calendar 29 Nov 16:31
eye 16
comments 0
comments Manba: qalampir

Twitter asoschisi isteʻfoga chiqdi. O'rniga hindistonlik yigit keladi

image
image

Twitter asoschisi Jyek Dorsi kompaniya bosh direktori lavozimini tark etadi. Bu haqda Amerikaning CNBC telekompaniyasi o'z manbalariga tayanib xabar berdi.

"Reuters" o'z manbasiga tayanib, Twitter rahbarining isteʻfosi kutilayotgani haqidagi xabarlarni tasdiqladi. Agentlik maʻlumotlariga ko'ra, kompaniya direktorlar kengashi o'tgan yildan beri isteʻfoga chiqishga tayyorgarlik ko'rgan va Dorsi bilan yangi bosh direktor nomzodi bo'yicha kelishib olgan.

So'nggi xabarlarga ko'ra, Twitter direktorlar kengashi kompaniya rahbari sifatida texnik direktor Parag Agravalni tasdiqlagan. U Hindistonda tug'ilgan. Agraval AQShning eng mashhur universitetlaridan biri – Stenfordda o'qigan. Shu vaqtgacha u Twitter’da texnologik strategiya, mashinalarni o'rganish, sunʻiy intellekt, isteʻmolchilar, daromadlar va ilmiy jamoalar uchun javobgar bo'lgan.

Dorsining isteʻfosi haqida xabarlar eʻlon qilinganidan keyin kompaniya aktsiyalari narxi 11 foizdan ko'proqqa ko'tarildi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

06 Feb 11:17
 
45
0
qalampir.uz

Microsoft rossiyalik xakerlarni kompaniya rahbarlarining elektron xatlarini o‘g‘irlashda aybladi

Midnight Blizzard guruhi (Nobelium nomi bilan ham tanilgan) xakerlar Microsoft rahbarlari, kiberxavfsizlik xodimlari, yuridik bo‘limlar va boshqa bo‘limlarning elektron pochta akkauntlariga kirishga erishdi. Bu haqda Microsoft blogida aytildi.  Qayd etilishicha, hujum joriy yilning 12 yanvar kuni aniqlangan. Korporatsiya xakerlikni davlat hujumi deb atagan va Midnight Blizzard xakerlariga Rossiya hukumati homiylik qilganini aytgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, xakerlar 2023

07 Mar 20:08
 
13
0
qalampir.uz

Xitoyning avtogiganti o‘zining sun’iy yo‘ldoshlarini uchirdi

Xitoyning Geely kompaniyasi sun’iy yo‘ldoshlarining ikkinchi guruhini orbitaga olib chiqdi. Bu haqda “Sinxua” axborot agentligi xabar berdi.  Bortida 11 ta Geely-02 sun’iy yo‘ldoshi bo‘lgan Long March-2C raketasi shu yilning 3 fevral kuni Xitoyning janubi-g‘arbiy qismidagi Sichuan provinsiyasidagi Sichan sun’iy yo‘ldoshni uchirish markazidan muvaffaqiyatli uchirildi. Qayd etilishicha, uchirishdan ko‘p o‘tmay, guruh belgilangan orbitaga chiqqan. Long

07 Mar 20:08
 
16
0
qalampir.uz

Ilk bor inson miyasiga chip o‘rnatildi

Ilk marta odamga gadjetlardan fikrlar yordamida foydalanish imkonini beruvchi Neuralink neyrochipi o‘rnatildi. Bu haqda amerikalik milliarder Ilon Mask X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi. “Kecha birinchi odam Neuralink'dan implant oldi va yaxshi tiklanmoqda. Dastlabki natijalar asabiy tirqishlarni aniqlashning istiqbolli ekanligini ko‘rsatadi”, deb yozgan u. Maskning so‘zlariga ko‘ra, mahsulot “Telepatiya” deb nomlanadi va birinchi navbatda oyoq-

05 Feb 11:28
 
36
0
qalampir.uz

Yaponiya Oyni zabt etgan beshinchi davlatga aylandi

Yaponiya  uchirgan kosmik kema Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ndi. Bu haqda "Meduza" xabar berdi. Unga ko‘ra, Yaponiyaning SLIM (Smart Lander for Investigating Moon) kosmik kemasi Oy yuzasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Biroq hozirda muhandislar uning akkumulyatorining quvvati butunlay tugab qolishidan qo‘rqmoqda. Chunki qurilmaning quyosh panellari elektr energiyasi ishlab chiqarmaydi. Agar batareyalar tugasa, SLIM bilan aloqa uzilishi mumkin. Yaponiya kosmik agentligi v