calendar 02 Dec 15:10
eye 16
comments 0
comments Manba: daryo

Muhammadali Aliyev rafiqasining qistovi bilan aktyor bo‘lgani hamda onasining o‘limidan so‘ng o‘ziga kela olmayotgani haqida

image

Muhammadali Aliyev tomoshabinlarga “Qadam” serialidagi Temur roli bilan yaxshi tanish. Bundan tashqari u Munisa Rizayevaning “Yurak” va “Ayrilding” kliplarida ham suratga tushgan. Qizig‘i, u aktyor bo‘lishni istamagan va ayolining turtkisi sabab shu sohani tanlagan. “Daryo” muxbiri Nargizaxon Murodova aktyor bilan suhbat uyushtirdi.

“Otamni 16 yoshimga qadar ko‘rmaganman” 

Foto: Instagram / @themukhammad.ali

— San’atkorlar oilasida tug‘ilganman. Otam Ma’ruf Aliyev ancha yil sport kanalida rejissor bo‘lib ishlagan, hozir esa teatrda rejissor yordamchisi bo‘lib faoliyat yuritadi. Shunday bo‘lsa-da, bolalikdan san’atga qiziqqanman, deyolmayman. Chunki otam ikki yoshimda AQShga ketib, 16 yoshimda qaytib kelgan. Shu bois esimni tanigan paytimda san’atkor bo‘laman, degan qat’iy qarorim yo‘q edi.

Oilada mendan avval akam va opam bor. Hamma oilada bo‘lganidek bizda ham moddiy qiyinchiliklar bo‘lgan. Televedeniyedagi oyliklar kamligi uchun moddiy jihatdan qiynalgan ekanmiz. O‘shanda otam AQShga ketib, 14 yil qora ishchi bo‘lib ishlagan.

Foto: Instagram / @themukhammad.ali

Maktabni tamomlab, Iqtisodiyot kollejida tahsil olganman. Undan keyin Moskvadagi institutning psixologiya yo‘nalishiga hujjat topshirdim. Imtihonlardan o‘tolmay, bir yildan keyin Toshkent xalqaro Vestminster universitetiga kirishga harakat qildim. Ammo navbatdagi urinishlarim ham samara bermadi. Otam AQShda ishlayotgani sabab oilamizdagi moddiy ahvol ancha yaxshilandi. Onam savdo markazidan kichik do‘konlar xarid qildi. Talaba bo‘lish umidim so‘nib o‘zimni savdoda sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Onamdan kichik do‘konlaridan birini menga berishini so‘radim. Bir necha yil do‘konchada shirinliklar sotish bilan shug‘ullanganman. Orada oila qurdim, ishim ham o‘zimga yoqardi. Ammo kutilmaganda onamda saraton xastaligi aniqlandi. Shundan so‘ng barcha do‘konlarni sotib, onamni davolatishga qaror qildik. Mana shundan keyin ruhiy tushkunlik, o‘z-o‘zidan qoniqmaslik hissi meni tark etmadi.

“Aktyor bo‘lishimni ayolim istadi” 

Foto: Instagram / @themukhammad.ali

— Aktyor bo‘lishimga ayolim sabab bo‘lgan. Agar u qo‘llab-quvvatlamaganida haligacha sotuvchi bo‘lib yurgan bo‘lardim. Bir kuni tanishlarimdan beri “Sevimli” kanalida serial uchun kasting o‘tkazilayotganini aytdi. Ayolim bu haqida eshitib, negadir kastingda ishtirok etishimni istadi. Balki bunga ishimdan qoniqmayotganim sabab bo‘lgandir. Ikkimiz rejissor Baxtiyor Safarovning oldiga bordik. Ammo suhbatdan so‘ng o‘zimni aktyor, Baxtiyor Safarovni rejissor sifatida ko‘rolmadim. Chunki “Qadam” seriali Baxtiyorning ilk rejissorlik ishi bo‘lgani uchun aniq fikri yo‘q edi. Tavakkal qilib syomkani boshlaganmiz.

“Munisa Rizayeva bilan yaxshiman”

— 2020-yili klipmeyker Habibulloh Nabiyev Munisa Rizayevaning “Bo‘ldi yurak” klipiga taklif etdi.  U bilan partnyor borisida bosh qotirdik. Shunda Kamila Gimandinova bilan klipda ham suratga tushsak-chi, dedim. Bu fikr klipmeykerga ham ma’qul keldi. “Bo‘ldi yurak” klipi o‘zbek shou-biznesidagi eng qimmat kliplardan biri hisoblanadi. Rolim murakkab bo‘lgani bois gonorarim ham ancha baland bo‘lgan. Klipmeyker bilan  800 AQSh dollariga kelishganmiz. Bundan tashqari, Habibullo aka o‘zim suratga oladigan kliplarda  amaliy ko‘mak berishni  ham va’da qilgandi. So‘zining ustidan chiqib, rejissorligimdagi ilk klipni suratga olishimga ko‘maklashdi. Oradan to‘rt oy o‘tib Munisa Rizayeva qo‘ng‘iroq qilib yana bir klipiga taklif etdi. Munisa Rizayeva bilan yaqin bo‘lganimiz uchun ikkinchi taklifni ham bajonidil qabul qildim. “Ayrilding” klipini Jamshid Hojiniyozov suratga oldi. Munisa Rizayevani hurmat qilaman, mard, samimiy inson.

