Davlat rahbari Toshkentga qaytib keldi

post

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida o'tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etib, Toshkentga qaytib keldi.

Davlat rahbari sammitdagi nutqida hamkorlikning ustuvor yo'nalishlari bo'yicha ko'plab takliflarni ilgari surdi.

Anjuman yakunida Harakatlar uchun Ashxobod konsensusi imzolandi.

Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga raislik 2022 yilda O'zbekistonga o'tgani sammitning muhim natijalaridan biri bo'ldi.