«Benzin narxi bot» telegram boti joriy etilmoqda

post So'nggi kunlarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan ko'rilayotgan tezkor va muhim choralar natijasida avtomobil benzini narxi pasayishi kuzatilmoqda. Taʻkidlash joizki, bu borada ishlar davom ettirilmoqda.

Yana bir yangilik. Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tomonidan «Benzin narxi bot» telegram bot joriy etilmoqda.

Bu isteʻmolchilarning xabardorligini oshirish, jumladan, avtotransport haydovchilariga AYoQShlardagi benzin chakana narxlari to'g'risidagi maʻlumotlarni olishda qulaylik yaratadi.

Shu bilan birga, mazkur bot benzinning chakana narxlarni nazorat qilish (monitoring o'rnatish) va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish imkonini beradi.