“Faqat aktyor bo‘lib qolish niyatim yo‘q” 

— Asli rejissor emasman, ammo bu sohaga qiziqishim baland. Shu bois kichik reklama roliklari va kliplar ham suratga olaman. Yosh xonanda Mushtariy Zafarning “Ikki ko‘ngillar” klipini suratga oldim. Menimcha, klip u qadar yomon qabul qilinmadi. Ammo rejissorlik bo‘yicha ko‘p narsalarni o‘rganishim kerak. Kliplarga takliflar ko‘p bo‘ladi. Imkon qadar rad etmaslikka harakat qilaman. Chunki syomka jarayonida nimalarnidir o‘rganaman. Kelajakda bu mutaxassislik bo‘yicha xorijda tahsil olish niyatim bor.

“Kamila Gimandinova bilan do‘stmiz” 

Foto: Instagram / @themukhammad.ali

— “Qadam” serialidan so‘ng “Ayolingiz Kamiladan rashk qilmaydimi?” degan gaplarni ko‘p eshitdim. Yo‘q, biror marta ayolimning rashkini sezmaganman. Balki u mendan ham ko‘proq aktyor bo‘lishimni istagani uchun rashk qilmas. Aynan serial suratga olinayotganda u homilador bo‘lgan. Lekin epizodlarni men bilan muhokama qilishga, rolim haqida qayg‘urishga o‘zida kuch topgan. Aslida Kamilaning o‘rniga boshqa qiz suratga tushish kerak edi. Ammo u qiz rolni rad etdi va yana aktrisa izlandi. Kamila bilan avvaldan tanish bo‘lmaganman, ammo uning fe’l-atvori ilk ko‘rishda yaxshi taassurot qoldirgan. U hozir eng yaxshi do‘stlarimdan biri desam ham bo‘ladi.

“Onamdan ayrilgan kunim hammasi tamom degandim” 

Foto: Instagram / @themukhammad.ali

— Yuqorida aytib o‘tganimdek, san’atkor bo‘lishimda ayolimning hissasi juda katta. Chunki u sabab tavakkal qilishga qaror qilganman. Agar “Aktyor bo‘lib tayyor ishingizni yo‘qotasiz”, deganda hech qachon san’atni tanlamagan bo‘lardim. Aynan serialdagi ishtirokim hayotimga o‘zgacha nur bag‘ishlagan.

Hayotimdagi eng yomon kun esa 2014-yil sodir bo‘lgan. Onamda saraton xastaligi aniqlangan. Olti yillik davolanishlar samara bermagach, shu yili Turkiyada jarrohlik amaliyotidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Hammasi ortda qoldi, endi sog‘lig‘imdan muammo yo‘q deganlarida O‘zbekistonga qaytib, sentabrda kovid bilan kasallandi. Birdan ahvoli yomonlashib,  jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Ertasi kuni kasalxonada jon berdi. Ochig‘i, onamni yo‘qotgach tushkunlikka tushib qoldim. Bu tashqi ko‘rinishimga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Semirib ketishimning boisi ham shunda. Yaxshiki otam yonimda, uning turtkisi sabab yangi ijodiy loyihalarga qo‘l uryapman.

Foto: Instagram / @themukhammad.ali

Ma’lumot uchun, Muhammadali Aliyev 1996-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Shu kungacha, “Qadam”, “Shukrona”, “Zulmat ortida”, “Ko‘ngil” seriallarida, “101 reys” filmida  suratga tushgan. Oilali, ikki farzandning otasi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:07
 
20
0
postda.uz

AYOLLARNING BAXTI – XALQIMIZ, JAMIYATIMIZNING BAXTIDIR

Ma’naviyat va ma’rifat darsiO‘zbek ayollari o‘zining matonati, sabr-toqati, metin irodasi-yu mislsiz jasorati bilan hamisha mavqeyini sarbaland ushlagan. Mamlakatimiz xotin-qizlari tarixning turli davrlarida, suronli yillarida, har xil qiyinchilik va jang-u jadallarda ham matonat va jasorat namunasini ko‘rsatgan. Bunga moziy ham guvoh. Masalan, olis tarix sahifalaridan joy olgan massagetlar malikasi To‘maris miloddan avvalgi 529-yilda Ahamoniylar podshohi Kir II ni jang maydonida yen

07 Mar 20:09
 
21
0
qalampir.uz

Kirkorov “qora ro‘yxat”ga tushdi

Avstraliya hukumati Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor e’lon qilib, sanksiya qo‘llanilgan Rossiya fuqarolari va tashkilotlari ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.  Unga ko‘ra, 55 nafar Rossiya fuqarosi va 37 tashkilotga kiritilgan ro‘yxat tarkibida Federatsiya Kengashi va Davlat Dumasi deputatlari, Rossiyaning bir qancha viloyatlari rahbarlari, san’atkorlar, muassasa va idoralar rahbarlari o‘rin olgan. Qayd etilis

07 Mar 20:09
 
16
0
qalampir.uz

HammAli & Navai 10 ming metr balandlikda konsert berdi

Rossiyalik qo‘shiqchilar HammAli & Navai va Seville Moskva-Sochi reysi davomida uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchilar uchun chiqish qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, joriy yilning 1-7 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan noodatiy konsertlar “VK Muzika” va “Aeroflot” kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan. Ushbu konsert ko‘pgina yo‘lovchilar uchun kutilmagan syurpriz bo‘ldi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan bir

08 Feb 08:18
 
31
0
postda.uz

Mahmudxo'ja Behbudiy

Jadidlar g'oyalari Yangi O'zbekistonni barpo etish strategiyasi bilan hamohang. Shavkat MIRZIYOYEVXX asrning boshida o'zining ma'rifatparvarlik faoliyati, fidokorona xizmatlari bilan milly ta'lim-tarbiya yaratish va yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini ta'minlashni ezgu maqsadi deb bilgan insonlardan biri Mahmudxo'ja Behbudiy bo'gan. U 1875-yilning 30-yanvarida Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlog'ida ruhoniy oilasida dunyo