calendar 02 Dec 09:10
eye 15
comments 0
comments Manba: daryo

“Kalmar o‘yini” Gotham Awards versiyasiga ko‘ra yil seriali deb topildi

image

Koreyalik rejissor tomonidan ishlangan “Kalmar o‘yini” eng yaxshi to‘liq metrajli yil seriali sifatida e’tirof etilib, Amerikaning kinotanqidchilar, jurnalistlar, dasturchilar va film kuratorlaridan iborat qo‘mita tomonidan Gotham Awards mukofotiga loyiq deb topildi. Bu haqda Esquire xabar beradi.

Foto: Esquire

“12 yil avval, 2009-yil ushbu ssenariyni yozganimda, bor kuchim bilan harakat qilganman, ammo u hech kimga yoqmagan. Menga ssenariyning haddan ortiq darajada shafqatsiz, mavhum va g‘alati ekanini aytishgan. Premyeradan keyin esa serialning dunyodagi eng mashhur shou bo‘lishi uchun atigi 12 kun kerak bo‘ldi”, — degan rejissor Xvan Don Xyok.

Serialda bosh qahramon rolini ijro qilgan Li Chon Je ham “Yangi serialdagi ajoyib aktyorlik ijrosi” yo‘nalishiga nomzod bo‘lgan, ammo mukofot boshqa bir ijodkorga nasib qilgan.

Gotham Awards’ning 31-taqdirlash marosimi Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan. Ma’lumot uchun, ushbu mukofotga budjeti 35 milliondan kam bo‘lmagan loyihalargina nomzod bo‘lishi mumkin.

“Eng yaxshi film” yo‘nalishida Meggi Jillenxolning debyut ishi “Notanish qiz” (“ The lost daughter”) mukofotga loyiq deb topilgan. Ushbu filmda ona bo‘lganiga ancha bo‘lgan o‘rta yoshli ayolning ilk farzandli bo‘lgandagi kechinmalarni eslashi haqida hikoya qilinadi. 2020-yilda rejissor Xloi Chjaoning “Ko‘chmanchilar mamlakati” (“Nomadland”) seriali eng yaxshi deb topilgan va keyinroq xuddi shu yo‘nalish bo‘yicha “Oskar”ga ham sazovor bo‘lgandi.

Jillenxol, shuningdek, “Eng yaxshi ssenariy” va “Rejissorlar orasidagi yangilik” bo‘yicha ham mukofotni qo‘lga kiritgan. “Notanish qiz” (“The lost daughter”)da bosh qahramonni gavdalantirgan Oliviya Kolman esa “Eng yaxshi bosh rol ijrosi” yo‘nalishi bo‘yicha mukofotni “Kennet Chemberlenning o‘ldirilishi” (“Killing of Kenneth Chamberlain”) filmida suratga tushgan Frenki Feyson bilan bo‘lishgan.

“Eng yaxshi xorijiy loyiha” deb esa Ryusuke Xamagutining “Mashinamni boshqar” (“Drive my car”) filmi topilgan. Sujetga ko‘ra, kartina qahramoni — teatr rejissoriga Anton Chexovning “Vanya amaki” “(Dyadya Vanya”) pyesasini sahnalashtirish taklif qilinadi. U va uning qo‘l ostida haydovchi bo‘lib ishlaydigan qiz bilan o‘rtalarida munosabatlar paydo bo‘ladi. Avvalroq mazkur film fransuz jurnali Cahiers du Cinéma versiyasi bo‘yicha yil filmlarining o‘ntalik ro‘yxatidan o‘rin olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

07 Mar 20:14
 
68
0
xs.uz

Yozuvchi Sobir Oʻnar xotirlandi

Tadbirda yozuvchi-shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yozuvchining yaqinlari, oila -azʼolari hamda talaba-yoshlar qatnashdi.Tadbirni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari Minhojiddin Mirzo olib bordi. Professor Qozoqboy Yoʻldoshev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, yozuvchi Xurshid Doʻstmuhammad, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist Abdusaid Koʻchimov va boshqalar soʻzga chiqib Sobir Oʻnarning oʻzbek adabiyotida tutgan oʻrni, hayoti va

07 Mar 20:07
 
32
0
postda.uz

Эътиборсизлик ёки...

У қизини мактабга олиб бориш учун одатдаги вақтда уйидан чиқди. Нимагадир машина ўт олмади. Балки ёқилғиси тугагандир. Ҳособ-китоби бўйича камида 15 литр бензин бўлиши керак эди. Бензин кўрсаткичи ҳам буни тасдиқлайди... Бир неча марта бўлган уринишлари беҳуда кетгач,

11 Apr 13:58
 
24
0
qalampir.uz

MakSim o‘z karerasini vaqtincha to‘xtatdi

40 yoshli rossiyalik xonanda MakSim o‘z karerasida bir muddat tanaffus qilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Mash” xabar berdi. Qayd etilishicha, MakSim spirtli ichimliklarga qaramlikdan davolanganidan so‘ng, qo‘shiqlarini jonli ijroda kuylashga qiynalmoqda, shu bois u noma’lum muddatga ommaviy chiqishlar va konsertlardan bosh tortdi.  Shunga qaramay, qo‘shiqchi yopiq tadbirlarda fonogramma yordamida kuylash sharti evaziga chiqish qilishi mumkin. Shuningdek, xonand

11 Apr 14:02
 
22
0
xs.uz

Italiyalik mashhur qoʻshiqchi Botir Zokirovning “Maftun boʻldim” qoʻshigʻini kuyladi

Oʻzbekiston diplomatik missiyasi tashabbusi bilan italiyalik soprano Tereza Sparako tomonidan ijro qilingan 'Maftun boʻldim' qoʻshigʻi Neapol hududiy milliy telekanali ' 'Partenope TV' da efirga uzatildi.Qoʻshiq ijro etilgan sahnadagi yirik ekranda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati, qadimiy obidalari va shaharlariga bagʻishlagan videolavha namoyish etildi.'Ushbu qoʻshiqni kuylashimga Oʻzbekistonga va mamlakatingiz sanʼatiga boʻlgan yuqori qiziqishim sabab boʻldi. Bundan avval ham