiyev “Ummon” guruhi vakillari orasida oxirgi bo‘lib oila qurgandi. Guruh vakili Jasur 2015-yilda, Shohruh 2016-yilda, Zohid esa 2020-yilning 20-oktabr sanasida model Kamola Ortiqova bilan oila qurgani katta shov-shuvga sabab bo‘lgan. Zohid va Kamola 12 yillik muhabbatdan so‘ng visolga yetishgandi. Biroq ularning turmushi bir yil davom etdi. Kamola Instagram’dagi Stories orqali turmush o‘rtog‘i bilan yashamayotganini aytgan.

Foto: Instagram

Shu yilning 16-oktabr kuni Instagram kuzatuvchisi Kamola Ortiqovaga “Eringiz bilan ajrashish sababini aytolasizmi?” deb savol berdi. Afsuski, u javobida  turmush o‘rtog‘i bilan yashamayotganligi va yarashish niyati ham yo‘qligini ma’lum qildi. Ularning ikkisi ham to‘ylari bilan bog‘liq suratlarni Instagram sahifalaridan o‘chirdi.

Darvoqe, 2019-yilda Kamola va Zohid “Meni esla” nomli qo‘shiqni ijro etishgandi. Ushbu qo‘shiq Zohidning rasmiy kanalidan ham allaqachon o‘chirilgan.

Shahnoza Otaboyeva aktyor eri bilan ajrashdi

Foto: My Day

Xonanda Shahnoza Otaboyeva ham turmushi o‘xshamaganlardan. U 2017-yilning 7-noyabr sanasida aktyor Komil Bobonazarov bilan oila qurgandi. Aktyor “Qora ilon”, Tug‘ilmaganlar”, “Beshinchi fasl”, va “Notanish qotil” kabi filmlarda rol ijro etgan.

Foto: Instagram / @shahnoza_otaboyeva_official_

Shahnoza Otaboyeva 2018-yilda o‘g‘il farzand ko‘rdi va ijoddan biroz chekindi. Oradan bir yil o‘tib, ikkinchi o‘g‘li Asadbekni dunyoga keltirdi.

Afsuski, xonanda ham ma’lum sabablarga ko‘ra ajrashishga qaror qildi. Ayni damda u o‘g‘illarining tarbiyasiga yolg‘iz o‘zi mas’ul. Instagram kuzatuvchilari “Siz kuchli ayolsiz”, “O‘g‘illaringiz sizni baxtli qiladi” mazmunidagi gaplar bilan unga motivatsiya bag‘ishlayapti. Shahnoza Otaboyeva ajrashishiga nima sabab bo‘lgani haqida gapirmaydi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 14:02
 
28
0
xs.uz

Imom Buxoriyning islom olamida mashhur boʻlgan “Birrul volidayn” asari ilk marta oʻzbek tiliga tarjima qilindi

Kitobda farzand tarbiyasi, amallarning afzali ' ota-onaga yaxshilik qilib, hurmat koʻrsatish, ularning duolarini olish, ota-onaning farzandi haqqiga qilgan duosi mustajob boʻlishi va silai rahm fazilati, qarindoshlarga yaxshilik qilish kabi mavzulardagi 76 ta hadis jamlangan.Hadislarning xalqchil va tushunarli boʻlishi uchun izoh va sharhlar yozildi. Asarni sharhlashda 50 dan ortiq ishonchli tarixiy manbadan foydalanildi.Kitob va xalqchil risola Din ishlari qoʻmitasida belgilangan tartibda d

11 Apr 13:55
 
18
0
postda.uz

Iskandarning bo‘sh ketgan qo‘li

Hamma iqlimlarni qo‘lga kiritgan shoh Iskandar jahon mamlakatining taxtiga ega bo‘ldi. U borib olmagan biron yer qolmadi. Biron yer qolmadiki, u bormagan bo‘lsin. Dunyodagi hamma yer va suv uning hukmiga o‘tib, xo‘lu quruq buyrug‘ining qavzasiga tushdi.Osmonning ko‘k gumbazi ustida xutba o‘qib, adolat tamg‘alarini (oltin, kumushga emas), yulduzlarga urdi. Shohlar o‘z ixtiyorlari bilan unga qul bo‘lishdi; unga qul bo‘lish bilan ular faxrlandilar.U ham shoh edi, ham valiy.

07 Mar 20:09
 
31
0
qalampir.uz

“Oppenheimer” BAFTA mukofotining 7 ta nominatsiyasida  g‘olib bo‘ldi

Londonda joriy yilning 18 fevral kuni Britaniya kino va san’at akademiyasida BAFTA yo‘nalishlari bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘ldi. Unda har xil yo‘nalishlar bo‘yicha mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Bu haqda mukofotning rasmiy sahifasida xabar berildi. Kinoekranlarda namoyish etilishi bilanoq dunyo bo‘ylab katta shuhrat qozongan “Oppenheimer” filmi BAFTA mukofotining 7 ta naminatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Ushbu kino ijodkorlaridan Kristofer No

07 Mar 20:09
 
49
0
qalampir.uz

Timatining qizi kuchugiga otasining ismini qo‘ydi (foto)

Timati taxallusi bilan tanilgan rossiyalik taniqli reper Timur Yunusovning qizi yangi sotib olgan kuchugiga otasining ismini qo‘ydi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha xonandaning qizi Alisa yangi kuchukcha sotib oldi. Timatining onasi Simona Yunusova esa nabirasining kuchuk tanlash jarayonini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.  “Nihoyat bir oy deganda Elis (Alisa)ning orzusi ushaldi! Timatining ruxsat berishdan b